Avvalroq Kia Sportage beshinchi avlod modeli Janubiy Koreya bozorida ajiotajni keltirib chiqargani haqida xabar berilgan edi.
Yaqinda kompaniya ushbu modelni boshqa mamlakatlarda, jumladan, O‘zbekistonda ham sotishni boshlaydi. Bu haqda “Daryo”ning manbalari xabar berdi.
Sportage O‘zbekistondagi sakkizinchi Kia modeli bo‘ladi — hozir kompaniya bu yerda K5, Seltos, Sorento, Stinger, Soul, Carnival, K8 avtomobillarini sotadi. Eng arzoni (Soul) 268 million so‘m, eng qimmati esa (Stinger) 770 million so‘m turadi.
Beshinchi avlod Sportage’ning O‘zbekistonda narxlari hozircha ma’lum emas. Boshqa mamlakatlarda avtomobil 25 000 dollardan sotiladi.
Avvalroq Kia O‘zbekistondagi deyarli barcha modellar narxini oshirgani haqida xabar qilingan edi. O‘shandan beri ba’zi modellar uchun narxlar yana bir bor o‘zgardi. Xususan, Sorento bir million so‘mga arzonlashdi, K5 esa 8 million so‘mga qimmatlashdi.
Izoh (0)