• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12496.94
    • RUB159.38
    • EUR14405.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rahbariyati Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tarqatgan axborot bo‘hton ekanini aytib, mas’ullarga chora ko‘rilishi kerakligini so‘ramoqda

    Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Buxoro muhandislik-texnologiya institutida 4 milliard so‘mga yaqin moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlangani haqida xabar bergandi. “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan institut mas’ullar agentlikning bu ma’lumotlarini rad etmoqda.

    “Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari o‘rganish natijalarini shahar prokuraturasiga taqdim etgan. Hujjatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilgan. Har bir holat birma-bir sinchkovlik bilan o‘rganib chiqildi. Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida biror-bir shaxs, ya’ni oliy ta’lim katta o‘qituvchilarining xatti-harakatlarida jinoyat tarkibi yo‘qligi, shuningdek, institutda ta’lim, mehnat, budjet intizomi va davlat xaridlariga oid qonunchilik talablari buzilmagani aniqlandi. Shu sababli holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etildi”, — deydi Buxoro shahar prokurori Ibrohim Rasulov.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Institut rektori Nusratulla Barakayev ham korrupsiya agentligi tarqatgan xabar yolg‘on bo‘lib chiqqanini, bu institut jamoasiga ta’sir qilganini aytmoqda.

    “Ijtimoiy tarmoqlarda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi taqdim etgan materiallar asosida ‘Buxoro muhandislik-texnologiya institutida 4 milliard so‘mga yaqin moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlandi’ sarlavhali xabarlar tarqalib, institutimiz nufuziga putur yetkazdi. Ilmni xalqqa xizmat qilish uchun emas, g‘iybat uchun sarflayotgan odamlar ko‘payib ketdi. Agentlikning ham aynan noto‘g‘ri manbaga tayanib, xulosa qilishi jamoani tashvishga qo‘ydi”, — deydi institut rektori Nusratulla Barakayev.

    Ma’lum bo‘lishicha, mazkur institutda faoliyat yuritib kelayotgan G‘.Sh. oliygohning mansabdor shaxslari xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga ariza bilan murojaat etgan va murojaat yuzasidan agentlik xodimlari tomonidan o‘rganish o‘tkazilgan.

    Rektor agentlik xulosalarida noto‘g‘ri vajlar keltirilganini bildirib, asl holat boshqacha bo‘lganini aytmoqda.

    Nusratulla Barakayev.

    Nusratulla Barakayev.
    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Uning aytishicha, 2019-yilda viloyatning marhum rahbari O‘ktam Barnoyev institutning birinchi korpusi tashqi qiyofasini ta’mirlash uchun o‘tkazilgan tenderda g‘olib bo‘lgan Fast Quality Building’ga binoning ta’mirtalab holdagi ikkinchi korpusi tashqi qiyofasini ham ta’mirlash topshirig‘ini bergan. Va 2020-yilning aprel oyiga qadar ta’mirlash xarajatlari mahalliy budjet hisobidan to‘liq qoplab berilishini bildirgan.

    “Biroq, pandemiya balosining boshlangani, shuningdek viloyat rahbari vafotidan so‘ng quruvchi tashkilot sarflagan xarajatlarini qoplay olmadi va bizga o‘z shartnomasini taqdim etdi. Institut huquqshunosi tendersiz shartnoma imzolab bo‘lmasligi bois, to‘lovni amalga oshirish imkoni yo‘qligini tushuntirdi. Qurilish tashkiloti esa iqtisodiy ahvoli yomonlashib, ishchilarini oylik maoshi bilan ta’minlay olmay, sudga da’vo qildi. Buxoro tumanlararo iqtisodiy sudining 2020-yil 6-noyabrdagi ajrimiga asosan 1,27 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘ quruvchi tashkilotga aslida, viloyat hokimligi tomonidan to‘lanishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa-da, oliy o‘quv yurti hisobidan majburiy undirilishi belgilandi. Agentlik taqdim etgan ma’lumotda esa 1,4 milliard so‘mlik qurilish ishlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri tender tanlovlarisiz bajarilgani va mutlaqo noto‘g‘ri asoslarda pul to‘langani ko‘rsatib o‘tilgan”, — deydi rektor.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Agentlik taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, institutda  qurilish ishlarini davom ettirishda tenderda g‘olib bo‘lgan keyingi qurilish tashkilot “Vobkent San-texstroy montaj servis” MCHJ tomonidan amalga oshirilgan 2,4 milliard so‘mlik qurilish ishlari yakuni komissiya tomonidan qabul qilinmay, uning kafolat muddati tugamagan bo‘lsa-da, pudratchiga 91,5  million so‘m mablag‘ oldindan to‘lab berilgan.

    “Har yili talabalar sonining oshib borayotgani, o‘quv auditoriyalarining yetishmay qolayotgani va talabalarga qulaylik yaratish maqsadida institut ikkinchi korpusining beshinchi qavatini to‘liq ta’mirlash va sozlash choralari ko‘rildi. ‘Vobkent San-texstroy montaj servis’ MCHJ haqiqatan loyiha qiymati 2,4 milliard so‘m bo‘lgan tenderda g‘olib bo‘lgan. Biroq mutaxassislar tomonidan nazorat o‘lchovi o‘tkazildi va ularning xulosasiga ko‘ra, qurilish-montaj ishlarida 2,5 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflangani aniqlandi. Birgina beshinchi qavatda zamonaviy standartlarga javob beradigan 1050 o‘rinli 27 ta auditoriya qurib, foydalanishga topshirildi. Holat shahar prokuraturasi tomonidan ham to‘liq o‘rganilib, xulosalandi. Hech qanday o‘zlashtirish, talon-tarojlik yoxud bajarilmagan ishlar uchun mablag‘lar maqsadsiz sarflanmagani aniqlandi. Shu o‘rinda, ushbu obyekt ish hajmlari quruvchi tashkilot tomonidan to‘liq topshirib bo‘lingan bo‘lsa-da, haligacha 150 million so‘m atrofida qarzdorligimiz mavjudligini aytib o‘tmoqchiman. Ammo institutning bu pullarni to‘lash uchun imkoniyati mavjud emas”, — deydi Nusratulla Barakayev.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Institut rektori “Mashinasozlik texnologiyasi” hamda “Menejment” kafedrasi mudirlari va uning yaqin qarindoshlari shu oliygohda faoliyat yuritib kelayotgani haqidagi holatga ham izoh berdi.

    “To‘g‘ri, mazkur kafedralarda bir-biriga yaqin qarindoshlar, ya’ni er va xotin, ota-o‘g‘illar birga ishlashadi. Lekin ularning moliyaviy masalalarni hal etish vakolati yo‘q. Barcha lavozim egalari va xodimlar rektorning qo‘l ostida va faqat unga bo‘ysunadi. Ular 19-35 yillik pedagogik ish tajribasiga ega, institutning tayanch doktorantlari, katta o‘qituvchilari”, — deydi rektor.

    Nusratulla Barakayev 20 nafar xodimning yoshlar bilan ishlash tajribasiga ega emasligi, 29 nafar xodim katta o‘qituvchi lavozimiga noqonuniy qabul qilingani haqidagi fikrlarga ham javob berdi.

    Rektorning so‘ziga ko‘ra, agentlik tomonidan tekshiruv ishiga jalb qilingan 37 nafar katta o‘qituvchi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil 21-apreldagi buyrug‘i talablariga muvofiq, ishga qabul qilingan va hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilgan.

    “34 nafar tyutor hujjatlari jamoatchilik kengashi tomonidan o‘rganib chiqilib, suhbatdan o‘tkazilgandan so‘ng ishga tavsiya qilingan. Biror xodim ishga noqonuniy qabul qilinmagan. Agentlikning bu boradagi xulosasi ham haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda ham bu o‘z tasdig‘ini topdi”, — deydi rektor.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Rektorning bildirishicha, agentlik o‘z o‘rganuvlari yuzasidan DTMdan xulosa so‘ragan. DTM xodimi 67 nafar abituriyentning tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktlari miqdori buyruqlarda belgilanmagani, 19 nafar talabaning kontrakt to‘lovlarida tafovutlar borligi, Buxgalteriya hisobi va audit ta’lim yo‘nalishi test sinovlarida qatnashgan besh nafar abituriyentning Dasturiy injiniring yo‘nalishiga qabul qilingani to‘g‘risida xulosa bergan.

    “Haqiqatan, ushbu besh nafar abituriyent Buxgalteriya hisobi va audit ta’lim yo‘nalishiga to‘g‘ri rasmiylashtirilgan. Biroq, ulardan bir nafari Qozon Federal universitetining Biotibbiyot muhandisligi bir nafari Belgorod davlat universitetining Menejment keyingi talabalar Moskva Stankin davlat texnologiya universitetining Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish va Mashinaozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish turdosh yo‘nalishlarida tahsil olib kelishayotgan bo‘lgan. Ular o‘z tahsillarini yuqorida nomi qayd etilgan institutlardan Buxoro muhandislik texnologiya institutiga davom ettira boshlashgach, o‘z xohish va arizalari bilan o‘zlari tahsil olgan yo‘nalishga yaqinroq, ya’ni turdosh sifatida Dasturiy injiniring yo‘nalishiga o‘tkazib, o‘qishni daom ettirishmoqda. Boshqa talabalarning kontrakt to‘lovlaridagi tafovutlar borasida so‘z ketganda, aytish mumkinki, DTM talabalarning shartnoma va to‘lovni hisoblovchi elektron tizimdagi ma’lumotlarini o‘rganmasdan turib, xulosa bergan. Viloyat Davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi xodimi esa o‘z tekshiruvi xulosasida DTM xulosalarini rad etdi. Barcha talabalarning shartnomalari to‘g‘ri rasmiylashtirilgani, hech qanday moliyaviy xatolikka yo‘l qo‘yilmagani, talabaning shaxsiy to‘lov varaqasida to‘lov miqdorlari shartnomaga muvofiq, aniq ko‘rsatilgani tasdiqlandi. Faqatgina qabul buyruqlarini rasmiylashtirishda texnik xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan va bu xatoliklar uchun institut auditori tomonidan o‘rganilib o‘z vaqtida bartaraf etilgan”, — dedi institut rektori.

    Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi taqdim etgan ma’lumotnomada Buxoro muhandislik-texnologiya institutida mablag‘lar ortiqcha sarflanishiga yo‘l qo‘yilgani haqida so‘z borgan va 71 ta holatda o‘qituvchilar tomonidan ichki tartib talablariga rioya qilinmagani bildirilgan. Holat yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv xulosalariga ko‘ra, agentlik mutaxassisi tomonidan keltirilgan vajlar asossiz.

    Viloyat prokuraturasi axborot xizmati rahbari Anvar Esanov so‘ziga ko‘ra, institut kafedrasi mudiri Z.T.ning harakatlarida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 61-moddasi 1-qismi (oz miqdorda talon-taroj qilish) qayd etilgan huquqbuzarlik alomatlari aniqlangan va to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudiga yuborilgan. Shuningdek, institut xodimlar bo‘limi inspektori Y.J. hamda 1-toifali muhandis T.S.ning harakatlarida xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmaslik holati aniqlangan.

    “Holat o‘rganilganda, ular o‘zlarining bu xatti-harakatlari uchun ilgariroq intizomiy jazoga tortilgani aniqlandi. Ya’ni ular tashqi o‘rindoshlarni ishga qabul qilishda tegishli hujjatlarni talab qilmagan va shartnomalarni rasmiylashtirishda xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan. Bu kamchiliklar ham o‘sha vaqtning o‘zida bartaraf qilingan bo‘lib chiqdi”, — deydi Anvar Esanov.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Institut rektori Nusratulla Barakayevning so‘ziga ko‘ra, talabalarga ortiqcha stipendiyalar to‘lash bilan bog‘liq da’vo ham ancha oldin sodir bo‘lgan va institut mas’ullari tomonidan ayrim bo‘lim rahbarlarining xatti-harakatlari agentlik tekshiruviga qadar aniqlangan.

    “Oliygohimizda o‘z vazifasiga mas’uliyatsiz mas’ullar ham yo‘q emas. Buni tan olaman. Shundaylarning noto‘g‘ri xatti-harakati bilan 18 nafar magistrant va 7 nafar talabaning imtihonda olgan 4 bahosi qaydnomalarga ko‘chirilishida 5 bahoga o‘zgartirilgan. Buning natijasida 14,7 million so‘mdan ziyod stipendiya ortiqcha to‘langan. Bu mablag‘lar o‘rnatilgan tartibda undirib olinib, mas’ullarga nisbatan qat’iy intizomiy jazo choralari qo‘llanildi, ya’ni mas’ullar hayfsan olishdi. Bunga ko‘ra, ularga bir yil davomida mukofot pullari ajratilmaydi. Shunday xatti-harakatlarni yana takrorlashsa, ishdan bo‘shatiladi”, —deydi rektor.

    Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Buxoro muhandislik-texnologiya institutida qarindosh-urug‘chilik aloqalari borasida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilganini ta’kidlagan. Buxoro shahar prokuraturasi esa institutda uzoq yillardan buyon ishlab kelayotgan yaqin qarindosh o‘qituvchilarning biri-biriga bo‘ysunib yoki uning nazorati ostida ishlamasligi, shu bilan birgalikda, ular o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvi mavjud emasligini o‘rgangan.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    “Ijtimoiy tarmoqlarda yaqin qarindoshim, ya’ni opamning qizini asossiz ishga qabul qilganim haqida gap-so‘z tarqaldi. Bor-yo‘g‘i, bir nafar tug‘ishgan opam bor. Uning qizi esa o‘z oilasi bilan uzoq yillardan beri Moskva shahrida yashab, ishlaydi. Singillarimning farzandi esa hali maktab o‘quvchisi. Murojaatchining bu vajini qanday izohlashga yoxud agentlik xodimlarining bunday noto‘g‘ri taqdimnomalar kiritganiga hayronman. To‘g‘ri, oliygohda basharti biri-biriga yaqin qarindosh, jumladan, eru-xotin, otayu qiz yoxud, onayu o‘g‘il o‘qituvchilar faoliyat yuritib kelishadi. Ular mening rahbarligimdan ilgari ham o‘qituvchi vazifasida ishlab kelishgan. Ammo ular bir-biriga bo‘ysunishmaydi yoxud bir-birlarining nazorati ostida xizmat qilishmaydi”, — deydi rektor.

    Institutning organik moddalar kimyoviy texnologiyasi kafedrasi dotsenti Matlab Temirova aslida bir shaxsning boshqa shaxsga nisbatan uydirmasi, ig‘vosi ortidan korrupsiyaga qarshi kurash agentligining ham noto‘g‘ri xulosalarga tayanishi jamoani ancha tashvishga qo‘yganini bildirdi.

    “Hammamizning kayfiyatimizga salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmadi. To‘g‘ri, kamchilik va xatolar bordir. Ammo, bir-birining nazorati yoxud bo‘ysinuvi ostida bo‘lmagan yaqin qarindoshlarning bir joyda ishlashi qaysi qonun bilan cheklangan? Xalqimizda olma tagiga olma tushadi degan gap bor. Quruvchining o‘g‘li quruvchi, zargarning bolasi zargar bo‘lganidek o‘qituvchining bolasi o‘qituvchi bo‘ladi-da. Yoki er-u xotin, opa-singil, ota-o‘g‘il, ona-yu qiz o‘qituvchi kadrlar talaygina. Ular institut rektori yoxud boshqa lavozimdorlarning xesh-tobori emas. Ular oddiy o‘qituvchilar, ular oddiy xodimlar. Shu nuqtayi nazardan, har bir xodimni ilm dargohida faqat ilm-u ziyo tarqatish, talabalarning ertangi kunini o‘ylab, harakatda bo‘lishga chaqirib qolardim”, — deydi Matlab Temirova.

    Matlab Temirova.

    Matlab Temirova.
    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Qurilish materiallari va konstruksiyalari texnologiyasi kafedrasi mudiri Bafo Haitov oliygohning turli obyektlarida olib borilgan qurilish ishlari juda og‘ir kechgani, holat shahar prokuraturasi tomonidan ham o‘rganilganda, biror bir talon-tarojlikka yoxud noto‘g‘ri o‘zlashtirishlarga yo‘l qo‘yilgani aniqlanmaganini bildirgan.

    Bafo Haitov.

    Bafo Haitov.
    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    “Noto‘g‘ri xulosalangan va ijtimoiy tarmoqlarda chuqur o‘rganilmay tarqatilgan xabarlar oliygohimiz nufuziga ham, xodimlar kayfiyatiga ham ta’sir qildi. Huquq-tartibot idoralari holatni obyektiv baholab, institut obro‘yiga putur yetkazgan shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlarini so‘rab qolamiz”, — deydi Bafo Haitov.

    16.05.2022, 19:59   Izoh (0)   18670
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxoroda otasi nomiga 245 mln so‘m kredit ajratib, mablag‘ni “yeb ketgan” bank xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    16.05.2022, 19:19

    Uzbekistan Airways Toshkent—Praga yo‘nalishi bo‘yicha charter reyslarni yo‘lga qo‘ydi

    16.05.2022, 18:32

    O‘zbekistonda daromadi kam aholi boylarga qaraganda narxlar o‘sishini qariyb ikki barobar ko‘proq sezgan

    16.05.2022, 18:07

    Ipoteka krediti uchun subsidiyalar bo‘yicha ma’lumot berildi

    16.05.2022, 17:38

    Toshkentda Yangi yil kechasi qo‘lbola “ognetushitel” portlatgan 8 kishiga hukm o‘qildi

    16.05.2022, 17:09

    Toshkentda “Makon Marketing Forum 2022” to‘rtinchi xalqaro marketing biznes forumi bo‘lib o‘tadi

    16.05.2022, 17:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoy Eksimbanki O‘zbekistonga telekommunikatsiya rivoji uchun 500 mln dollar kredit ajratdi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 09:10

    “Rossiya Yevropada yangi harbiy operatsiyalar tayyorlayotganiga oid dalillarga egamiz” — Zelenskiy

    Dunyo | 23 iyun, 09:03

    “AQSH hujum uchun javob olishi kerak” — Eron prezidenti

    Dunyo | 23 iyun, 08:41

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Manchester Siti” “Al-Ayn” darvozasiga 6 ta gol urdi. Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushdi

    Sport | 23 iyun, 08:28

    Turkiyada 8-qavatdan tushib ketgan sayyoh o‘lib, so‘ngra tirildi

    Dunyo | 22 iyun, 23:50

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Yuventus” Marokash klubini yirik hisobda mag‘lub etdi (video)

    Sport | 22 iyun, 23:24

    Xitoyda chivindek keladigan harbiy dron ishlab chiqildi (video)

    Dunyo | 22 iyun, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.