Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahridagi Moviy gumbazlar xiyobonida 13-may kuni “Qahva va choy—2022” birinchi festivali (Tashkent Coffee & Tea Festival 2022) boshlanadi. Bu haqda shahar hokimligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, 15-mayga qadar davom etadigan ushbu anjumanda qahva, salqin ichimliklar, kakao, smuzi va boshqa mualliflik ichimliklari namoyish etiladi. Bundan tashqari, festival doirasida o‘tkaziladigan Tea&Coffee Expo ko‘rgazmasidan O‘zbekistonning eng yaxshi qahva qovuruvchilaridan qahva donalarini xarid qilish mumkin bo‘ladi. Yangi ish boshlagan tadbirkorlar esa o‘z qahvaxonasi uchun franshiza xarid qilishi mumkin.

Tadbirda sohaning eng so‘nggi yangiliklari va qahva damlash uchun aksessuarlar ham namoyish etiladi. Shuningdek, feltival dasturdan seminarlar, ma’ruzalar, mahorat darslari va degustatsiyalar, barista kasbi to‘g‘risidagi davra suhbati va boshqa ko‘plab tadbirlar ham o‘rin olgan.

Tadbir Turizm va madaniy meros vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston baristalar uyushmasi va “Makon” telekanali hamkorligida tashkil etiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 29-may kuni 39 darajagacha issiq bo‘ladi
Shou-biznes
“Xitoydan o‘ligim qaytadi deb qo'rqqanman”. Uch xil ovozda gapira oladigan xalqaro sirk ustasi, vayner Sherzod Mamadaliyev bilan suhbat (video)
Mahalliy
Xorazmda 3-sinf o‘quvchilariga behayo xatti-harakatlar qilgan 61 yoshli o‘qituvchi besh sutkaga qamaldi