Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi kvartira kimoshdi savdosida sotildi. Lot ma’lumotlari “E-auksion” portalida e’lon qilingan edi.
Lot auksionga fuqarolik ishlari bo‘yicha sud hukmi bilan Yunusobod tumani MIB tomonidan joylashtirilgan edi. Kvartira 1990-yilda qurilgan 4 qavatli uyning 2-qavatida joylashgan.
3 xonali kvartiraning umumiy maydoni — 76,71 kvadrat metr. Hovlida gaz, suv, elektr ta’minoti va kanalizatsiya tizimi mavjud.
Auksionga qo‘yilgan xonadonning boshlang‘ich bahosi 987 mln so‘m edi. Bugun 12-may kuni o‘tkazilgan kimoshdi savdosiga ko‘ra kvartirani Komiliy Abdukarim Abduqodir o‘g‘li 1 mlrd so‘mga sotib olgan.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra Komiliy Abdukarim “Olmaliq G‘ishtchisi” kompaniyasida 3,6 foiz, “Ma’dan Kon Invest”da 31 foiz, Limon Yellow House kompaniyasida 100 foiz ulushga ega.
Avvalroq Toshkentda fuqarolar yashovchi hovli MIB tomonidan 2,6 mlrd so‘mga auksionga qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)