Haqiqatan ham, 2022-yil 28-aprelda bankning rasmiy kanallarida texnik sabablarga ko‘ra jismoniy shaxslarga kreditlar ajratilishi to‘xtatilgani haqida e’lon qilingan edi. Bu bankning kreditlash sohasidagi ichki biznes jarayonlari bilan bog‘liqdir. Xususan, yanada shaffof tizim yaratish uchun ushbu jarayonlarni optimallashtirish va takomillashtirish ishlari olib borilmoqda. Yaqin kunlarda bank jismoniy shaxslarga kreditlar ajratilishini qayta tiklaydi.
Bugungi kunda bank biznesning barcha sohalarida transformatsiya jarayonlarini faol davom ettirmoqda. Ushbu transformatsiya boshqa sohalar qatorida xususiylashtirishga tayyorgarlik ko‘rish va moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (MHXS) o‘tish kabi jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Bizning xatti-harakatlarimiz moliyaviy hisobning umume’tirof etilgan xalqaro qoidalari va tamoyillariga maksimal darajada rioya qilishga qaratilgan.
Shu munosabat bilan ishbilarmonlik etikasi va ilg‘or jahon tajribasiga muvofiq, bank o‘z omonatchilari va kreditorlari, shuningdek, barcha manfaatdor shaxslar manfaatlarini ko‘zlab, barcha moliyaviy ko‘rsatkichlarni doimo haqiqiy qiymatda va shaffof tarzda aks ettiradi.
Biz hamisha ochiqmiz va jamoatchilik, OAV vakillari bilan muloqot qilishga tayyormiz.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)