O‘zbekistonda 6-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 10:58 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda FVV seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.
Qayd etilishicha, zilzila episentri Toshkentdan 158 kilometr janubiy-sharqda joylashgan bo‘lib, o‘chog‘i 15 kilometr chuqurlikda, magnitudasi 4,1 ga teng bo‘lgan. Zilzila koordinatalari: 39,87 gradus shimoliy kenglik; 69,56 gradus sharqiy uzunlik.
Yerosti silkinishlari kuchi Toshkent viloyatining Bekobod shahrida sezilgan — 2 ball.
Bundan avval Andijonda 4 ballik yer silkinishi qayd etilgani, Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila Farg‘ona viloyatida sezilgani, Farg‘ona viloyatida 2 ballik hamda Buxoroda 3,5 ballik zilzila sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)