Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasida “Nasaf” va “Paxtakor” qancha ishlab olgani ma’lum bo‘ldi, deya xabar qilmoqda futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev.
D guruhining 2 ta o‘yinida g‘alaba qozongan “Paxtakor” 100 ming dollar oladi.
E guruhida 2 ta g‘alaba va 3 ta durang natija qayd etgan “Nasaf” esa 130 ming dollarga ega chiqdi. Undan tashqari 1/8 final yo‘llanmasi uchun qarshiliklarga 100 ming dollar taqdim etiladi. Biroq “Nasaf” mazkur 100 ming dollarni 2023-yilda oladi.
Agar “Nasaf” chorak finalga chiqsa, 150 ming ming dollar, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, yana 250 ming dollar egasiga aylanadi.
Finaldagi ishtirok esa 2 million dollarni kafolatlasa, musobaqadagi g‘alaba esa jamoa g‘aznasiga 4 million dollarni olib keladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)