Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida intellektual IP-kamera o‘rnatildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bunday kamera yong‘in kabi xavfli vaziyatlarni yuqori aniqlikda aniqlash va real vaqtda signalni ishga tushirish imkoniga ega.
Vazirlik xabarida qayd etilishicha, loyiha “Xavfsiz turizm” dasturi doirasida ATK vazirligi hamda Toshkent viloyati IIB Xavfsiz turizm boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, u favqulodda vaziyatlarda tezkor chora ko‘rish imkoniyatini, xodimlar ishi samaradorligini oshiradi.
Eslatib o‘tamiz, bundan bir necha yil avval Toshkentdagi 12 ta baland qavatli binoga yong‘inni payqaydigan kameralar o‘rnatilgandi.
Mavzuga doir:
- Toshkentda xorijiy turistlarni kamida 3 kun olib qolish va “ming dollarlik xizmatlar paketi”ni taqdim etish bo‘yicha dastur amalga oshiriladi
- O‘zbekistonda turizm magistrali bo‘ylab 31 ta shahar va tumanlarda karvonsaroylar quriladi
- O‘zbekistonda Chorvoqqa o‘xshash cho‘milish zonalarini ko‘paytirish kerakligi ta’kidlandi
Izoh (0)