Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev 26-aprel kungi videoselektor yig‘ilishida O‘zbekistondagi turistik zonalardan unumli foydalanilmayotganini tanqid qilib, bir qator topshiriqlar berdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.

Qayd etilishicha, Bog‘otning “Qal’a-jiq” va Ellikqal’adagi Aqchako‘lda sanatoriy-kurort tashkil etish, Buxoroda “Qadimiy Buxoro” va “O‘ninchi asr etnoqishlog‘i”, Namanganda “Oazis”, Sirdaryoda “Sirdaryo ekoturizm”, Toshkent viloyatida “Garden” turizm klasterlari va Farg‘onada “Farg‘ona parki” tematik bog‘ini tashkil etish bo‘yicha yirik loyihalarni boshlash kerakligi aytilgan. Viloyat hokimlariga bir oy muddatda ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun hududlarni belgilab, salohiyatli investorlarni aniqlash va amaliy ishlarni boshlash topshirilgan.

Joriy yilda O‘zbekiston turizm magistrali bo‘ylab 31 ta tuman (shahar) hududidan o‘tuvchi yo‘l bo‘yida kompleks turizm xizmatlarini (avtoturargoh, kemping, avtoservis, ovqatlanish, yonilg‘i quyish) qamrab olgan 1 tadan karvonsaroy barpo etish vazifasi qo‘yilgan.

Bunday loyihalarga bir oy muddatda 1 trillion so‘m kredit resurslari ajratiladi, yil yakuniga qadar yana 100 million dollar jalb qilinadi. Viloyat hokimlari ham kamida 20 million dollarlik loyihalarni ishga turishi shartligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Dunyo
Litvada ham rus tilini o‘qitishdan voz kechish taklif qilindi