• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Hayotdan umidimiz uzilgan, shu yerda o‘lib ketsak kerak, deb o‘ylagandik”. Sardoba toshqini paytida qabristonda jon saqlagan Abdimajid hikoyasi

    Sardoba suv ombori to‘g‘oni buzilishi ko‘pchilik yostig‘ini quritdi. Yana kimlarningdir bir o‘limdan qolishiga sabab bo‘ldi. Sardobalik Abdimajid Qurbonov ham ana shu toshqin paytida qabristonda jon saqlab, bir o‘limdan qoldi.

    Abdimajid Qurbonov.

    Abdimajid Qurbonov.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    “O‘shanda Ramazon oyi edi. Saharlik qilib, og‘iz yopganimizdan so‘ng, biroz uxladik. So‘ng tong azon soat 04:30 larda uyg‘onib, akam bilan o‘t o‘rishga chiqdik. Ishlab turgan paytimizda akam Abdimajid, sening ham qulog‘ing og‘rib qolmadimi, mening qulog‘im og‘rib qoldi, shekilli, vishillagan ovoz eshitilyapti, dedi. Men esa yo‘q, menga bunday ovoz eshitilmayapti, dedim. Shundan keyin akam tepalikka chiqib, ‘sovxoz’ga qaradi va ‘sovxoz’ni tuman bosganini aytdi. Keyin akam ikkimiz bir-birimizga hazil qilib, ‘sovxoz’dagi ‘ribxoz’ni suv uribdi-da, deb kulishdik. Birozdan so‘ng esa bizdan uzoqdagi odamlar suv omborini suv uribdi, deya baqirishdi. Shunda akam va men ketish uchun mollarni haydab, yo‘lga chiqa boshladik. Chiqqan paytimiz yo‘lni suv urib, yo‘limizni yopib qo‘ydi. Shunda ortga qaytib, qabriston oralab yurishni va to‘g‘on ustiga chiqishni rejalashtirdik.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Mollarni ham haydab, qabriston oralab o‘tib borsak, qabristonning u tomonini ham suv bosgan. To‘g‘onga o‘tish imkoni yo‘q. Suv to‘rt tomonimizni o‘rab olgandi. Judayam qo‘rqdik. Bizda bitta imkon qolgandi, u ham bo‘lsa, qabriston o‘rtasidagi tepalikka chiqib, jon saqlash edi. Biz mollarni ham haydab, o‘sha tepalik ustiga chiqa boshladik. Ko‘plab mollarimiz qo‘rqib, tepalikka chiqmadi va birin-ketin suvga g‘arq bo‘ldi. Biz bilan to‘rt bosh qo‘y tepalik ustiga chiqdi va men haydab borgan joyda jim turdi. Buni qarangki, suvning vahimasini hatto shu qo‘ylar ham bildi va jon saqlashga urindi. Suvni ko‘rib, hech qayoqqa qochmay, tinch turdi. Suv sathi ko‘tarila boshlagach, shu tepalikda qolib ketsak, non kerak bo‘ladi deb, mollarni tepada qoldirdik va qabriston yonidagi xonadan bir chelak suv, non hamda telefonimizni olib keldik. Soat 05:05 da qabriston tepaligi yonini butkul suv bosdi. Tepalik yerdan, taxminan, 3-4 metr balandlikda joylashgan bo‘lsa, faqat shu tepalikning usti qoldi. Boshqa hamma joyni, ko‘zimiz ko‘rib turgan to‘rt tomonimizni ham suv bosdi”, — deydi “Qo‘rg‘ontepa” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Abdimajid Qurbonov.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Qabristondagi tepalik.

    Qabristondagi tepalik.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Abdimajid Qurbonovning aytishicha, atrofni suv bosgach, aka-ukalar qabriston o‘rtasidagi tepalikda turib, jon saqlash rejasini tuzgan.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    “Suv borgan sari ko‘tarilib borardi. Birozdan so‘ng barcha mollarimiz va biz bilan tepalikka chiqqan qo‘ylarimizni ham suv olib ketdi. Akam va men esa suvda suzib, qaysi tomonga qarab yurishni rejalashtira boshladik. To‘g‘risi, hayotdan umidimiz uzilgandi. Shu yerda o‘lib ketsak kerak, deb o‘ylagandik. Shunga qaramasdan, atrofni kuzatib, daraxtlar tomonga suzib borishni reja qila boshladik. Adashmasam, soat, taxminan,  o‘nlarda vertolyot ko‘ringach, bizda yana umid paydo bo‘ldi”, — deydi suhbatdosh.

    Abdimajidning aytishicha, qabristondagi tepalik yoniga kelgan vertolyot uni va akasini, shuningdek, ulardan biroz uzoqlikdagi uch-to‘rt kishini olib, ularni shu atrofdagi harbiy qismlarning biriga olib ketgan.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    “Biz dadam qorovullik qiladigan qabristonga toshqindan 10 kun avval kelgandik. Shu yerda mol boqib, ishlarimizni qilib yurgandik. Toshqin kuni bir o‘limdan qoldik va o‘sha kunlar uchun Yaratganga shukronalar aytib yashayapmiz”, — deydi Abdimajid Qurbonov.

    Toshqin kuni o‘g‘illarini qutqarish uchun ko‘chaga chiqib, suv tagida qolib ketgan Muhammadali Suyunov ham o‘sha kuni bir o‘limdan qolganini aytmoqda.

    Muhammadali Suyunov.

    Muhammadali Suyunov.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    “Ertalab soat beshlarda o‘g‘lim telefon qilgach, tashqariga chiqdim. Diqqat bilan quloq solsam, g‘uvullagan ovoz eshitildi. Men bu ovoz nimaligini bilmadim. Shunda qo‘shnimiz bu ovoz suv ombori suvining ovozi ekanini, suv ombori to‘g‘onini suv urib ketganini aytdi. Ko‘z oldim qorong‘ilashdi. Uyga kirib, qachon velosipedni minib chiqqanimni bilmayman. O‘zimga kelsam, ko‘chada ketyapman. Taxminan 5-6 kilometr yo‘l bosib, o‘g‘illarim turgan qabristonga keldim. Ammo qabriston oldidagi yo‘lni suv olib ketgani uchun qabriston tomonga o‘tolmadim. O‘g‘illarimga yordam berolmasligimni bilgach, uyda yolg‘iz qolgan ayolimni qutqarish uchun ortga qaytdim. Yo‘lda kelayotsam, men sal avvalroq o‘tgan yo‘llarimni ham suv bosib, o‘tib bo‘lmaydigan ahvolga kelgan ekan. Birozdan so‘ng men turgan joyga ham suv kelib, meni ham o‘pqoniga tortdi. Jon talvasasida suzishga harakat qildim. Ammo suv juda loyqa va ichida har balo bor edi. Shu boismi, o‘zimni eplolmay cho‘ka boshladim. Loyqa suv ham yutdim. Shunda otam ko‘zimga ko‘rindi va menga Muhammadali harakat qil, deya gapirgandek bo‘ldi. Shundan so‘ng o‘zimni qo‘lga olib, yana suza boshladim. Keyin ko‘p o‘tmay ‘lotok’ni ham urib ketdi shekilli, beton ‘lotok’ men tomonga qarab oqib kela boshladi. Shunda undan qochish maqsadida tezroq suzdim. Keyin bilsam, o‘sha kuni salkam ikki kilometr masofaga suzib borgan ekanman”, — deydi Muhammadali Suyunov.

    Muhammadali Suyunovning aytishicha, u shu qishloqdagi qabristonda qorovul bo‘lib ishlaydi. Toshqindan avval uning o‘g‘illari shu qabristonga borib, otasining o‘rnida turgan.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    “O‘g‘illarimning qabristonda qolib ketgani va o‘sha kuni ularni qutqarolmaganim meni juda qiynadi. Bo‘layotgan voqealarni ko‘rib, xayolimdan o‘g‘illarimning joni omonmikin, ularga hech narsa qilmadimikin degan o‘y o‘tardi. O‘zim bir o‘limdan qolganim yetmaganidek, bo‘layotgan voqealarni ko‘rib, o‘g‘illarim taqdirini o‘ylab, bir necha marta o‘lib-tirildim”, — deydi Muhammadali aka.

    Voqealar rivoji haqida gapirgan suhbatdosh o‘sha kuni tushdan so‘ng, 17:00 larda u turgan hududga kelgan vertolyot uni ham xavfsiz hududga olib chiqqanini aytmoqda.

    “Suvda ancha payt suzganimdan so‘ng, suv kamroq joyga borib jon saqladim. Ammo xayolimdan ikki nafar o‘g‘lim va turmush o‘rtog‘im sira ketmasdi. Bolalarimga nima bo‘ldi, uyda qolgan xotinim nima qildi, deya o‘ylardim. Meni olib ketishga kelgan vertolyot uchuvchilariga iltimos qilib, o‘g‘illarim qolgan qabriston tomonga uchdik. Borsak, qabristonni suv bosgan, o‘lik mollar oqib ketyapti. Ammo tirik jon ko‘rinmasdi. Bu esa meni battar sarosimaga solardi. Yaratganga shukrki, o‘sha kuni kechki payt o‘g‘illarim omonligi, xotinim salomatligi haqida xabar topdim”, — deydi Muhammadali Suyunov.

    “Daryo” bilan suhbatda bo‘lgan ota-o‘g‘illar boshiga shunday tashvish tushganda butun respublikadan ularga ko‘mak kelganini, bu yordamlarni hech qachon unutmasligini aytmoqda.

    “Butun O‘zbekistonda nechta viloyat bo‘lsa, hammadan yordam kelgan. To‘g‘risi, xalqimizning naqadar mehribon va saxovatpesha ekanini o‘shanda bilganman. Va bu holat hech qachon yodimdan chiqmaydi. Hammaga rahmat”, — deydi Muhammadali aka.

    Muhammadali Suyunov.

    Muhammadali Suyunov.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    “Allohga shukr, ana shunday kunlar ham boshimizdan o‘tdi”, — deydi voqeamiz qahramoni Abdimajid Qurbonov.

    Operatorlar: Ma’murjon Obrahmatov, Dilruh Isomiddinova

    Mavzuga doir:  

    • “Qoch, ket, suv ombori to‘g‘oni buzildi, degan vahima bilan uyg‘ongandik”. Sardobaliklar ikki yil avvalgi to‘g‘on buzilishini qanday eslaydi?
    • “Suvda oqayotgan qizlarni qutqarish uchun o‘zimni suvga otdim, shukrki, ular omon qoldi”. Sardoba fojiasida 624 ta xonadon aholisini bir o‘zi evakuatsiya qilgan IIB xodimi bilan suhbat

    02.05.2022, 10:15   Izoh (0)   74314
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jizzaxda YPX xodimining bodikamerasidagi video tarqaldi. Unda inspektorlar haydovchini haqorat qilganini ko‘rish mumkin

    02.05.2022, 09:40

    Madaniy meros agentligi Ichan-qal’adagi 33 ta tarixiy obidaga termitlar jiddiy zarar yetkazayotganiga munosabat bildirdi

    02.05.2022, 09:13

    Namanganda 2022-yilning birinchi choragida ajrimlar soni o‘tgan yilga nisbatan qariyb 35 foizga oshdi

    02.05.2022, 08:52

    O‘zbekistonda aprel oyida eng qimmat va eng arzon palov qayerda tayyorlangani ma’lum qilindi

    02.05.2022, 08:15

    Jizzax viloyatini rivojlantirishning besh yillik dasturi tasdiqlandi

    01.05.2022, 23:53

    Toshkentdagi ko‘p qavatli uyning 11-qavatidan 1,5 yashar bola tushib ketdi

    01.05.2022, 23:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda 20-iyun kuni harorat nisbatan pasayadi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 10:45

    O‘zbekistonda tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi byudjetga 195 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 10:30

    Eron Isroilga 20 ta raketa uchirdi (video)

    Dunyo | 19 iyun, 10:40

    “Do‘stlar” yulduzi Mettyu Perrining o‘limiga aloqador shifokorga 40 yilgacha qamoq jazosi tahdid qilmoqda

    Shou-biznes | 19 iyun, 10:26

    “Bezosga bu yerda joy yo‘q”: Venetsiyada Jeff Bezos va Loren Sanchesning to‘yiga qarshi noroziliklar boshlandi

    Layfstayl | 19 iyun, 09:58

    “Qiyomat kuni samolyoti” Vashington yaqinida ko‘rinish berdi

    Dunyo | 19 iyun, 09:55

    Xabi Alonso “Real” murabbiyi sifatida ilk o‘yinda durang qayd etdi — bu XXI asrdagi uchinchi holat

    Sport | 19 iyun, 09:54

    O‘zbekistonda soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga 14,5 mlrd so‘m mukofot to‘landi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 09:39
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.