• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ijtimoiy himoya — davlatning muhim vazifasi

    Jahonda turli iqtisodiy muammolar jadallashgani sari ijtimoiy himoya masalasining dolzarbligi ortib boradi. Koronavirus pandemiyasi bu masala davlat uchun qanchalik muhim ekanligini yana bir bor eslatdi.

    Ijtimoiy himoya O‘zbekiston uchun ham muhim. Konstitutsiyamizda demokratiya bilan bir qatorda ijtimoiy adolatga sadoqatning ko‘rsatilishi bejizga emas. Yaqin besh yilga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida adolatli ijtimoiy siyosat yuritish ustuvor yo‘nalishlardan biri sanaladi. Joriy yil “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”, deb e’lon qilinishi ham ijtimoiy himoya sohasida tegishli ishlarning samaradorligini oshirishni talab etadi.

    Umuman olganda O‘zbekistonda davlat siyosati darajasida aholining ehtiyojmand qismini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalasiga alohida e’tibor berilmoqda. Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi prezidenti raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda mazkur masalaga e’tibor qaratilganligi bejizga emas.

    Yig‘ilishda ehtiyojmand aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish bo‘yicha to‘rtta yo‘nalish belgilandi.

    Birinchi yo‘nalish – ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash samaradorligini oshirish.

    Ijtimoiy himoya doirasida ehtiyojmand aholining sog‘lig‘ini asrash, ularga g‘amxo‘rlik qilish va moddiy yordam ko‘rsatish ishlari davom ettiriladi. Aholining 9 foizi, ya’ni 3 milliondan ortiq qishi nuroniylar bo‘lib, ularga bo‘lgan e’tibor kuchaytiriladi. Xususan, ular har yili sanatoriylarda davolanishga yuboriladi, sport bilan shug‘ullanish uchun sharoitlar yaratiladi. Keksalarning teatrlar va muzeylarga chipta olish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.

    Sharoiti og‘ir va kam ta’minlangan keksalarning dori-darmonlari, protez-ortopediya moslamalari davlat tomonidan olib beriladi, ularning jarrohlik amaliyotlari xarajatlari byudjetdan qoplab beriladi.

    Shuningdek, keksalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash masalasiga ham e’tibor beriladi. Jumladan, pensiya va nafaqalar miqdori oshiriladi. Xotira va qadrlash kuni arafasida 237 nafar urush qatnashchilari, konslagerlar mahbuslari va Leningrad qamalida qatnashgan fuqarolarga 15 million so‘mdan beriladi.

    Urush qatnashchilari va nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz keksalarga har oyda oziq-ovqat va gigiyena vositalari xaridi uchun har oy 270 ming so‘m, kiyim-kechak xaridi uchun har yili 4 million so‘m ajratiladi.

    Ikkinchi yo‘nalish – nogironligi bo‘lgan ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash tizimini kengaytirish.

    Imkoniyati cheklangan, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan bir necha muhim vazifalarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda. Xususan, ularni ish bilan ta’minlashga oid quyidagi choralar belgilanmoqda:

    nogironligi bo‘lgan fuqarolarni ishga olgan korxonalarga subsidiya ajratish;

    o‘zini o‘zi band qilgan va hunarmandchilik bilan shug‘ullanadigan nogironligi bo‘lgan shaxslarga asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilishga subsidiya ajratish;

    nogironligi bo‘lgan shaxslarni kasb-hunarlarga davlat hisobidan o‘qitish;

    sohadagi nodavlat tashkilotlari (Nogironlar jamiyati, Ko‘zi ojizlar jamiyati, Nogironlar assotsiatsiyasi, Karlar jamiyati) xodimlariga oylik to‘lash uchun davlatdan subsidiya ajratish;

    Nogironligi bo‘lgan bolalarning ta’lim olish va ma’naviy kamol topishi uchun ham bir nechta chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Jumladan, bog‘cha yoshidagi ko‘zi ojiz bolalar uchun bir yillik tayyorlov guruhlari tashkil etiladi, ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun mo‘ljallangan maktab Brayl yozuvidagi adabiyotlar bilan to‘liq ta’minlanadi.

    Shu bilan birga, nogironligi bo‘lgan keksalarga ham, alohida e’tibor qaratiladi. Bunda avval ishlamagan, “Saxovat” uylaridagi yashovchi 1 mingga yaqin yoshi ulug‘ kishilarga shaxsiy xarajatlari uchun qarilik nafaqasining 20 foizi to‘lab beriladi. Shuningdek, nogironlik pensiyasi har ikki yilda pensiyasi qayta hisoblanib, ish staji va oyligiga qarab oshirib borilishi nazarda tutilmoqda.

    Uchinchi yo‘nalish – mahallalarda ijtimoiy muammolarni aniqlash va hal etish bo‘yicha yangi tizimni joriy etish.

    Mamlakatimizda ijtimoiy muammolarni manzilli hal etishga e’tibor qaratilmoqda. “temir daftar”, “ayollar daftari” va “yoshlar daftari» kabi tizimlar joriy etildi. Endi bu ishlarning mantiqiy davomi sifatida bevosita mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan manzilli ishlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bunda yordamga muhtoj oilalar birma-bir o‘rganilib, ularni qiynab kelayotgan muammolarni yechishda amaliy ko‘mak beriladi. Mazkur ishlar mahallardagi xotin-qizlar faollari, hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari tomonidan tartibli amalga oshiriladi.

    Ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish maqsadida 70 dan ortiq ijtimoiy xizmatlar bevosita mahallada ko‘rsatiladi. Mas’ul idoraga borish imkoniyatga ega bo‘lmagan shaxslarga mahalladan turib murojaat qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

    To‘rtinchi yo‘nalish – ishchi-xodimlarning kafolatli himoyalash tizimini joriy etish.

    Mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslar ijtimoiy himoya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Ish joyini yo‘qotish, sog‘lig‘i yomonlashishi va boshqa sabablarga ko‘ra turmush sharoiti og‘irlashgan shaxslarga ko‘mak berish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli ham kasallik va ishsiz qolish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan kafolatli himoyalash tizimi joriy etilmoqda. Buni amalga oshirish uchun Moliya vazirligi huzurida Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tashkil etiladi. Jamg‘arma joriy yilning sentyabr oyida o‘z faoliyatini boshlashi kutilmoqda. Bunday ko‘rinishdagi jamg‘armalarning tashkil etish jahon tajribasida ham keng qo‘llanib kelinmoqda. Xususan, Singapur va Qatarda mazkur jamg‘armalarning tashkil etilishi ishsizlik darajasi kamayishiga va aholi turmush tarzining oshishiga olib kelgan.

    Yana bir masala ham o‘z yechimini topdi. Hammaga ma’lumki, ko‘plab ish beruvchilar ayol xodimlarni ishga olish unchalik ham qiziqish bildirishmaydi. Bunga sabablardan biri ayol xodimning homiladorlik tufayli ta’tilga chiqishi va nafaqa olish sanaladi. Norasmiy sektorda ayollar ulushi 57 foizni tashkil qilayotganligi ham ayollarni rasmiy ishga olmaslik urfga kirayotganligini ko‘rsatmoqda. Buning oqibatida ayollarga homiladorlik nafaqasini to‘lanmayapti. Mazkur holatlarni oldini olish maqsadida homiladorlik nafaqasining bir qismini davlat byudjeti hisobidan to‘lash tartibi joriy etilmoqda. Bu esa, albatta, ayol xodimlarning huquqlarini kafolatli himoya qilishga imkon beradi.

    Xulosa qiladigan bo‘lsak, ehtiyojmand kishilarni qo‘llab-quvvatlash xalqimizga azaldan xos bo‘lgan oliyjanoblikning timsolidir. Ayniqsa, yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti arafasida bu kabi ishlarning amalga oshirilishi jamiyatimizda ezgulik, mehribonlik va hamjihatlik kabi fazilatlarni qaror topishiga xizmat qiladi.

    Xo‘jayev Shohjahon Akmaljon o‘g‘li

    Toshkent davlat yuridik universiteti Intellektual mulk huquqi kafedrasi mudiri, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori

    01.05.2022, 15:02   Izoh (0)   2848
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onada tuman MTB rahbarining o‘g‘li ikki nafar ayolni chopib tashlash bilan tahdid qildi

    01.05.2022, 14:37

    Buxoroda o‘zini daraxtga osib, joniga qasd qilayotgan ayol qutqarib qolindi

    01.05.2022, 13:36

    Toshkentda hayit namozi o‘qilishi munosabati bilan bir qator ko‘chalar yopiladi

    01.05.2022, 12:35

    O‘zbekistonda Ramazon hayiti kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    01.05.2022, 11:59

    Samarqandda musiqa maktabida yong‘in sodir bo‘ldi

    01.05.2022, 11:18

    O‘zbekistonda Ramazon hayiti namozini o‘qish vaqtlari ma’lum qilindi

    01.05.2022, 10:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.