Nogironligi bo‘lgan bolalarning ma’naviy kamol topishi uchun 108 ta maktab-internatga har yili 20 mingdan ortiq maxsus adabiyotlar xarid qilinadi. Bu haqda prezident raisligida o‘tayotgan yig‘ilishda aytib o‘tildi.
1-oktabrga qadar 20 dona ekzoskelet, 880 ta nogironlik aravachasi, 4 mingta ovozli termometr va tonometr, 6 mingta “aqlli” soat xarid qilinib, hududlarga yetkaziladi. Bunga 31 milliard so‘m ajratiladi.
Avval ishlamagan, Saxovat uylarida yashovchi mingga yaqin yoshi ulug‘ kishilarga hozir hech qanday to‘lov yo‘q. Endi ularga ham shaxsiy xarajatlari uchun qarilik nafaqasining 20 foizi to‘lab beriladi.
Hozirda nogironlik pensiyasi fuqarolarning avvalgi ishlagan staji va oyligidan kelib chiqib hisoblanadi. Bu 75 mingdan ortiq ishlayotgan nogironligi bor fuqarolarning daromadiga bevosita ta’sir qilmoqda.
Shu bois ularning pensiyasi har ikki yilda qayta hisoblanib, ish staji va oyligiga qarab oshirib boriladi. Bunga 300 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.
Izoh (0)