• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Yo‘lni kengaytirish bilan tirbandlik muammosini hal etib bo‘lmaydi”. Shavkat Mirziyoyev Samarqandda transport tizimini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-aprel kuni Samarqand shahrida transport tizimini rivojlantirish bo‘yicha rejalar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida Samarqand shahrini istiqbolda “millionlik shaharlar”ga aylantirish maqsadi belgilangan. Buning uchun 2022-yilda shahar hududi 28 ming gektar qilib kengaytiriladi. Kelgusi besh yilda Qorasuv mavzesi, Shirin mahallasi va vokzal ortidagi hududda 300 ming aholiga mo‘ljallangan yangi uy-joylar barpo etiladi. Shuningdek, turistlar soni 5 million nafarga yetishi kutilmoqda.

    Bularning barchasi shaharning transport tizimi, yo‘llari va yo‘l infratuzilmasini yangidan ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.

    Hozirda doimiy aholi va tumanlardan keluvchilarni qo‘shib hisoblaganda, Samarqand shahrida kuniga 925 ming kishi harakatlanadi. Ularning katta qismi — 592 ming nafari shaxsiy avtomobillarda yuribdi. Jamoat transportidan bor-yo‘g‘i 330 mingdan ziyod aholi foydalanyapti.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bunga sabab jamoat transporti qatnovi qulay va barqaror emas. Tashuvchilar aholining ehtiyojidan kelib chiqib emas, kunning “eng daromadli” paytida harakat qiladi. So‘nggi ikki yilda 38 ta marshrut norentabellik sababli to‘xtagan, 300 ta avtobus yetishmaydi. Shu bois davlat rahbari Samarqand shahrida jamoat transporti tizimini rivojlantirish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Taqdimotda xorijiy ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan takliflar muhokama qilingan.

    Unga ko‘ra, jamoat transporti tarmog‘i magistral, yetkazib beruvchi va ichki yo‘nalishlarga ajratiladi. Hozirgiga qo‘shimcha 40 ta yangi yo‘nalish, xususan, aeroport, vokzal va tarixiy markazlarni bog‘laydigan 5 ta ekspress yo‘nalish tashkil etiladi. Avtobuslar katta sig‘imlisiga almashtirilib, markaziy ko‘chalarda ularning harakati uchun alohida yo‘lak ajratiladi. 2022-yilda 80 ta, 2023-yilda 100 ta elektrobus olib kelinadi. Bekatlar soni ko‘paytiriladi. Samarqand shahar hokimligi tarkibida Transport bo‘limi tashkil etiladi. 1-iyuldan boshlab, Samarqand viloyati byudjetidan shahar transportiga subsidiya ajratish yo‘lga qo‘yiladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezident bu ishlarda ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash, yo‘l harakatini boshqarishni raqamlashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratgan.

    “Hayot tezlashdi, odamlarning faolligi oshdi. Lekin jamoat transporti avvalgiday turibdi. Yo‘lni kengaytirish bilan tirbandlik muammosini hal etib bo‘lmaydi. Jamoat transportiga ustunlik berish kerak. Dunyo tajribasiga qaranglar. ‘Aqlli svetofor’lar o‘rnatib, yo‘l harakatini onlayn boshqarib, ko‘chalarning o‘tkazuvchanligini oshirish zarur. Kelgusida hamma shaharlarimizda shunday qilamiz. Samarqand bunda andoza bo‘lishi kerak”, — deydi prezident.

    Shu bois, loyihani mukammal qilish, yo‘nalishlarni to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan. Loyihani jamoat transporti holati eng og‘ir bo‘lgan ko‘chalardan boshlab, bosqichma-bosqich amalga oshirish zarurligi ta’kidlangan.

    “Odamlar bu ishlarni qulayligidan sezishi kerak. Jamoat transportida yurish arzon, sifatli va tez bo‘lsa, yo‘lovchilar shuni tanlaydi. Buning uchun infratuzilmani, yo‘nalishlarni to‘g‘ri tashkil qilish kerak”, — deydi davlat rahbari.

    Shuningdek, Pastdarg‘om va Bulung‘ur tumanlarini Samarqand shahri bilan bog‘laydigan elektropoyezd qatnovini yo‘lga qo‘yish taklifi bildirilgan. Yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash rejalari bo‘yicha ham axborot berilgan. Bu yil Samarqand shahrida 160 kilometr yo‘l ta’mirlanadi, 5 ta yo‘l o‘tkazgich qurilishi boshlanadi. 102 ta yangi bekat tashkil qilinib, mavjudlari tartibga keltiriladi.

    Davlat rahbari yo‘llar qurish va ta’mirlash bilan birga ularni sifatli saqlash ham zarurligini ta’kidlagan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Biz ko‘p yo‘l qurdik, lekin uning ekspluatatsiyasi bilan aytarli shug‘ullanilmadi. Yo‘llarning balansi, foydalanish muddatining tahlili yo‘q. Sarflanayotgan mablag‘ maqsadli emas. Ba’zan yo‘l ustiga yana yo‘l quriladi. Shuning uchun qayerga yo‘l qurish, qaysini ta’mirlashni Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati aytishi kerak. Chunki ko‘chalardagi tirbandlik, xavfsizlik shunga bog‘liq”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.

    O‘zbekiston prezidentining shu yil 4-apreldagi “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklarining maxsus ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalari hududiy ichki ishlar organlarining yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari huzuriga o‘tkazilgan.

    Taqdimotda Samarqand viloyati maxsus ekspluatatsiya-montaj bo‘linmasi tomonidan amalga oshiriladigan ishlar ham ko‘rib chiqilgan. Samarqand shahridagi 49 ta chorrahada “transport oqimini raqamli boshqarish” tizimi joriy etilishi, 140 ta chorrahaga zamonaviy svetoforlar o‘rnatilishi, markaziy ko‘chalar zamonaviy yo‘l belgilari bilan jihozlanishi qayd etilgan. Natijada svetoforda turish vaqti 31 foizga, harakat vaqti 36 foizga, harakat tezligi 17 foizga yaxshilanadi.

    Yo‘l quruvchi tashkilotlar va Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarini o‘qitish, malakasi va dunyoqarashini oshirish, tanlov asosida ishga olish muhimligi ko‘rsatib o‘tilgan.

    Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 19-yanvar kuni Toshkent shahrida jamoat transportini rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishgandi. “Menimcha” ko‘rsatuvida transport vazirining taqdimoti prezidentga ma’qul bo‘lmagani haqida so‘z borgan. Aynan ushbu ko‘rsatuvda telejurnalist Xayrulla Nuriddinov Toshkentga tramvay qatnovini qaytarish tarafdori ekanini aytib o‘tgan edi. Davlat rahbari 10-fevral kuni Samarqand viloyatiga tashrifi davomida fuqarolar murojaati sabab tramvayni Toshkentga qaytarishni aytib o‘tgan. “Tramvayni Toshkentga ham qaytarmoqchimiz. Fuqarolardan bu borada ko‘plab xatlar va murojaatlar kelyapti”, — degan edi prezident.

    29.04.2022, 14:47   Izoh (0)   13194
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda bola o‘g‘rilari paydo bo‘lgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

    29.04.2022, 14:40

    O‘zbekistonda may 39 darajagacha issiq ob-havo bilan boshlanishi kutilmoqda

    29.04.2022, 14:09

    O‘zbekiston yanvar—mart oylarida qancha yengil avtomobil import qilgani ma’lum bo‘ldi

    29.04.2022, 13:15

    Bosh prokuratura O‘zDJTU talabasi o‘z joniga qasd qilgani yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi

    29.04.2022, 13:01

    Uzbekistan Airways Ramazon hayiti munosabati bilan chegirma e’lon qildi

    29.04.2022, 12:31

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 30-aprel kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    29.04.2022, 12:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kambodja Trampni tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatdi

    Dunyo | 2 avgust, 21:25

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Bojxona qo‘mitasi Qirg‘iziston chegarasida tirbandlik yuzaga kelishidan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 21:00

    Tramp Oq uyda hashamatli tantanalar zali qurib, uni AQSHga sovg‘a qilmoqchi

    Layfstayl | 2 avgust, 20:55

    Andijonda “otpuska”dagi o‘qituvchilar maktab taʼmirlayotgani aytilmoqda

    O‘zbekiston | 2 avgust, 20:44

    Rekord sarmoyalar: gigant texnologik kompaniyalar 2025-yilda sun’iy intellekt uchun 115 mlrd dollar sarfladi

    Dunyo | 2 avgust, 20:40

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.