“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh jurnalistlar talqiniga ko‘ra Angliyada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Misrlik futbolchi Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”) va Deklan Raysni (“Vest Hem”) ortda qoldirib, 48% ovoz to‘pladi.
“Chelsi” hujumchisi Sem Kerr futbol jurnalistlari assotsiatsiyasi tomonidan Angliyada yilning eng yaxshi ayol futbolchisi deb e’lon qilindi.
Saloh ushbu sovrinni ikkinchi marta qo‘lga kiritdi, ilk bor 2018-yilda ushbu sovringa ega chiqqandi. O‘tgan mavsum jurnalistlar uyushmasi “Manchester Siti” himoyachisi Ruben Diashni eng yaxshi o‘yinchi sifatida e’tirof etgandi.
29 yoshli futbolchi 2021/22-yilgi mavsum APLda 31 o‘yinda ishtirok etib, 22 ta gol va 13 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)