• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Korrupsiyaga qarshi kurashishning Singapur tajribasi: “Yuqumli ochko‘zlik” davosi (II qism)

    Boshlanishi: Korrupsiyaga qarshi kurashishning Singapur tajribasi: “Yuqumli ochko‘zlik” davosi (I qism)

    Singapurda islohotni yo‘lga qo‘ygan mamlakatning bosh vaziri Li Kuan Yu o‘zi va safdoshlarini “inglizcha ta’lim olgan yetakchilar guruhi” deya ta’riflagan. “Ular hukumatda ishlamasa ham o‘zlarini yashash uchun zarur mablag‘ bilan ta’minlay olishiga ishonchi komil edi. Bu men va men kabi professionallarning qo‘limizdan kelardi... Ko‘pchiligimizning rafiqalarimiz ishlardi va biz bo‘lmagan paytda oilalarimizni ta’minlay olardi. Vazirlar kishilarda hurmat va ishonch hissini uyg‘otgandan so‘ng, davlat xizmatchilari ham o‘zini shunga loyiq tutar va qarorlarni ishonch bilan qabul qilardi”, — deb ta’kidlaydi Li Kuan Yu.

    Li Kuan Yu hukumati Singapurni Janubi-Sharqiy Osiyoning moliyaviy va savdo markaziga aylantirish, shuningdek mamlakatga chet ellik investorlarni jalb qilishni o‘z maqsadi deb bilar edi.

    Singapur mamlakat yetakchilarining siyosiy irodasi va korrupsiyaga qarshi qonunchilik tufayli dunyoning iqtisodiy rivojlangan yetakchilari qatoriga qo‘shilish va korrupsiyani yengishga muvaffaq bo‘ldi. Buning uchun birinchi navbatda korrupsion harakatlarni sodir etish ehtimoli qisqartirildi. 1960-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasi Korrupsiyaning oldini olish haqidagi qonunda mustahkamlandi, Korrupsiya bo‘yicha surishtiruv olib borish byurosi o‘ziga xos vakolatlar bilan ta’minlandi.

    Foto: Flickr

    Foto: Flickr

    Qarorlar qabul qilish jarayoni soddalashtirildi, qonunlarda sodda va tushunarli qoidalar joriy etilib, har qanday ikki xil ma’nolilik bartaraf etildi. Mustaqil byuro hukumatning yuqori safidagi korrupsiyaga qarshi kurasha boshladi. Surishtiruv ishlari hatto Li Kuan Yuning yaqin qarindoshlariga nisbatan ham olib borildi. Korrupsiyada ayblangan bir qator vazirlar turli muddatli qamoq jazolariga mahkum etildi yoki o‘z jonlariga qasd qildi yo mamlakatdan qochib ketdi. Ular orasida Li Kuan Yuning eski safdoshlari ham bor edi.

    Li Kuan Yu o‘z esdaliklarida qonun ustunligi va barchaning, jumladan, yuqori mansabdorlar va qarindoshlarining ham qonun oldida tengligi tamoyilini joriy qilganligini ta’kidlab o‘tadi.

    Sudyalarning oyligi keskin oshirildi, sudyalik lavozimiga eng yaxshi advokatlar jalb etildi. Singapur sudyasining maoshi yiliga bir necha yuz ming dollarga yetdi (1990-yillarda — 1 million dollardan ortiq). Mafiya guruhlari shafqatsizlik bilan yo‘q qilindi. Mas’uliyatli lavozimlarni egallab turgan davlat xizmatchilarining maoshi xususiy korporatsiyalar top-menejerlariniki darajasigacha oshirildi.

    Li Kuan Yu siyosiy yetakchilarga eng yuqori haq to‘lanishi lozimligi, chunki ular o‘zida to‘g‘ri va insofli hukumatni namoyon etishini ta’kidlar edi.

    Singapur rahbariyati saylov kampaniyalarining katta xarajatlari ko‘pchilik Osiyo mamlakatlarining bartaraf etilishi lozim bo‘lgan jihati ekanligiga ishonar edi. Ma’lum mablag‘ni saylovlarga sarflagan g‘oliblar nafaqat ularni qaytarishi, balki keyingi saylovlarga yana mablag‘ ham to‘plashi lozim. Bu esa korrupsion sxemalarga undaydi. Shuning uchun Singapur Xalq harakati partiyasi saylov kampaniyalari xarajatlarini qisqartirishga urindi.

    Korrupsiya holatlari bo‘yicha surishtiruv olib borish byurosi

    Korrupsiyaga qarshi qonunchilikni hayotga joriy etishda maxsus agentlik — Korrupsiya holatlari bo‘yicha surishtiruv olib borish byurosining o‘rni muhim.

    Byuroning asosiy vazifalari: jamoat va xususiy sohalardagi korrupsiya bo‘yicha ayblovlarni o‘z ichiga olgan shikoyatlarni ko‘rib chiqish, davlat xizmatchilari tomonidan yo‘l qo‘yilgan mas’uliyatsizlik va beparvolik holatlari yuzasidan surishtiruv olib borish, shuningdek, ularning faoliyati va qarorlari qonuniyligini tekshirishdan iborat.

    Byuro korrupsion faoliyatda gumon qilinayotganlarni sud ruxsatisiz hibsga olish, surishtiruv jarayonini nafaqat u, balki uning qarindoshlariga nisbatan ham olib borish, ularning istalgan bank, ulush, hisob-kitob va moliyaviy qaydlarini tekshirish huquqiga ega.

    Byuro istalgan fuqaroni uning maqomi, egallab turgan lavozimi yoki diniy e’tiqodidan qat’iy nazar javobgarlikka tortishi mumkin. Biznes muhiti shaffofligini ta’minlash uchun byuro xususiy sohani ham tekshiradi. Bosh vazir ofisi bilan tutashgan byuroni to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat rahbariga bo‘ysinuvchi direktor boshqaradi. Byuro 71 nafar  — 49 tergovchi va 22 nafar ma’muriy xodimga ega.

    03.07.2017, 15:59   Izoh (0)   16789
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Nursulton Nazarboyev Rossiya va Ukraina rasmiylarini muzokaralarga chaqirdi

    03.07.2017, 15:44

    KXDR: Bizning raketalarimiz dunyoning har qanday nuqtasiga uchib bora oladi

    03.07.2017, 14:30

    AQShda yo‘lovchi samolyoti yonayotgan dvigateli bilan qo‘nishni amalga oshirdi

    03.07.2017, 14:02

    Bashar Asad birinchi bor Suriya banknotalarida paydo bo‘ldi

    03.07.2017, 13:47

    Tramp Saudiya Arabistoni, BAA va Qatar yetakchilari bilan Doha atrfidagi vaziyatni muhokama qildi

    03.07.2017, 13:04

    Indoneziyada 8 kishi qutqaruv vertolyoti qoyaga urilishi qurboni bo‘ldi

    03.07.2017, 12:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.