• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Sobiq sovet davlatlarining maxsus xizmatlari “otasi”. Minglab insonlar yostig‘ini quritgan, dahshatli qiynoqlar orqali butun mamlakatni titratgan Cheka yoxud VCHK

    1917-yil Rossiyada oktabr inqilobi amalga oshgach, inqilob dushmanlari bilan kurashish, siyosiy muxolifatni yo‘q qilish va kontrrazvedka ishlarini olib borish uchun davlatga yangi maxsus xizmat lozim edi. Inqilob dohiysi Lenin yuqoridagi vazifalarni bajarish va mamlakatda bolsheviklarning mutlaq hukmronligini o‘rnatish uchun maxfiy politsiya yaratishga qaror qiladi. 1917-yil 7-dekabr kuni tashkil etilgan VCHK (Butunrossiya favqulodda komissiyasi) yoxud Cheka aynan shunday tashkilot bo‘ldi.

    Tashkilot qachon va nima uchun tuzilgan edi?

    Inqilobdan so‘ng yangi davlat qanday bo‘lishi va qanday tuzilmalarga ega bo‘lishi haqida munozaralar boshlanadi. Sobiq Rossiya imperiyasida inqilobga qarshi kuchlar hali ancha ko‘p bo‘lib, Lenin hukumati ular bilan kurashuvchi maxsus tashkilotga ega emasdi.

    Aynan shunday vositaga, ya’ni aksilinqilobiy kuchlar bilan kurashuvchi kuchga ega bo‘lishi uchun inqilobning ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri bo‘lmish Feliks Dzerjinskiyga inqilob dushmanlarini aniqlash va ularga qarshi kurash olib boruvchi maxsus agentlik tuzish topshiriladi.

    Feliks Dzerjinskiy (chapda) va Vladimir Ilich Lenin (o‘ngda)

    Feliks Dzerjinskiy (chapda) va Vladimir Ilich Lenin (o‘ngda)
    Foto: RG

    1917-yil 20-dekabr kuni Xalq komissarlari kengashi yig‘ilishida nutq so‘zlagan Dzerjinskiy tuzilajak tashkilotning vazifalari haqida gapiradi. Uning ma’ruzasida tashkilot aksilinqilobiy va jinoiy faoliyatlarni bostirish uchun dastlabki tergov ishlarini olib borishi aytiladi. Shuningdek, u jinoyatchilarni hibsga olish va ularning mulklarini musodara qilish kabi vazifalarni bajarishini ham aytib o‘tadi. Vladimir Ilich Lenin boshchiligidagi Xalq komissarlari kengashi yangi agentlik tuzish rejasini ma’qullaydi va kengash huzurida Butunrossiya favqulodda komissiyasi (Всероссийская чрезвычайная комиссия — ВЧК) tuziladi. Unga rahbar etib Feliks Dzerjinskiy tayinlanadi.

    Dastlab VCHK (to‘liq nomi “Aksilinqilobiy harakat va sabotajga qarshi kurash bo‘yicha Butunrossiya favqulodda komissiyasi”) juda katta vakolat va jazo choralarini qo‘llash huquqiga ega emasdi. Uning asosiy vazifalari aksilinqilobchilarni topish va ularni oziq-ovqat kartalaridan mahrum qilish (ocharchilik ro‘y bergan o‘sha paytda bunday kartadan mosuvo bo‘lish jiddiy jazo hisoblangan), “xalq dushmanlari” ro‘yxatini tuzish va nashr etish hamda aksilinqilobiy mulklarni musodara qilishdan iborat edi.

    1917-yil 24-oktabrda Ishchi va askar deputatlari sovetining ikkinchi Butunrossiya qurultoyi yangi respublikada o‘lim jazosini bekor qiladi. Shu sabab VCHK yoki Vecheka dastlab qatl jazosidan foydalanmagan.

    “Qizil terror”

    Ammo mamlakatda fuqarolar urushi boshlanishi bilan vaziyat o‘zgaradi. 1918-yil fevralda Xalq komissarlar kengashi “Sotsialistik vatan xavf ostida!” chaqirig‘i ostida maxsus dekret chiqaradi. Unga ko‘ra, VCHK dushman agentlari, chayqovchilar, bezorilar, aksilinqilobiy agitatorlar, chet el josuslarini jinoyat sodir etgan joyida otib tashlash huquqiga ega bo‘ladi. Shunday bo‘lsa-da, bu jazo siyosiy muxoliflarga nisbatan qo‘llanmaydi. Qolaversa, Cheka xodimlari (chekistlar) soni bu davrida hali juda ko‘p emasdi.

    Bolsheviklarga qarshi faollikning kuchayishi, fuqarolar urushining boshlanishi, 1918-yil iyuldagi chap sotsialist-inqilobchilarning muvaffaqiyatsiz qo‘zg‘oloni va avgust oyida Lenin hayotiga suiqasd uyushtirilishi Cheka safining keskin o‘sishiga olib keladi. Sentabr oyida Xalq komissarlari kengashining “Oq gvardiya tashkilotlari, fitna va qo‘zg‘olonlarga aloqador barcha shaxslarni otib tashlash” haqidagi farmonidan so‘ng butun mamlakat bo‘ylab VCHKning tarixda “qizil terror” deb nomlangan qatag‘on kampaniyasi boshlanadi.

    Farmonda inqilob dushmanlarini sinfiy yo‘q qilish haqida ham gap borib, Cheka tez orada zodagon, ruhoniy va o‘rtahol dehqonlar sinfida “tozalash” ishlarini boshlaydi. Bir necha oy ichida Cheka tomonidan mingga yaqin kishi otib tashlanadi.

    Non o‘g‘irlagani uchun dorga osilgan “Qizil terror” qurbonlari

    Non o‘g‘irlagani uchun dorga osilgan “Qizil terror” qurbonlari
    Foto: Wikipedia

    Tashkil etilganda bir necha yuz tergovchidan iborat bo‘lgan agentlik 1920-yilga kelib yuz mingdan ortiq xodimga ega bo‘ladi. Tashkilotning mahalliy bo‘limlari ham tuzilib, ular hududlardagi mulkdorlarni yo‘q qilish bilan shug‘ullanadi. Cheka inqilobning qilich va qalqoniga aylanadi. Uning yetakchisi Feliks Dzerjinskiy shafqatsiz va qattiqqo‘lligi sabab “Temir Feliks” nomini oladi.

    Qonunlarga tupurgan tashkilot

    Cheka hech qanday qonunga bo‘ysunmas edi. Tashkilot xohlagan odamini so‘roq qiladi, hibsga oladi, mol-mulkini musodara qiladi yoki otib tashlaydi. 1917—1923-yillardagi “qizil terror” davrida 90 mingga yaqin kishi Cheka yerto‘lalarida hech qanday sudsiz otib tashlanadi.

    Qonunan Cheka Xalq komissarlari kengashi oldida javobgar bo‘lib, har qanday harakat uchun kengashdan ruxsat olishi kerak edi. Biroq ko‘p hollarda Dzerjnskiy operatsiyalarni tugatib bo‘lgandan so‘nggina kengashga xabar berardi.

    1918-yil Adliya komissarligi Cheka qonunlarni o‘zboshimchalik bilan buzayotgani uchun tashkilotga qarshi chiqadi. Komissarlik Chekadan gumonlanuvchilarni hibsga olishdan oldin Adliya komissarligini bu haqida xabardor qilishni talab qiladi. Inqilobning ko‘pgina arboblari, jumladan, Nikolay Buxarin va ichki ishlar komissari Grigoriy Petrovskiy ham “jinoyatchilar bilan to‘lgan” Chekaning o‘zboshimchaliklarni to‘xtatishni so‘raydi. Taniqli bolshevik Lev Kamenov esa tashkilotni butunlay tugatish haqida gapiradi.

    Feliks Dzerjinskiy (markazda) VCHK a’zolari bilan

    Feliks Dzerjinskiy (markazda) VCHK a’zolari bilan
    Foto: Kommersant

    Dzerjinskiy bundan qattiq g‘azablanadi va ularga aksilinqilobiy harakatlarni yumshoq qonuniy yo‘l bilan tor-mor qilib bo‘lmasligini aytadi. Kommunistik partiyaning eng ko‘zga ko‘ringan a’zolari Lenin, Stalin, Yakov Sverdlov va Lev Trotskiy Cheka terrorini qo‘llab-quvvatlaydi. Lenin qonunlarga o‘zgartirish kiritadi va Cheka Adliya komissarligini hibsga olish yoki qatl qilishdan oldin emas, keyin xabardor qilishi belgilab qo‘yiladi. Shu tariqa Chekaning qonunga bo‘ysunmasligi yanada mustahkamlanadi.

    Dahshatli va shafqatsiz qiynoq usullari

    VCHK yoki Cheka insoniyat tarixidagi eng dahshatli qiynoq usullarini yaratgani va qo‘llagani bilan tarixning qora sahifalarida qolgan. Tashkilot hech qanday qonun bilan hisoblashmasligi sabab aybdorlarni xohlagan ko‘yiga solardi. Chekistlarning qiynoqlari g‘ayriinsoniy ko‘rinish kasb etgandi.

    Tarixchi Orlando Faydjes “Xalq fojiasi” kitobida Chekaning ba’zi qiynoq usullari haqida yozadi:

    Qiynoq usullarining nihoyatda “aqlli”ligiga ko‘ra Chekani ispan inkvizitsiyasi bilan taqqoslash mumkin. Har bir mahalliy Chekaning o‘ziga xos qiynoq usullari bor edi. Masalan, Xarkovda “qo‘lqop nayrangi” usulini qo‘llashardi. Bunda qurbonning qo‘llari terisi shilinib ketgunga qadar qaynoq suvda qaynatiladi: natijada ularning qo‘llari qonab ketadi va teridan ajraladi. Qo‘l xuddi qo‘lqop (teri)dan ajralgan kabi bo‘lib qoladi.

    Saritsin (keyinchalik Stalingrad, hozirda Volgograd) Chekasi esa qurbonlarning suyaklarini yarmidan arralardi. Voronej chekistlari yalang‘och insonlarni mixlangan bochkalar bilan qisishgan. Armavir qurbonlarining esa boshiga charm tasmani o‘rab, temir murvat bilan qisish orqali boshlari ezib tashlangan.

    Kiyevda yanada dahshatliroq usul qo‘llangan: qurbonning tanasiga kalamushlar solingan qafaslarni yopishtirib, qafasni qizdirishadi. Natijada jon talvasasidagi kalamushlar qurbonning ichaklarini yorib, o‘tib ketadi.

    Odessada qonxo‘r chekistlar qurbonlarni taxtalarga bog‘lab gulxan yoki qaynab turgan suvda sekinlik bilan kuydirgan. Qishdagi eng sevimli jazo esa yalang‘och qurbonlar ustidan ular tiriklayin muzlab qolmagunga qadar sovuq suv quyish edi.

    Foto: Lenta

    “O‘sha eshak, faqat to‘qim boshqa”

    Cheka ko‘pincha maxfiy politsiya deb atalsa-da, mamlakatda hamma uning borligini, nima vazifalar bajarishini bilardi. Cheka standart formaga ega bo‘lmasa ham, odamlarga ko‘pincha uzun charm palto kiygan chekistlarni tanib olish qiyin bo‘lmagan. Bu ataylab qilingan ish bo‘lib, xalq uzun palto kiygan chekistlar barcha joyda borligini, bolsheviklarga qarshi chiqqan yoki xiyonat qilganlar darhol yo‘qotilishini bilishi kerak edi. VCHK qatllarni siyosiy maqsadlardan ko‘ra ko‘proq ommaviy dahshatga sabab bo‘lishi uchun uyushtirgan. Bunga yorqin misol sifatida Lenin buyrug‘i bilan Penza shahrida yuz kishining omma oldida dorga osilishini keltirish mumkin.

    1922-yil 6-fevral kuni Butunrossiya Markaziy ijroiya qo‘mitasi VCHKni tugatish, uning o‘rniga Ichki ichlar xalq komissarligi qoshida Davlat siyosiy boshqarmasi (Государственного политического управления — ГПУ) tuzish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Cheka qo‘shinlari ichki ishlar qo‘shinlariga aylantiriladi. Shunday qilib politsiya va davlat xavfsizlik organlarini boshqarish yagona komissarlik ixtiyoriga o‘tkaziladi. Biroq nom o‘zgargani bilan tizimda katta o‘zgarishlar bo‘lmaydi, GPU ham Cheka qilgan ishlarni davom ettiradi.

    GPUdan so‘ng OGPU (Объединённого государственного политического управления — Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi), uning vorisi NKVD (Народный комиссариат внутренних дел — Ichki ishlar xalq komissarligi), keyin esa NKGB (Народный комиссариат государственной безопасности — Davlat xavfsizligi xalq komissarligi), MGB (Министерство государственной безопасности — Davlat xavfsizligi vazirligi) va nihoyat KGB (Коммитет государственной безопасности — Davlat xavfsizlik qo‘mitasi) SSSR davlat xavfsizlik xizmatlari tashkiloti sifatida tashkil etiladi.

    Ularning barchasi VCHK asosida yaratilgan va faoliyat yuritgan bo‘lib, vazifa va usullari ham deyarli bir xil edi. SSSR tarqalib ketgach, uning tarkibidagi davlatlar maxsus xizmatlari ham bo‘linib ketadi. Ularning juda kam qismida sobiq KGB bo‘linmalari butunlay qayta tashkil etildi. Ko‘pchiligida esa ancha puxta ishlab chiqilgan KGB, aslida esa VCHK tizimi saqlanib qoldi.

    VCHK o‘zining vorislaridan farqli ravishda barcha sohalar: oziq-ovqat ta’minoti, transport, armiya va dengiz floti politsiyasi, maktablarni nazorat qilish, davlatga zarur materiallarni yetkazib berishni nazorati ostiga olgandi. Chekistlar ba’zida butun bir qishloqlarni o‘rab olib, qirib tashlar, g‘allani davlatga topshirmaganlarni izlab topib, hatto “ishchilar davlati”da ishchilar sinfi qarshiligini ham qonga botirgandi.

    Aynan Cheka XX asrdagi yangi maxfiy xizmat va politsiyalar uchun andoza bo‘ldi. Gestapo (Gitler Germaniyasi), Stasi (Sharqiy Germaniya), SAVAK (Eron) maxfiy xizmatlari aynan VCHKdan namuna olib tuzilgan maxsus tashkilotlar edi.

    25.04.2022, 12:05   Izoh (0)   75516
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp AQSHning boy fuqarolari uchun daromad solig‘ini 40 foizgacha oshiradi

    Dunyo | 9 may, 19:00

    Rasman. Xabi Alonso mavsum yakunida “Bayer”ni tark etishini e’lon qildi

    Sport | 9 may, 18:41

    Bill Geyts o‘zining deyarli barcha boyligini kambag‘al va bemorlarga tarqatish niyatida

    Dunyo | 9 may, 18:35

    “Bu yaqin vaqt ichida sodir bo‘ladi” — Lamin Yamal kelajagi borasida bir qarorga keldi

    Sport | 9 may, 18:05

    Ispaniyada erkak gazli suvdan bir qultum ichib, oshqozoni va qizilo‘ngachini kuydirdi

    Dunyo | 9 may, 17:40

    Shri Lankada o‘nlab harbiy xizmatchilar bo‘lgan vertolyot halokatga uchradi

    Dunyo | 9 may, 17:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.