• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Salomatlik

    Oshqozon yarasi haqida hamma bilishi kerak bo‘lgan 5 ta fakt

    Oshqozon-ichak traktining patologiyalari bugungi kunda dunyodagi eng keng tarqalgan kasalliklardan biridir. Oshqozon yarasi qayerdan paydo bo‘ladi, uning oldini olish va samarali davolash mumkinmi? Bu kabi savollarga “Lisa.ru” nashri javob berdi.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Stress, noto‘g‘ri ovqatlanish, zararli odatlarning oldini olmaslik — bularning barchasi oshqozon yarasi kabi jiddiy kasallikni qo‘zg‘atishi mumkin.

    Bu kasallik nima va u qanday paydo bo‘ladi?

    Oshqozon yarasi — oshqozon yoki uning orqasida joylashgan o‘n ikki barmoqli ichak shilliq qavatining yallig‘lanishi. Yallig‘langan qobiq sifatsiz oziq-ovqat va potentsial zararli moddalarga qarshi himoyasi zaiflashadi. Xlorid kislotasi va fermentlar organlarning devorlarini buzadi, oshqozon yarasi paydo bo‘ladi. Kasallikni o‘z vaqtida aniqlash va davolanishni boshlash juda muhim, aks holda og‘ir asoratlar hatto o‘limga ham olib kelishi mumkin.

    Statistikaga ko‘ra, yer yuzidagi barcha odamlarning kamida 10 foiz oshqozon yarasi kasalligiga duch keladi. Kasallikning asosiy sababi — organizmda oshqozon shilliq qavatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan xelikobakter pilori bakteriyasining mavjudligidir. Ammo shuni ta’kidlash kerakki, bakteriya taxminan 80 foiz odamlarda mavjud va har kim ham oshqozon yarasidan aziyat chekmaydi. Gap shundaki, patologiyaning rivojlanishi uchun qo‘shimcha qo‘zg‘atuvchi omillar kerak.

    Misol uchun, bu noto‘g‘ri ovqatlanishdan bo‘lishi mumkin. Achchiq, qizarib pishgan, yog‘li ovqatlar xlorid kislota ishlab chiqarishni ko‘paytiradi va shu bilan kasallikni qo‘zg‘atishi mumkin.

    Stressli vaziyatlar va haddan tashqari hissiy kuchlanish kasallikning rivojlanishiga olib keladi. Ma’lumki, stress paytida ovqat hazm qilish tizimini qon bilan ta’minlashning faolligi pasayadi va oshqozon-ichak traktida yuzaga keladigan barcha jarayonlar sekinlashadi. Bularning barchasi oshqozonning turli kasalliklari, shu jumladan, oshqozon yarasiga olib keladi.

    Kuchli travmatik omillar ham yarani qo‘zg‘atishi mumkin, masalan, og‘ir kuyishlar, jarohatlar, murakkab va keng qamrovli jarrohlik aralashuvlar. Oshqozon yarasi qonni suyultiruvchi dorilar yoki yallig‘lanishga qarshi dorilarni uzoq muddat qo‘llash bilan ham paydo bo‘lishi mumkin.

    Bundan tashqari, zararli odatlar — chekish va spirtli ichimliklarni iste’mol qilish oshqozon shilliq qavatining himoya xususiyatlarini pasaytiradi va bakteriyalar uchun qulay sharoitlar yaratadi.

    Kasallikni qanday aniqlash mumkin?

    Yaraning kuchayishi bilan qorin bo‘shlig‘ida kuchli og‘riqlar kuzatiladi, bu och qoringa yoki ovqatdan keyin darhol o‘zini namoyon qiladi. Og‘riq bir necha daqiqadan bir necha soatgacha davom etishi mumkin. Ishtahani yo‘qolishi, jig‘ildon qaynashi, ko‘ngil aynishi, oshqozonda og‘irlik hissi — bularning barchasi patologik jarayonni ham ko‘rsatishi mumkin.

    Agar uzoq vaqt davomida tibbiy yordamga murojaat qilinmasa, oshqozon sezgirlikni yo‘qota boshlaydi va alomatlar susayadi. Bunday holda, yallig‘lanish o‘z-o‘zidan o‘tib ketmaydi va hayot uchun xavfli asoratlar paydo bo‘lishi mumkin.

    Shuning uchun kasallikni o‘tkazib yubormaslik uchun xarakterli belgilarning birinchi paydo bo‘lishida darhol shifokorga murojaat qilish kerak.

    Tashxis qanday qo‘yiladi?

    Oshqozon yarasining belgilari oshqozon-ichak traktining ko‘plab boshqa kasalliklariga o‘xshaydi. To‘g‘ri tashxis qo‘yish uchun bemor odatda qo‘shimcha tekshiruvlarga yuboriladi

    Oshqozon yarasi qanday davolanadi?

    Agar kasallikka erta tashxis qo‘yilgan bo‘lsa, davolanish tibbiy bo‘lishi mumkin. Bemorga me’da shirasining kislotaliligini kamaytirishga va xelikabakter pilori infeksiyasini bartaraf etishga yordam beradigan maxsus preparatlar buyuriladi. Shifokor, me’da shirasining ishlab chiqarilishiga va oshqozon devorlarining tirnash xususiyati beruvchi mahsulotlardan voz kechishni tavsiya qiladi. Qovurilgan, yog‘li, baharatlı ovqatlar qaynatilgan yoki bug'langan ovqatlar bilan almashtiriladi. Bundan tashqari, spirtli ichimliklar, qahva va achchiq choy ichishni to‘xtatish va chekishni to‘xtatish kerak.

    Afsuski, bemor shifokorga juda kech, asoratlar paydo bo‘lganida boradi. Ulardan eng xavflisi qon ketish va oshqozon devorining yorilishi. Bunday holatda, agar favqulodda operatsiya qilinmasa, o‘lim ehtimoli 99 foizni tashkil qiladi.

    Operatsiya umumiy behushlik ostida, ikkita usuldan birida amalga oshiriladi: laparoskopik yoki laparotomiya. Laparoskopik aralashuv kindikdagi ponksiyon orqali amalga oshiriladi, laparotomiya esa qorin bo‘shlig‘ini an’anaviy katta kesma bilan ochishni o‘z ichiga oladi. Texnikani tanlash shifokor tomonidan bemorning ahvoli va kasallikning rivojlanish xususiyatlariga qarab belgilanadi. Oshqozon yarasi tikiladi yoki olib tashlanadi, toraygan ovqat hazm qilish trubkasi kengayadi, qon ketishi to‘xtaydi. Operatsiyadan so‘ng bemor uzoq reabilitatsiya va umrbod parhez buyuriladi.

    Qanday qilib kasallikning oldini olish mumkin?

    Avvalo kasallikni qo‘zg‘atadigan xavf omillarini bartaraf etish kerak.

    Sog‘lom ovqatlanish qoidalariga rioya qilish lozim: ozroq ovqatlaning, lekin yog‘li va achchiq ovqatlarni ratsiondan chiqarib tashlang. Sog‘lom turmush tarzini olib boring — chekishni to'xtating, spirtli ichimliklarni iste’mol qilishni cheklang, ko‘proq mashq qiling, yetarlicha uxlang va kamroq asabiylashmang.  Eng muhimi — oshqozon haqida shikoyatlar bo‘lsa, shifokor bilan bog‘lanishdan tortinmang. Vaqtida tashxis qo‘yish va o‘z vaqtida davolash jiddiy asoratlarni oldini olishga va salomatlikni saqlashga yordam beradi.

    Mavzuga doir:

    • Shifokor qanday mahsulotlar ichaklarni tozalashini ma’lum qildi
    • Umurtqa pog‘onasiga zarar yetkazadigan odatlar
    • Bel og‘riganda darhol shifokor ko‘rigidan o‘tish shart bo‘lgan holatlar
    • Ko‘richakni o‘tkazib yubormaslik uchun: kasallikning kutilmagan alomatlari

    25.04.2022, 13:50   Izoh (0)   28809
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Nega chuqur nafas olganda o‘pka og‘riydi?

    25.04.2022, 11:41

    Vazn yo‘qotish borasida ko‘pchilik ishonadigan 4 ta yanglish fikr

    24.04.2022, 14:53

    Ovqatlanishdan so‘ng kuzatiladigan ko‘ngil aynishi nimadan darak beradi?

    23.04.2022, 12:50

    Tomoqdagi bodomsimon bezlarni oldirish kerakmi yoki yo‘q?

    22.04.2022, 15:19

    Shifokorlar bananning buyrak kasalligiga chalingan insonlar uchun zararini ma’lum qildi

    22.04.2022, 09:56

    Ichimlik o‘rnini bosuvchi suv miqdori eng yuqori bo‘lgan 15 ta mahsulot

    21.04.2022, 18:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.