• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    IT sohasi faqatgina “yigitlar kasbi” emas, ICT4Girls loyihasi aynan qizlarni qo‘llab-quvvatlaydi

    Bugungi kunda butun davlatning rivojlanishi IT sohasining rivojlanishiga bevosita bog‘liq. Shuning uchun dunyoning ko‘pgina mamlakatlari birinchi navbatda barcha e’tiborini butun IT sohasini yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratmoqdalar. Shu jumladan, yurtimizda ham IT’ni o‘rganishni istaydigan yosh o‘g‘il-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ko‘pgina dasturlar amalga oshirilmoqda.

    Bularga misol sifatida o‘quvchi qizlarni IT sohasiga ko‘proq jalb etish, raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” DUK Shveysariya elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etgan “Qizlarning IT ko‘nikmalarini rivojlantirish” (Digital Empowerment of Girls / ICT4Girls) loyihasini ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin.

    ICT4Girls loyihasi nima uchun kerak?

    Qizlarga IT sohasidagi bilimlarni puxta egallashga yordam berib kelayotgan “Qizlarning IT ko‘nikmalarini rivojlantirish” loyihasi maktab, kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlar o‘quvchi qizlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularda ishtirok etish mutlaqo bepul.

    Loyiha doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlardan ko‘zlangan maqsad, O‘zbekiston xotin-qizlarining IT sohasidagi salohiyatini oshirish, jamiyatimizda mavjud turli salbiy stereotiplarni o‘zgartirish orqali qizlarni qo‘llab-quvvatlovchi muhit yaratish, shuningdek, qizlarga IT yo‘nalishida mavjud ta’lim imkoniyatlari va ish o‘rinlari haqida ma’lumot berishdir.

    2021-yil noyabr oyida start olgan loyiha doirasida quyidagi dasturlar amalga oshirilmoqda.

    Targ‘ibot kampaniyasi — qizlarni qo‘llab-quvvatlovchi muhit yaratish uchun tashlangan qadam

    Ko‘p yillar davomida shakllanib, qolib ketgan stereotiplar natijasida ayollar boshlab bergan IT sohasi keyinchalik erkaklar kasbiga aylanib ketdi. Hozirgi kunda ham qizlar uchun IT sohasiga kirishda ko‘plab to‘siq va stereotiplar mavjud: “IT sohasi juda qiyin va alohida fikrlashni talab qiladi”, “Dasturlash qizlarning ishi emas”, degan fikrlarni ko‘pchiligimiz eshitganmiz.

    Ota-onalar, yaqinlarda mavjud shu kabi xayoliy to‘siqlarini bartaraf qilish hamda qizlarning IT sohasiga qiziqishini oshirish maqsadida, loyiha doirasida kichik ijtimoiy videoroliklar ishlab chiqilmoqda. IT sohasini “yigitlar kasbi” deb atash noto‘g‘ri ekanligi, aql talab qiladigan ishlar jins tanlamasligi ta’kidlangan roliklar yurtimiz OAVlari, ommabop sayt va bloglarda namoyish etilmoqda.

    Barcha videoroliklarni loyihaning rasmiy Telegram kanalida tomosha qilishingiz mumkin.

    ICT4Girls Mentorship — IT loyihalar ishlab chiqish va ularni boshqarishni o‘rgatuvchi dastur

    IT sohasida ma’lum bilim va ko‘nikmalarga ega 455 nafar arizachi orasidan 10 nafar qiz saralab olinib, o‘z sohasi mutaxassislari bo‘lgan mentorlarga biriktirilgan. Mentorlar joriy yilning yanvar oyidan boshlab, qizlarga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishlari uchun maslahatlar berib kelmoqda. Qizlar dastur davomida ma’lum ijtimoiy muammoga yechim sifatida IT mahsulot yaratishi lozim. Dastur yakunida eng yuqori baholangan 3 IT mahsulotga ularni amalga oshirish uchun 50 million so‘mlik grant taqdim etiladi.

    ICT4Girls Digital Camp — qizlarning iqtidorini yuzaga chiqarish uchun yana bir imkoniyat

    Digital Camp dasturi 23—26-mart kunlari Toshkent viloyatidagi dam olish maskanlarining birida tashkil etilib, unda O‘zbekistonning turli hududlaridan tanlov asosida saralab olingan 100 nafar qiz ishtirok etdi. Dastur Women Techmakers Tashkent jamiyati bilan hamkorlikda tashkil etildi.

    Ishtirokchilar 5 yo‘nalish — veb-dasturlash, veb-dizayn, mobil dasturlash, raqamli marketing va STEM bo‘yicha tajribali mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv mashg‘ulotlarida o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

    IT oromgohda NASA, Apple, Uber, EPAM kabi nufuzli tashkilotlar mutaxassislari ham professional rivojlanish, IT sohasida qizlar bosib o‘tadigan yo‘l, qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar kabi qiziqarli mavzularda taqdimot qilib, ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga javob berishdi.

    Dastur so‘ngida yo‘nalish bo‘yicha imtihon o‘tkazilib, yuqori baholangan 5 nafar qiz noutbuk bilan taqdirlandi.

    Onlayn kurslar — talab yuqori bo‘lgan sohalarni masofadan o‘rganish imkoniyati

    ITSM maktab bitiruvchilarini kasbga yo‘naltirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish, maktab o‘quvchilarini kasblar katalogi va ushbu kasblarning xususiyatlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida prof.maktab.uz platfomasini ishlab chiqmoqda. Ushbu platforma ICT4Girls loyihasi doirasida yaratilgan zamonaviy sohalarni qamrab oluvchi yangi kurslar bilan boyitildi.

    Bugungi kunda UNICEF, UNESCO va Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan ushbu platformada o‘quvchilarning turli sohalarda bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan ko‘plab trening va kurslar, shaxsiyat testlari va boshqalar jamlangan.

    Forum

    Joriy yilning may oyi o‘rtalarida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan forum IT sohasidagi qizlarga yurtimizdagi talab va e’tiborni ko‘rsatish, o‘qib izlanishga, o‘z ustida ko‘proq ishlashga motivatsiya berish, IT sohasiga aloqador muammolarni aniqlash va yechim-takliflar ishlab chiqish hamda IT sohasida ishga joylashish imkoniyatlari bilan tanishtirish maqsadida tashkil etiladi. Forumda tegishli davlat va nodavlat muassasalari, xalqaro tashkilotlar, IT kompaniyalar vakillari o‘z nutqi bilan ishtirok etishi kutilmoqda. Batafsil ma’lumot loyihaning rasmiy Telegram kanalida berib borilmoqda.

    Navbat sizga, sizning fikringiz biz uchun muhim!

    ICT4Girls tashkiliy jamoasi mamlakatimiz qizlarini IT sohasiga qiziqtirish, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan dasturlarni kengaytirishni rejalashtiryapti. Shu maqsadda, ITSM jamoasi ayni kunlarda qizlarning IT’ga bo‘lgan qiziqishini o‘rganmoqda. Siz ham IT’ga qiziqsangiz, bu borada fikr va mulohazalaringiz bo‘lsa, ushbu so‘rovnomada qatnashing va loyihani rivojlantirish, yangi dasturlar tashkil etilishiga o‘z hissangizni qo‘shing.

    O‘ylaymizki, loyiha tez orada o‘zining oliy maqsadi — iqtidorli va bilimi kuchli qizlar potensialini keng namoyon qilib, IT sohasida ayol dasturchilar, dizaynerlar va boshqa turdagi mutaxassislar ko‘payishi maqsadiga erishadi.

    Reklama huquqi asosida.

    22.04.2022, 12:00   Izoh (0)   27489
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zbekinvest” kompaniyasi 2021-yilda investitsiya loyihalarining sug‘urtasi bo‘yicha 20,1 trillion so‘m miqdorida majburiyat oldi

    22.04.2022, 09:00

    realme 23-aprel kuni Zoodmall do‘konida realme C21Y smartfonining chegirmali sotuvini e’lon qiladi

    21.04.2022, 18:00

    InfinBANK amputantlar o‘rtasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining rasmiy homiysi bo‘ldi

    21.04.2022, 15:00

    Seoul Mun tijorat ko‘chmas mulkiga 30 foiz chegirma e’lon qiladi

    21.04.2022, 12:00

    Fabricio ko‘zoynak va opravalari olamiga marhamat!

    20.04.2022, 15:00

    “Agrobank” kredit kartasi bilan bilim olishga sarmoya kiriting

    20.04.2022, 12:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.