• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Madaniy merosimiz — bebaho boyligimiz

    O‘zbekiston qadimiy tamaddun markazlaridan hisoblanadi. Buyuk ipak yo‘li chorrahasida joylashgan yurtimizda asrlar davomida turli sivilizatsiyalar hukm surgani sababli noyob, bebaho va go‘zal me’moriy obidalar bunyod etilishiga zamin yaratdi. Dunyoning hech bir burchagida uchramaydigan bunday betakror obidalar bizning boyligimiz va faxrimiz hisoblanadi.

    YUNESKOning umumjahon ro‘yxatidagi moddiy madaniy 1121 ta merosdan 4 ta meros O‘zbekistondan kiritilgan bo‘lib, bular: Ichan qal’a (1990-yilda); Buxoro shahrining tarixiy qismi (1993-yilda); Shahrisabz shahrining tarixiy qismi (2000-yilda); Samarqand shahri (2001-yilda) bo‘lsa, YUNESKOning nomoddiy madaniy 500 dan ortiq meros ro‘yxatiga O‘zbekistondan 8 ta meros, ya’ni: Boysun tumani madaniyati (2008-yilda); Shashmaqom (2008-yilda - O‘zbekiston va Tojikiston); Katta ashula (2009-yilda); Askiya - aql-idrok san’ati (2014-yilda); Navro‘z (2016-yilda O‘zbekiston va yana 11 ta davlat); Palov tayyorlash madaniyati va urf-odati (2016-yilda); Marg‘ilon hunarmandchilikni rivojlantirish markazi, atlas va adras matolarini to‘qishning an’anaviy texnologiyasi (2017-yilda), Xorazm lazgisi (2019-yilda) kiritilgan. Albatta, bu oddiy ro‘yxat emas. Bu butun dunyoga buyuk va bebaho merosimizni, salohiyatimizni hamda qadriyatlarimizni namoyon qiluvchi bebaho boyligimiz hisoblanadi.

    Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, dunyoning yetakchi nashrlari, xususan, Forbes, the Independent, Sondé Nast Traveler, Germaniyaning mashhur Berliner Telegraph va boshqalar tomonidan O‘zbekiston 2022-yilda sayohat qilish uchun eng qulay mamlakatlardan biri sifatida e’tirof etildi. Xorijiy axborot vositalarining aksariyati, O‘zbekiston bu nafaqat Yevrosiyoning markazi, balki yangi Buyuk ipak yo‘lining tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, qadimiy betakror shaharlar, bebaho va noyob go‘zal madaniy merosga ega mamlakat sifatida ta’kidlanadi.

    O‘zbekistondagi tarixiy obidalarning mahorati, noyob va o‘ziga xos uslubi, minglab asrlar silsilasidan bizgacha yetib kelayotgani butun dunyoni lol qoldirib kelmoqda. Mamlakatmizga sayyohlarning aksariyati ajdodlarimiz tomonidan bunyod etilgan mustahkam san’at asarlarini o‘z ko‘zi bilan ko‘rish, ulardagi ulug‘vorlikni his qilish uchun tashrif buyurishadi. Bunday tashriflar yildan-yilga oshib bormoqda. Masalan, birgina 2021-yilda xorijiy sayyohlar soni 24 302 tani tashkil etdi. Bu deganiki, shuncha sayyohlar orqali shuncha xorij davlatlari bizni tanidi, bizning madaniy merosimizdan hayratlandi, noyob betakror obidalarimizdan bahramand bo‘lib, nafaqat turizm rivojlanishiga balki buyuk bobomiz Amir Temurning “Bizni qudratimizga ishonmasang, biz qurdirgan imoratlarga boq!” degan fikrlari naqadar haqiqat ekanligiga iqror bo‘lishmoqda.

    Bilamizki, tarixiy inshootlar yillar davomida eskirishi tabiiy holdir. Lekin shunga qaramasdan, bu borada yillar davomida bir qator muammolar to‘planib qolganiga guvoh bo‘lib turibmiz. Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun respublikamiz bo‘yicha 8210 madaniy obyektlari mavjud bo‘lib, ulardan 167 dan ortig‘i ta’mirga muhtoj ekan. Bugun moddiy madaniy meros va arxeologiya obyektlarini restavratsiya va konservatsiya qilish uchun mutaxassislar yetishmaydi, ularni tayyorlaydigan ta’lim muassasalarida yuqori malakali pedagoglar ham kam. Ta’mirlash-tiklash va konservatsiya bo‘yicha aniq normativ hujjat ham ishlab chiqilmagan ekan. Bizning o‘z mutaxassislarimiz, konservatsiya qilish maktabi bor albatta, lekin yangi texnologiyalar yetishmas edi.

    Bundan tashqari, tarixiy tepaliklarning atrofi himoya devorlari bilan o‘rab olinmagani, tuproqlari esa mahalliy aholi tomonidan qazib olinib, o‘z shaxsiy ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborilayotgani oqibatida obidalarning yo‘qolib ketish arafasida turishiga ba’zi fuqarolarimiz sababchi bo‘lmoqda. Ayrim yodgorliklar atrofiga mahalliy aholi tomonidan chiqindilar tashlab ketilmoqda. Afsuski, bunday muammolar nafaqat Toshkent shahrida, balki boshqa hududlarda ham kuzatish mumkin. Masalan, Buxoro Arki devorining qulashi, Xo‘jayli tumanidagi Mizdakxon kompleksidagi Mazlumxon suluv qabristoni avariya holatiga kelib qolganligi, xususan, ichki tomoniga yomg‘ir o‘tib o‘rtadagi ikki gumbaz g‘ishtlari qulab tushganligi sabab atrofida aylanib yurish imkoni yo‘q. Maqbaraning kirish qismi ham qulab qolgan bo‘lib, ichkariga kirish xavfli bo‘lmoqda.

    Xalqimiz va hukumatimiz bu kabi muammolarni e’tibordan chetda qoldirmasdan, oxirgi yillardagi ochiq va oshkora siyosatimiz natijasida amaliy ishlar boshlab yuborildi.

    Masalan, prezident tashabbusi bilan Madaniy meros agentligi, Madaniyat vazirligi qoshida madaniy meros departamenti, Madaniy meros obyektlarini asrash jamg‘armasi tashkil topdi hamda tekshirishlar natijasida ko‘p muammolar o‘z yechimini topmoqda.

    Ulardan biri, bu Koreya Respublikasi Madaniy meros fondi bevosita Turizm va sport vazirligi, Koreya hukumati hamda Koreya Madaniy meros boshqarmasi bilan birgalikda O‘zbekiston madaniy merosini asrash bo‘yicha ODA (Official development assistance) loyihasi hisoblanadi. Loyiha doirasida 700 ming AQSH dollari miqdoridagi grant asosida O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi qoshida arxeologik topilmalarni o‘rganish va tiklash bo‘yicha zamonaviy birinchi laboratoriya tashkil etildi, soha mutaxassislari uchun mahorat darslari o‘tkazildi hamda 95 ta eksponat qayta tiklandi. Afrosiyob muzeyidagi devorga bitilgan rasmlar namoyish etilayotgan xona ta’mirlandi. Ma’lumot uchun, loyiha doirasida O‘zbekistondan 6 nafar mutaxassis muzey boyliklarini restavratsiya qilish uslublariga o‘qitildi.

    Bundan tashqari, 2022-yildan madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilishda Eron va Turkiya davlatlari bilan hamkorlik qilish, tajriba o‘rganish hamda mahalliy ustalarning xorijiy davlatlarda malakasini oshirish kabi tizim yo‘lga qo‘yilishi bizni albatta quvontirdi.

    Xulosada faxrlanib aytish kerakki, madaniy merosimiz nafaqat yurtimizning bebaho merosi hamda imijini ko‘rsatuvchi omil, balkim butun insoniyat boyligidir. Xorij ekspertlarining fikricha, “bu noyob durdonalar buyuk insonlar tomonidan yaratilgan bo‘lib, ular hech qachon takrorlanmaydi”.

    Usarova F.X. O‘zR Fanlar akademiyasi  huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz direktori v.v.b., siyosiy fanlar nomzodi, katta ilmiy xodim

    21.04.2022, 14:25   Izoh (0)   17754
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zim uchun ham bu yangilik bo‘ldi”. Shavkat Mirziyoyev Amir Temur mudofaa merosi haqida gapirdi

    21.04.2022, 14:06

    “Men Murodjon Azimovga Toshkentni ko‘rsatib, hokim qilib olib keldim” — Shavkat Mirziyoyev

    21.04.2022, 13:52

    Toshkentda Hyundai Sonata YPX xodimini urib yuborgani yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi

    21.04.2022, 13:22

    O‘zbekistonda 22-aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    21.04.2022, 13:09

    “Yashirmayman, men pul bilan keldim”. Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga tashrifini Ko‘kdala tumanidan boshladi

    21.04.2022, 12:58

    O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani yana o‘zgarishsiz — yillik 17 foiz darajasida qoldirdi

    21.04.2022, 12:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.