Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, podpolkovnik Akbarjon Oxunov Andijon viloyati Marhamat tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Tayinlovga qadar u Andijon viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Podpolkovnik Ulug‘bek Abdurahmonov Navoiy viloyati Nurota tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Tayinlovga qadar u Navoiy viloyati, Navbahor tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Podpolkovnik Doniyor Rahmonov Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Tayinlovga qadar u Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Izoh (0)