Milliy gvardiya qo‘mondonining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.
Qayd etilishicha, Podpolkovnik Baxtiyor Usmonov Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi Jangovar, kasbiy va jismoniy tayyorgarlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
Tayinlovga qadar u Qo‘riqlash bosh boshqarmasi Kadrlar boshqarmasi jangovar va jismoniy tayyorgarlik bo‘limi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.
Podpolkovnik G‘iyosiddin Sirojiddinov Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi Xizmatni tashkil etish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
Tayinlovga qadar u Qo‘riqlash bosh boshqarmasi jamoat xavfsizligini ta’minlashga ko‘maklashish va qo‘riqlanayotgan obyektlarda huquqbuzarliklarni oldini olishni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.
Avvalroq Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisiga yangi o‘rinbosar tayinlangani xabar qilingandi. Shuningdek, Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutiga rektor tayinlangani va O‘zbekistonning BAAdagi yangi elchisi tayinlangani haqida xabar berilgan.