Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy CNN telekanaliga bergan intervyusida Rossiyaning bosqini boshlangandan buyon harbiy harakatlar oqibatida 2,5 mingdan 3 ming nafargacha ukrainalik harbiy halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, yana 10 mingga yaqin harbiy xizmatchi yaralangan. “Ularning qanchasi omon qolishini aytish qiyin”, — deya qo‘shimcha qiladi Zelenskiy.

Ukraina prezidentining ta’kidlashicha, tinch aholi orasidagi qurbonlarni baholash qiyin, chunki mamlakat janubi va sharqidagi ko‘plab aholi punktlari qamalda va u yerda qancha odam halok bo‘lganini bilishning hozirda imkoni yo‘q.

Ukraina muntazam ravishda Rossiya tomonining jangovar yo‘qotishlari haqida ma’lumotlar berib kelmoqda. 15-aprel holati bo‘yicha Ukraina Qurolli kuchlari bosh shtabi 20 ming kishi halok bo‘lganini hisoblagan. Rossiya o‘z askarlarining halok bo‘lgani haqida bir marta — 25-mart kuni xabar bergan. O‘shanda urush boshlanganidan beri 1351 nafar rossiyalik harbiy xizmatchi halok bo‘lgani va yana 3825 nafari yaralangani ma’lum qilingandi.

Bundan oldin Rossiya Kiyevdagi markazlarga zarba berish bilan tahdid qilgani, Mariupolda Ukrainaning 1026 nafar dengiz piyodasi taslim bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Rossiya—Ukraina urushiga oid tezkor, ishonchli yangiliklar va ma’lumotlarni “Daryo”ning Live sahifasi orqali kuzatib boring → @Daryo_Live

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 2-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi
Dunyo
Britaniya razvedkasi Rossiya Ukrainadagi urushda quruqlikdan hujum qilolmayotgani sababini tushuntirdi