Buxoro viloyati sudi raisining o‘rinbosari — iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi xabar qildi.
Qayd etilishicha, prezidentning farmoyishi bilan sudyalik qasamyodini buzgani uchun hamda yozma arizasiga asosan Aziz Sadirov lavozimidan ozod etilib, sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan.
Avvalroq Navoiyda odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni buzgan sudya ishdan olingani xabar qilingandi. Shuningdek, mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan yana 8 nafar sudya jazolangani, 4 nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatilgani haqida xabar berilgan.
Izoh (0)