“O‘zbekinvest” kompaniyasining harbiy majburiyatli shaxslarning shaxsiy va soliq organlari xodimlarining majburiy sug‘urta xizmatlari bo‘yicha eksklyuziv huquqlari bekor qilinadi. Bu prezident farmoni bilan belgilangan.
Ikkala faoliyatga sug‘urta kompaniyalarini ochiq tanlovlar asosida jalb qilish choralari ko‘riladi. Buning uchun ular maxsus litsenziya olishlari kerak bo‘ladi.
Farmon bilan o‘zgartirishlar kiritish muddati belgilangan — 2022-yilning iyunigacha. Mas’ullar — Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi va Ichki ishlar vazirligi.
Avvalroq xususiy klinikalarga haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga ruxsat berilishi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)