• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Bosh vazir o‘rinbosari topshirig‘i bilan namanganlik fermerlar boshqa klaster bilan ishlashga majburlanayotgani aytildi. Hokim esa “fermer xohlagan klasteri bilan ishlaydi” demoqda

    Bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev tomonidan imzolangan bayonnomaga ko‘ra Namangan viloyatining Norin tumanidagi 140 ta fermer xo‘jaligi uch yildan buyon binoyidek ishlab kelayotgan “Uztex Uchkurgan” paxta-to‘qimachilik klasteridan voz kechib, “Iftixor kiyim sanoat” klasteri bilan ishini davom ettirishi kerak. Ularga qo‘yilgan talab shu. Fermerlar esa bundan norozi. “Daryo” muxbiri Umidjon Mamarasulov Namangan viloyatining Norin tumanida bo‘lib, mazkur holat yuzasidan jurnalistik surishtiruv o‘tkazdi.

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Ma’lum bo‘lishicha, 2022-yilning 17-mart kuni paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasining klasterlar faoliyatini samarali tashkil etish, paxta hosildorligini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish masalalariga bag‘ishlangan yopiq yig‘ilishi o‘tkazilgan. Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev olib borgan yig‘ilishning yopiq bayonnomasiga asosan yer uchastkalari tasdiqlanib, ajratilgan va fermer xo‘jaliklari fyuchers shartnomalarini tuzishlari shart bo‘lgan klasterlarga biriktirilgan.

    Fermerlar.

    Fermerlar.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Fermerlarning ta’kidlashicha, mutasaddilar ularning e’tirozini e’tiborga olmayapti. Holbuki, prezidentning 2021-yil noyabr oyidagi 14-sonli farmonining 3-bandiga asosan, fermerlar klasterlar bilan ixtiyoriy ravishda fyuchers shartnomasi tuzishga haqli. Bundan tashqari, aynan ushbu farmonda paxta-to‘qimachilik klasterini tashkil etish respublika komissiyasi xulosasiga asosan Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.

    Laylo Xolmirzayeva.

    Laylo Xolmirzayeva.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Tumandagi “Eraliyeva Kimsanoy” fermer xo‘jaligi rahbari Laylo Xolmirzayevaning aytishicha, norinlik fermerlarning aksariyati ishlab kelayotgan klasteri bilan shartnomani bekor qilishni istamayapti.

    “‘Paxtasanoat’ davrida bugungidek daromad olmaganmiz. Aslida fermer bo‘lishdan maqsad nima? Maqsad bitta — foyda olish. Mana masalan, oldinlari kontraktatsiya shartnomalari bo‘lardi. Reja qo‘yilib, shunchani bajarasan, deyilardi. Hozir esa o‘zimiz xohlab, bu yil necha tonna paxta bermoqchi bo‘lsak, shuni yozib, shartnoma tuzamiz. 2019-yildan Norin tumanidagi fermerlar ‘Uztex Uchkurgan’klasteriga topshiradigan bo‘ldik. Bular bilan uch yildan beri hamkorlikda ishlab kelyapmiz. 20 yillik tajribamga tayanib aytishim mumkinki, avval bunday ta’minot bo‘lmagan. Birinchidan, mineral o‘g‘it masalasida umuman qiynalmayapmiz, ikkinchidan yonilg‘i-moylash mahsulotlari ham vaqtida yetkazib beriladi. Avvallari topshirilgan paxta hisob-kitob qilinib, 90 foiz pul mablag‘i dekabr oyi oxirida, 10 foizi esa yanvar oyida berilardi. Endi esa noyabr oyida 100 foiz to‘lovlar amalga oshirilmoqda. Soliqlardan qarzimiz yo‘q. Sen falon joyga paxta sotasan, degan buyruqbozlikka chek qo‘yildi. Bugun fermer xo‘jaliklari xohlagan klasteri bilan shartnoma tuzib, o‘zi yetishtirgan mahsulotini xohlaganicha sotishi mumkin. Men va tumanimizdagi boshqa fermerlar klaster bilan shartnomani bekor qilmoqchi emasmiz. Bunga hojat ham yo‘q. Ayniqsa, ekin ekish davrida”, — deydi Laylo Xolmirzayeva.

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan “Arslonov” fermer xo‘jaligi rahbari Dilshodbek Turg‘unboyevning aytishicha, unga berilgan yerda 2017—2018-yillarda hosildorlik 15-20 sentnerdan oshmagan. Shu sababli davlat buyurtmasini o‘z vaqtida bajarmagan. Klaster bilan hamkorlikda ishlash davomida esa sezilarli darajada daromad topa boshlagan.

    Dilshodbek Turg‘unboyev.

    Dilshodbek Turg‘unboyev.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    “Har qanday kishi avvalo moliyaviy tomonlarini o‘ylab ish qiladi. O‘tgan yilning noyabr oyida klaster vakillari ularga topshirgan paxtamiz pulini to‘lab berdi. 200—250 million so‘m pulni bizga kerak paytda berishdi. Shuning orqasidan nimadir qilib oldik. Shu sababli bularga yildan yilga ishonchimiz ortib bormoqda. Klaster bilan bu yil uchun shartnoma qilib bo‘lganmiz. Bekor qilish uchun huquqiy asos-ku mayli, vijdonimiz ham yo‘l qo‘ymaydi. Chunki hamma sharoitni qilib berishyapti. Yangi klaster bo‘yicha esa biror narsa deyolmaymiz. Dehqonchilik esa kutib turmaydi”, — deydi Dilshodbek Turg‘unboyev.

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Tumandagi “Foziljon qizi Zulxumor” fermer xo‘jaligi rahbari Zohidjon Adilovning ta’kidlashicha, hokimliklar fermerlarga tanlovni o‘ziga qo‘yib berishi kerak.

    “2019-yilda ‘Uztex Uchkurgan’ korxonasi bilan shartnoma tuzganmiz. Shartnoma tuzishdan avval korxonadagi ish jarayonlari bilan to‘liq tanishib chiqqanmiz va ushbu korxona bilan ishlashga ko‘zimiz yetgach shartnomani imzolaganmiz. Endi esa yangi klaster keldi, o‘sha bilan shartnoma qilishimiz kerakligini aytishdi. Fermer qaysi klaster bilan ishlashini o‘zi tanlashi kerak. Bizning hududda 12 ta fermer bor. Bizga tashqaridan ta’minotning o‘zi kerak emas, ular shundoq ham o‘z ishlarini bemalol tashkil qila oladi. Tumanimizda nechta klaster faoliyat yuritsa, qarshi emasmiz. Faqat bizga tanlovni o‘zimizga qoldirib berishsin”, — deydi Zohidjon Adilov.

    Zohidjon Adilov.

    Zohidjon Adilov.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    “Uztex Uchkurgan” klasteri rahbari Murodjon Mullajonovning aytishicha, klaster Norin tumanidagi fermerlar bilan fyuchers shartnomasi asosida uch yildan buyon ishlab kelmoqda. 2022-yil uchun ham shartnomalar imzolanib, olti oydan buyon moliyalashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Uning ta’kidlashicha, 2022-yil boshidan buyon fermerlarga 30 milliard so‘mdan oshiq pul mablag‘lari ajratilgan.

    “Strategik maqsadimiz — davlat siyosatidan kelib chiqib fermerni boy qilish. Oldimizga fermerga yordam berish, yangi texnologiyalar kiritish, fermer sotib olish imkoniyati bo‘lmagan qimmatbaho texnikalarni olish kabi vazifalar belgilangan. Bu yil 30 ta paxta teruvchi kombayn oldik. Bu esa o‘z natijasini beryapti. To‘rt yil oldin 25 sentner paxta olinadigan tumanlarimizdan bugunga kelib o‘rtacha 35 sentner paxta olinyapti. Ayrim hududlarda bu ko‘rsatkich 37,4 sentnergacha ko‘tarilgan. Bu yil fermerlarimizning har bir gektar yerdan olgan daromadi o‘rtacha 8,5 million so‘mni tashkil qiladi. To‘rt yil oldin bu raqamlar 1—2 million atrofida edi. To‘g‘ri, o‘sha paytda ham o‘z ishini yaxshi biladigan mutaxassislar bo‘lgan, ammo qishloq xo‘jaligi ta’minoti yaxshi bo‘lmagani uchun bu darajaga chiqilmagan”, — deydi Murodjon Mansurov.

    Murodjon Mansurov “Daryo” muxbiri bilan suhbatda.

    Murodjon Mansurov “Daryo” muxbiri bilan suhbatda.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Mansurovning aytishicha, klaster raqobatga qarshi emas, aksincha bunday tartibda ishlashga doim tayyor. Uning o‘zi tuman hokimligiga yangi klaster ishini qachondan boshlashi va “Uztex Uchkurgan” qanday ishlarni amalga oshirishi kerakligi bo‘yicha xat ham chiqargan. Hozircha javob berilmagan.

    Norin tumani hokimi Jo‘rabek Nurmatovni topish biroz qiyin bo‘ldi. Ikki kunlik harakatdan so‘ng yig‘ilishlardan bo‘shamagan hokim topildi.

    Hokimning aytishicha, Norin tumaniga bosh vazir o‘rinbosari tasdiqlagan hujjatga, Prezident administratsiyasidan kelgan xatga asosan yangi klasterga biriktirilgan. Belgilangan normativlar bo‘yicha 17 ta klaster o‘rtasida tanlov o‘tkazilganda “Iftixor kiyim-sanoat” MCHJ g‘olib deb topilgan. Bunga sabab Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan klasterlar baholanganda “Uztex Uchkurgan” klasterining ko‘rsatkichlari pastroq bo‘lgani uchun Norin tumani boshqa klasterga olib berilgan.

    Jo‘rabek Nurmatov.

    Jo‘rabek Nurmatov.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    “Fermerlarimiz boshida biroz sarosimaga tushishdi. Sababi chigit ekish mavsumi boshlandi. Ayni paytda ular agrotexnik tadbirlar dolzarb bo‘lgani uchun ta’minotida uzilishlar bo‘lib qolishidan xavotirlanmoqda. Lekin bunday xavotirga o‘rin yo‘q ekanligini tushuntirdik. Har bir fermer xo‘jaligidan bir nechta vakillar ‘Iftixor kiyim sanoat’ korxonasiga tashrif buyurib, MCHJ faoliyati, ishlab chiqarayotgan mahsulotlari, bugungi kundagi moliyaviy ahvoli bilan tanishib, ta’minotdan muammo bo‘lmasligiga ishonch hosil qilib qaytdi. Misol uchun, bugunning o‘zida korxonada mineral o‘g‘it va yonilg‘i-moylash mahsulotlari uchun 10 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Biz hozir tuzilayotgan shartnomalarni oxiriga yetkazamiz va ishonamizki, ta’minot masalasida hech qanday muammo qoldirmaymiz. Hozirgi chigit ekish jarayonlarida urug‘lik chigit va yonilg‘i bo‘yicha hech qanday muammo yo‘q.

    ‘Uztex Uchkurgan’ga keladigan bo‘lsak, shu paytgacha fermerlar va mazkur klaster o‘rtasida aytishga arzigulik muammolar bo‘lmagan. Mayda masalalar bo‘lgan bo‘lishi mumkindir, lekin hammasi klaster tomonidan vaqtida bartaraf etilgan. Hamma fermerlar ‘Iftixor kiyim sanoat’ bilan shartnoma tuzishga rozi bo‘ldi. Agar ‘Uztex Uchkurgan’ bilan ishlamoqchi bo‘lganlar bo‘lsa, bu masala ham ko‘rib chiqiladi. Fermerlarni yangi klaster bilan shartnoma tuzishga hech kim majbur qilmadi. Ularga tushuntirildi xolos. E’tiroz bildirganlar ham o‘zlari korxona faoliyati bilan tanishib qaytgach, shartnoma tuzishga rozi bo‘ldi. Yana bir narsa — fermerlar orasidagi gapni, ya’ni yangi klaster rahbarining viloyat hokimiga qarindoshligi (ayni paytda Namangan viloyatida Shavkat Abdurazzaqov rahbarlik qilib keladi) uchun bu holatlar bo‘lyapti, degan shubhasini oqlamayman. Chunki bu qarindoshlik bilan hal qilinadigan masala emas. Bu yerda 170 ming aholi, 140 ta fermer xo‘jaligi bor axir. Hech kim bu masalada tavakkal qilmaydi. Zarur me’yorlar bo‘yicha xat-hujjatlar o‘rganiladi”, — deydi tuman hokimi Jo‘rabek Nurmatov.

    Tumandagi “Shamsiddinov” massivi rahbari Ahmadjon Oxunovning aytishicha, yangi klaster faoliyati unga ma’qul kelgan.

    “Men SSSRning odamiman. Tushuncham shuki, agarda Prezident administratsiyasidan tasdiqlanib o‘tib, qaror chiqqan bo‘lsa, hukumatni topshirig‘i bilan bu korxona o‘sha yerdagi sinovlardan o‘tgan. O‘tgandan keyin ishonch bildirilib, bularga ruxsat berilgan. Yoki noto‘g‘rimi? Shuning uchun nafaqat o‘zim, balki mana shu hududdan uch kishi, oltita hududdan uchtadan odam borib ko‘rdik. Menimcha salohiyatli, ishonsa bo‘ladigan klaster ekan. Bugun borganlarning ham barchasiga ma’qul keldi. Kecha borganlarga ham ma’qul kelgan ekan. Aslida unisi ham, bunisi ham biz yetkazgan mahsulotimizga pul to‘laydi”, — deydi Ahmadjon Oxunov.

    “Norin Baxtiyor dalasi” fermer xo‘jaligi rahbari Husanboy Qo‘chqorovning ma’lum qilishicha, yangi klaster bilan shartnoma tuzishni viloyat hokimining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari tavsiya qilgan. Hokim o‘rinbosari yig‘ilishda tahlil o‘tkazib, paxta hosildorligi avvalgi yillarga nisbatan tushib ketganligini, 2021-yilda paxta hosildorligi kamayib, reja 1300 tonnaga bajarilmaganligini bildirgan.

    Husanboy Qo‘chqarov.

    Husanboy Qo‘chqarov.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    “2019-yilda ‘Uztex Uchkurgan’ klasteri bilan shartnoma qilib, shundan beri ishlab kelyapmiz. Endi bu yil 2022-yilda ‘Iftixor kiyim sanoat’ korxonasi klaster bo‘lyapti. Bularning Vazirlar Mahkamasidan qarorlari chiqqan ekan, rahbarlar kelib tushuntirishdi. ‘Iftixor’ga o‘tishni fermerlar uchun o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyat hokimining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari tavsiya qildi. Aytishlaricha, Vazirlar Mahkamasida klasterlar o‘rtasida raqobat bo‘lgani uchun klasterlarning uch yillik faoliyatini ko‘rib chiqishibdi. Shunga ko‘ra Norin tumanini yangi klasterga berishga qaror qilishibdi. Sababi 2019, 2020-yillarga nisbatan 2021-yilda paxta hosildorligi kamaygan ekan. O‘tgan yilda Norin tumani 1300 tonnaga bajarmadi deyishdi. Kattalarning topshirig‘i ekan, Norin tumanini boshqa ‘Iftixor kiyim sanoat’ klasteriga o‘tasizlar, dedi. Xo‘p, deb mana o‘tdik. Shunday bo‘lsa ham yangi klasterning iqtisodiy holati, ishlab chiqarishi va boshqa narsalari bilan tanishib keldik. Iqtisodiy holati yaxshi ekan. Hech qanaqa fermerlar bilan ta’minotda uzilishlar bo‘lmaydi, o‘g‘it, yonilg‘i, ishchilarning oylik maoshlarini vaqtida yetkazib beramiz, deb va’da berishdi”, — deydi Husanboy Qo‘chqorov.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    12.04.2022, 22:40   Izoh (0)   38755
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dehqonobodda ov qurolini 2 mln so‘mga sotishga uringan fuqaro qo‘lga olindi

    12.04.2022, 22:27

    Toshkentda itni o‘ldirib, vannaga osib qo‘ygan erkak 2,5 mln so‘m jarimaga tortildi

    12.04.2022, 22:24

    Toshkentda tramvayni tiklash bo‘yicha texnik iqtisodiy asoslarni o‘rganish komissiyasi tuzilgan

    12.04.2022, 21:57

    O‘zbekistonda yangi tahrirdagi Yo‘l harakati qoidalari tasdiqlandi

    12.04.2022, 21:47

    O‘zbekiston Soliq kodeksiga foyda solig‘idan ozod qilish bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritilmoqda

    12.04.2022, 21:44

    Mart oyida mahalliy avtomobillar oldi-sotdisi bo‘yicha oxirgi 14 oy ichida rekord qayd etildi

    12.04.2022, 21:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Sistit — bu uyat emas!

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda yozning ilk kunida harorat qanday bo‘ladi?

    O‘zbekiston | 31 may, 13:25

    Jeki Chan, Demi Mur va boshqa jahon yulduzlarining asl ismlarini bilasizmi?

    Layfstayl | 31 may, 12:30

    “Xohlaganimni gapiraman” deya ichki ishlar xodimini haqoratlagan ayol uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 31 may, 11:55

    Yaqinlarining qistovi bilan mashhur rollarga rozi bo‘lgan Gollivud aktyorlari

    Kino | 31 may, 11:40

    Qizil kitobga kiritilgan 15 ta ilonni O‘zbekistondan olib ketayotgan fuqaro qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 31 may, 11:20

    Tramp Putin va Zelenskiyni juda qaysar deb atadi

    Dunyo | 31 may, 10:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.