• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Uning harakatlari bizni bezdirgandi, jiyanlarimiz sabab kechirib kelayotgandik. Ammo bunisi oshib tushdi”. Qizlarini xo‘rlagan qoraqalpog‘istonlik ayol haqida

    Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanida ona o‘z farzandlariga zulm o‘tkazib, ularni xo‘rlayotgani tasvirlangan video tarqalgan edi. Keyinroq holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Qoraqalpog‘iston IIV xodimi bilan suhbatda bo‘lgan ona nima sababdan farzandlarini kaltaklab kelganini ma’lum qilgach, “Daryo”ga ayolning qaynukasi aloqaga chiqib, kelinoyisi yolg‘on ma’lumot berganini aytmoqda.

    Foto: Videodan skrinshot

    Foto: Videodan skrinshot

    “Akam u ayol bilan turmush qurishidan avval Xo‘jayli tumanida u haqida turli xil gap-so‘zlar tarqalgandi. Ota-onam qarshi bo‘lishsa-da, akamning oyoq tirab olgani sabab uydagilar uning xonadoniga sovchilikka borishga majbur bo‘lgan. Biroq kelinoyimning ota-onasi sovchilarga rad javobini berib, uni boshqa yigitga turmushga uzatmoqchi ekanini bildirgan. Shunga qaramasdan, u akam bilan qochib ketib, ijara uyda noqonuniy va nikohsiz yashab yurgan. Oradan ko‘p o‘tmay akam Rossiyaga ishlagani ketgan va ikki yilgacha qaytmagan”, — deydi bolalarning amakisi.

    Murojaatchining aytishicha, akasi A.A. ikki yildan so‘ng Rossiyadan ota-onasining uyiga qaytgan va ikki kundan so‘ng yana xotini F.X. bilan yashashda davom etgan.

    Foto: Videodan skrinshot

    Foto: Videodan skrinshot

    “Biz asli to‘rtko‘llikmiz. Akam esa o‘sha ayol ortidan ketib, Xo‘jayli tumanida uy-joy qildi. Lekin ota-onam bir nafar farzandi borligi uchun ularning tinchini buzmadi, turmushiga aralashmadi. Bu orada akam yana Rossiyaga ishlagani ketdi va hammasi shundan boshlandi. Akam Rossiyadan qaytib, birga yashaganida ota-onam ularga to‘sqinlik qilishmagani uchun kelinoyim qo‘llaringdan hech nima kelmadi, deya odam qulog‘i eshitsa, sapchib tushadigan haqoratlar qilishni boshladi. Ovozli xabarlar-u SMS’lar jo‘nata boshladi. Akamning hurmati uchun uning beo‘xo‘shov xatti-harakatlariga e’tibor bermay, ota-onamdan yashirincha jiyanlarimni ko‘rib kelardim. Yana davom etgach, ko‘nglimiz tamoman sovidi”, — deydi ayol haqidagi gapirgan qaynuka.

    Murojaatchi akasining ayoli F.X. tomonidan ularga yuborilgan ovozli xabar va SMS'larni “Daryo”ga ham berdi.

    “Biz kelinoyimning jiyanlarimni xo‘rlagan videosini shu paytgacha ko‘rmagandik. Bu videolarni 2022-yilning 27-mart kuni akam profilaktika inspektorining oldida bizga ham ko‘rsatdi. Va o‘sha paytning o‘zida IIB xodimiga ariza berildi. Men bu videolarni profilaktika inspektoriga ham berish kerakligini aytganimda akam ruxsat bermadi. Shu sabab IIB xodimi ham holatni o‘rganmay, arizani qaytarib bergan. Unga hech qanday chora ko‘rilmagani onamning tinchini buzdi va onam bu holatga chidolmay videolarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishga qaror qildi. Aslida biz bu videolarni ko‘rganimizga endigina 10-15 kun bo‘ldi”, — deydi suhbatdosh.

    “Daryo”ga taqdim qilingan F.X.ning ovozli xabarlari va SMS xabarnomalarida jahl aralash haqoratomuz so‘zlar ishlatgani, voyaga yetmagan qizlarini urib, do‘pposlab yig‘latayotgani eshitiladi. Shuningdek, uning eri A.A.ni sevishi, sevgani uchun ham uning barcha xo‘rliklariga chidab yashab kelayotganini eshitish mumkin.

    Qoraqalpog‘iston IIV xodimi bilan suhbatda bo‘lgan er A.A. farzandlarining xo‘rlanish voqeasi u Rossiyada bo‘lgan paytida sodir bo‘lganini aytgan.

    Foto: Videodan skrinshot

    Foto: Videodan skrinshot

    “Bu voqea men Rossiyada yurgan paytlarda bo‘lgan. Sanasi aniq esimda yo‘q. Menga xotinim qizlarimni haqoratlab, urib, zulm o‘tkazayotgani ko‘ringan videoni jo‘natdi. Ilgari ham oilaviy urush, janjal, mojaro bo‘lib turardi. Lekin bu galgisi o‘tib tushdi. 2016-yildan beri Rossiyaga qatnayman. O‘zim pul jo‘natib turish uchun xotinimni xorijga ishlashga olib ketishni istamagandim. Bolalarga qara, deb yaxshigina pul jo‘natib turganman. Biz qonuniy nikohda emasligimiz uchun xotinim bilan ota-onamiz oralari buzilgan. Videotasvirlarni ko‘rib, qizlarimning ahvoliga achinib, 12-mart kuni Rossiyadan qaytdim. Ayni paytda qizlarim o‘zimda. To‘g‘risi, Rossiyadan qaytishim uchun qizlarimga zulm o‘tkazib, videolarni o‘zi tarqatganidan so‘ng yaqinlarim ham qattiq jahllanib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatishga majbur bo‘lgan.

    Hozir ikki o‘rtadaman. Xotinim kechirim so‘rab, qaytib qilmayman, deb uzrini so‘rab turibdi. Bolalarim yetim qolmasin, deb o‘zim ham harakatdaman. Endi o‘rtada ikki bola bor. Ularning taqdiridan qayg‘udaman. O‘zini tiya olsa, o‘ylab ko‘raman. Mehrli bo‘lsin, urmasin, jabrini o‘zi tortadi. Bolalarimga kelsak, shifokorga ko‘rsatdik, og‘ir jarohat yo‘q, deyishdi. Yaxshi ahvolda”, — dedi A.A.

    Xo‘jayli tumanidagi “Yangi hayot” MFY profilaktika inspektori Davran Jakabayev “Daryo”ga fuqaro F.X. haqiqatan ham qonuniy nikohda bo‘lmagan eri A.A. va uning oila a’zolarini kurakda turmaydigan, qo‘pol va haqoratomuz so‘zlar bilan haqorat qilganini, o‘z farzandlarini xo‘rlab, urgani, biroq shu paytga qadar uning ustidan hech qachon shikoyat kelib tushmaganini ma’lum qildi. Shuningdek, hudud inspektori ayni paytda fuqaro F.X.ning xatti-harakatlari yuzasidan tergov ishlari olib borilayotgani va u vaqtincha ushlab turilgani bois u bilan bog‘lanish imkoni yo‘qligi bildirgan.

    Mavzuga doir: Qashqadaryoda ota 2 yoshli o‘g‘lini urib, komaga tushirdi. U avvalgi ikki turmushidan bo‘lgan farzandlarini ham kaltaklab kelgan

    11.04.2022, 22:03   Izoh (0)   46983
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Minsk–Toshkent reysi bomba haqidagi xabar sabab favqulodda qo‘ndirildi

    11.04.2022, 21:42

    Elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladigan O‘zbekiston IT sohasi vakillari uchun ideal joy — Euronews

    11.04.2022, 21:35

    O‘zbekistonda ikki oylik o‘sishdan keyin avtomobillar sotuvi tushib ketdi

    11.04.2022, 21:23

    Buxoroda jamiyat rahbari 11 kishidan firibgarlik bilan olgan pullarga Spark, Malibu va Captiva sotib olgani aniqlandi

    11.04.2022, 21:11

    Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sishni qanday va qanchaga sekinlashtiradi? Jahon banki tahlili

    11.04.2022, 20:58

    Buxoro shahrida 49 yoshli erkak Koreya fuqarosining yuk mashinasini olib qochdi

    11.04.2022, 20:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.