Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

“Real” hujumchisi Karim Benzema La Liga 30-turi doirasida “Selta”ga qarshi kechgan bahsda (2:1) dublga erishdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Fransiyalik futbolchi ikkita penaltini aniq amalga oshirgan holda jamoasiga g‘alaba olib keldi. Hujumchi yana bir 11 metrlik zarbasini ijro etishda xatoga yo‘l qo‘ydi.

“Real” La Liga tarixida bunga qadar uch marta bir o‘yinda uchta penaltiga ega bo‘lgandi. Bu Madrid jamoasi uchun joriy mavsumdagi 10-penalti bo‘ldi, “Real” bu borada boshqa jamoalarni ortda qoldirmoqda.

Benzema “Real” safida joriy mavsumdagi 34-golini urdi.

Karim “Real” safida bir mavsumdagi gollari soni bo‘yicha shaxsiy rekordini yangiladi. Bunga qadar 34 yoshli futbolchining eng yaxshi natijasi 2011/12-yilgi mavsumda qayd etilgandi (32 ta gol).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi