Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 30-turidan o‘rin olgan qator uchrashuvlar 2-aprel, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Real” safarda “Selta” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning 19-daqiqasida Karim Benzema penaltidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. 52-daqiqada Nolito muvozanatni tikladi. 69-daqiqada Benzema yana bir bor penaltidan gol urib, “Real”ni oldinga olib chiqdi.

Madridliklar ochkolari sonini 69 taga yetkazib, musobaqa peshqadamligini davom ettirmoqda, “Selta” 36 ochko bilan 11-pog‘onadan joy olgan.

La Liga

30-tur bahslari

2-aprel, shanba

“Selta” — “Real” 1:2

Gollar: 0:1 – 19 Benzema (penalti), 1:1 – 52 Nolito, 1:2 – 69 Benzema (penalti).

“Selta”: Dituro, Vaskes, Murilyo, Aydu, Galan, Denis Suares, Mendes (Pineda, 81), Beltran (Tapiya, 72), Nolito (Santi Mina, 72), Aspas, Galyardo (Servi, 60).

“Real Madrid”: Kurtua, Alaba, Militao (Nacho, 85), Mendi, Modrich (Valverde, 74), Kroos (Sebalyos, 85), Kazemiro, Vaskes (Karvaxal, 61), Benzema, Asensio (Rodrigo, 61), Vinisius Junior.

Ogohlantirishlar: Galan (36), Galyardo (40), Murilyo (57).

“Xetafe” — “Malyorka” 1:0

Gol: 1:0 — 82 Borxa Mayoral

“Levante” — “Vilyarreal” 2:0

Gollar: 1:0 — 69 Morales, 2:0 — 90+1 Morales.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda sentabr oyida eng qimmat va eng arzon palov qayerda tayyorlangani ma’lum qilindi
Sport
Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 7 ta gol urilgan o‘yinda Bahraynni tor-mor etdi
Dunyo
Alla Pugachyova qasrini 1 milliard rublga sotuvga qo‘ydi