• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Buchadagi qirg‘in. Zelenskiy rossiyalik harbiylarning onalariga murojaat qildi. Rossiya bu safar ham Ukrainaning ayblovlarini provokatsiya deb atamoqda (foto)

    Rossiya qo‘shinlari Kiyev viloyatini tark etdi. Ular qoldirgan manzara — kuli ko‘kka sovurilgan shahar-qishloqlar va yo‘llarda sochilib yotgan o‘nlab tinch aholining jasadlarini butun dunyo ko‘rdi (jabrlanganlarning aniq soni hali noma’lum). Buchada ayrim jasadlar qo‘llari bog‘langan holda topilgan. Shahar meri Bucha “murdalar bilan qoplangan”ini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, odamlarga boshining orqa qismidan o‘q uzishgan. Motijin qishlog‘ida yetakchi Olga Suxenko va yaqinlarining jasadlari ommaviy qabrdan topildi. Kiyev viloyatidagi avtotrassalardan birining chetida fotomuxbirlar yalang‘och ayollar jasadini ko‘rdi; ularning yarim tanasi kuyib ketgandi. Urushning eng dahshatli manzaralarini aks ettiruvchi suratlar Ukraina rasmiylari, shuningdek, Reuters va AFP agentliklari tomonidan nashr etilgan.

    Foto: AP Photo

    Kiyevdan 20 kilometr uzoqlikdagi trassada qurbonlarning jasadlari

    Kiyevdan 20 kilometr uzoqlikdagi trassada qurbonlarning jasadlari
    Foto: Reuters

    Bucha

    Foto: AFP

    Foto: AP Photo

    “Dunyo dahshatga tushishi kerak”

    Ukraina prezident devoni rahbarining maslahatchisi Aleksey Arestovich o‘zining videomurojaatida Kiyev viloyatidagi shaharlar – Bucha, Irpen va Gostomelda sodir bo‘lgan voqealardan dunyo dahshatga tushishi kerakligini aytdi. U ushbu shaharlardagi manzaralarni qo‘rqinchli filmlardagi kadrlarga qiyosladi hamda Rossiya qo‘shinlarini urush jinoyatlarida, jumladan, talonchilik, zo‘rlash va tinch aholini o‘ldirishda aybladi.

    Arestovichning so‘zlariga ko‘ra, aksariyat qurbonlarning qo‘llari bog‘langan, badanlarida qiynoq izlari bor, ko‘pchiligining boshiga orqadan o‘q uzilgan.

    “Dunyo Bucha, Irpen va Gostomelda sodir bo‘lgan voqealardan dahshatga tushishi kerak. Afsuski, Ukrainaning boshqa shaharlarida ham ahvol bundan yaxshiroq emas. Ammo Ukraina Qurolli kuchlari, Ukrainaning boshqa mudofaa kuchlari va maxsus xizmatlari jinoyatchilarni topish va jazolash uchun hamma narsani qiladi”, — dedi Arestovich va “hech qanday jinoyat jazosiz qolmasligini” qo‘shimcha qildi.

    Foto: AFP

    Foto: AFP

    Bucha aholisi Ukraina nazoratidagi hududga yetib borish uchun Buchanka daryosidan o‘tishga harakat qilgan. Ammo Rossiya kuchlari ularni o‘ldirgan

    Bucha aholisi Ukraina nazoratidagi hududga yetib borish uchun Buchanka daryosidan o‘tishga harakat qilgan. Ammo Rossiya kuchlari ularni o‘ldirgan
    Foto: Sopa Images

    “Qotillar, talonchilar, jallodlar”. Zelenskiy ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga Buchadan olingan suratlarni joylashtirdi.

    Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy suratlar ostida quyidagi so‘zlarni qoldirgan: “Rossiyalik harbiylarning onalariga buni ko‘rishni maslahat beraman. Qanday haromilarni tarbiyalaganingizni ko‘ring. Qotillar, talonchilar, jallodlar”.

    Ukraina bosh prokurori Irina Venediktovaning ma’lum qilishicha, Rossiya harbiylaridan ozod qilingan Kiyev viloyati hududlarida 410 nafar tinch aholining jasadlari yig‘ib olingan. Uning so‘zlariga ko‘ra, sud-tibbiyot ekspertlari hozirgacha 140 qurbonning jasadini ko‘zdan kechirdi.

    Dmitrovka

    Foto: Reuters

    Foto: AP Photo

    Xususiy uyning bog‘idagi kiyik. Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, jonivor Dmitrovkaning rus qo‘shinlari tomonidan o‘qqa tutilishi vaqtida yaralangan.

    Xususiy uyning bog‘idagi kiyik. Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, jonivor Dmitrovkaning rus qo‘shinlari tomonidan o‘qqa tutilishi vaqtida yaralangan.
    Foto: Reuters

    Yasnogorodka

    Foto: AFP

    Ko‘ngillilar ponini evakuatsiya qilmoqda

    Ko‘ngillilar ponini evakuatsiya qilmoqda
    Foto: AP Photo

    Motijin

    Motijindagi tinch aholining ommaviy qabri. Ba’zilarning qo‘llari bog‘langan

    Motijindagi tinch aholining ommaviy qabri. Ba’zilarning qo‘llari bog‘langan
    Foto: UNIAN

    Rossiya Kiyev viloyatidan olingan kadrlarni feyk deb atamoqda

    Rossiya Mudofaa vazirligining rasmiy Telegram kanalida “Feykka qarshi urush” kanalidan repost paydo bo‘ldi, unda rus qo‘shinlari olib ketilganidan keyin Bucha shahridan o‘nlab jasadlar topilgani haqidagi xabarlar “rejalashtirilgan media kampaniyasi” deb atalmoqda.

    “Bucha haqidagi xabarlar bir vaqtning o‘zida bir nechta xorijiy nashrlarda paydo bo‘ldi — bu rejalashtirilgan media kampaniyasiga o‘xshaydi. 30-mart kuni qo‘shinlar shaharni tark etganini hisobga olsak, bu kadrlar 4 kun davomida qayerda edi? Ularning bo‘lmagani faqat soxtalikni tasdiqlaydi”, — deyiladi xabarda.

    “Feykka qarshi urush” mualliflari ham Buchadan olingan video va fotosuratlarni sahnalashtirilgan deb hisoblamoqda.

    Bundan tashqari, Telegram kanali ommaviy qabrni Ukraina Qurolli kuchlari yasagan deb da’vo qilmoqda. Qaysi qabr haqida gap ketayotgani aniq aytilmagan. Avvalroq Bucha meri Anatoliy Fedoruk qurbonlar haqidagi xabarlarga izoh berar ekan, Ukraina armiyasi shahar ustidan nazoratni qayta tiklaganidan so‘ng, rus qo‘shinlari qoldirgan “280 kishining jasadi ommaviy qabrlarga dafn etilgani”ni aytgandi.

    Irpen

    Foto: Reuters

    Ukraina harbiylari Irpenda patrullik qilmoqda.

    Ukraina harbiylari Irpenda patrullik qilmoqda.
    Foto: EPA

    Foto: EPA

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Keyinroq “Zvezda” telekanali Rossiya Mudofaa vazirligining bayonotini e’lon qildi. Vazirlik Bucha shahrida tinch aholi vakillarining jasadlari aks etgan fotosuratlar va videolarni “navbatdagi provokatsiya” va “G‘arb ommaviy axborot vositalari uchun Kiyev rejimining navbatdagi sahnasi” deb atagan.

    “Bucha posyolkasi Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari nazorati ostida bo‘lgan davrda birorta ham mahalliy aholi zo‘ravonlik harakatlaridan jabr ko‘rmagan”, — deyiladi bayonotda.

    Ilgari Mariupolda bolalar shifoxonasi va tinch aholi yashiringan drama teatri Rossiya kuchlari tomonidan bombardimon qilingani haqidagi xabarlarga ham Rossiya rasmiylari shunday munosabat bildirgandi.

    Mavzuga doir: Rossiya armiyasi Kiyev viloyatidan chiqib ketdi, ko‘chalarda esa o‘nlab tinch aholining jasadlari qoldi. Urushning 38-kunidan fotoreportaj

    03.04.2022, 22:52   Izoh (0)   82485
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Fil ajdarga qarshi. Hindiston—Xitoy munosabatlari: hududiy da’volar, qonli to‘qnashuvlar, iqtisodiy aloqalar va tuganmas bahs

    03.04.2022, 20:08

    Rossiya armiyasi Kiyev viloyatidan chiqib ketdi, ko‘chalarda esa o‘nlab tinch aholining jasadlari qoldi. Urushning 38-kunidan fotoreportaj

    03.04.2022, 15:51

    Tramp AQSHdagi “nosog‘lom va radikal” siyosatchilarni mamlakat uchun eng katta xavf deb atadi

    03.04.2022, 14:53

    Qozog‘istonda To‘qayevga suiqasd uyushtirishni rejalashtirgan xorijiy razvedka agenti qo‘lga olindi

    03.04.2022, 13:52

    Kiyev viloyatida Rossiya qo‘shinlari qolmadi — Ukraina Mudofaa vazirligi

    03.04.2022, 11:50

    Litva Yevropa Ittifoqida birinchi bo‘lib Rossiya gazidan to‘liq voz kechdi

    03.04.2022, 10:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.