Toshkent shahrida 2-aprel kuni 19-motomavsum ochilishi munosabati bilan o‘tkaziladigan motosayyohlarning tantanali yurishi paytida bir necha ko‘chalarda harakat cheklanadi. Bu haqda shahar hokimligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, poytaxtdagi quyidagi ko‘chalar soat 12:00 dan 13:00 gacha yopiladi:
- “Novza” metrosidan Bunyodkor shohko‘chasi bo‘ylab Bunyodkor va Alisher Navoiy shohko‘chalari kesishmasigacha;
- Alisher Navoiy va Bunyodkor shohko‘chalari kesishmasidan Alisher Navoiy shohko‘chasi bo‘ylab Sharof Rashidov ko‘chasigacha;
- Alisher Navoiy shohko‘chasi va Sharof Rashidov ko‘chasi kesishmasidan shu ko‘cha bo‘ylab Afrosiyob ko‘chasigacha;
- Afrosiyob ko‘chasidan shu ko‘cha bo‘ylab “Bunyodkor” metro bekatigacha.
Avvalroq Toshkent shahrida Ramazon oyi kechalaridagi tarovih namozi munosabati bilan har kuni 18:00 dan 00:00 ga qadar masjidlar yaqinidagi yo‘llar transport vositalari harakati uchun berkitilishi xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, 2-aprel kuni Toshkentning Olmazor tumanida “Ajdodlar matonati va jasorati — avlodlar uchun namunadir!” shiori ostida 5,3 ming metrga ommaviy yugurish marafoni o‘tkaziladi. Marafon paytida Olmazor tumanidagi bir necha ko‘chalar vaqtincha yopiladi.
Izoh (0)