Davlat statistika qo‘mitasi 30-mart kungi hududiy markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, o‘rganilgan vaqt davomida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagicha:
- suyakli mol go‘shti (1 kilogramm) — 45 000-70 000 so‘m;
- qo‘y go‘shti (1 kilogramm) — 55 000-80 000 so‘m;
- kartoshka (1 kilogramm) — 2 500-8 000 so‘m;
- piyoz (1 kilogramm) — 2 000-5000 so‘m;
- sabzi (1 kilogramm) — 1 500-5 000 so‘m;
- tuxum (10 dona) — 6 000-15 000 so‘m;
- guruch (1 kilogramm) — 5 000-20 000 so‘m;
- o‘simlik yog‘i (1 litr) — 14 000-25 000 so‘m;
- shakar (1 kilogramm) — 8 500-14 000 so‘m.
Izoh (0)