Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Qozog‘istonda karantin cheklovlari joriy etilgani sabab Nukus—Beyneu va Toshkent—Olmaota yo‘nalishidagi xalqaro yo‘lovchi poyezdlari qatnovini boshlash sanasini keyingi muddatga ko‘chirildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabar qildi.

Qayd etilishicha, qaror Qozog‘iston hududida koronavirus infeksiyasi paydo bo‘lishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha Idoralararo komissiya yig‘ilishi bayonnomasi bilan tasdiqlangan.

Yo‘l hujjatlarini (chiptalarini) sotib olgan va foydalanilmay qolgan chiptalarning puli temiryo‘l kassalarida to‘liq qiymatda qaytariladi. Yoki keyingi sanalarga qayta rasmiylashtirib beriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ilk bor koronavirus aniqlangan 2020-yil 16-martdan boshlab temiryo‘l transporti qatnovlari to‘xtatilgan edi. 2020-yilning 15-avgustidan mahalliy avia va temiryo‘l qatnovlari bosqichma-bosqich tiklangan. Ikki yillik cheklovlardan so‘ng, qator davlatlar tomonidan poyezd yo‘lovchilari uchun davlat chegaralarini bosqichma-bosqich ochish borasida sa’y-harakatlar boshlangan. Birinchi xalqaro yo‘lovchi poyezdi 1-aprel kunidan boshlab Nukus—Beyneu—Nukus yo‘nalishi bo‘yicha qatnay boshlashi xabar qilingandi. Shuningdek, 2-maydan boshlab haftada uch marotaba Olmaota-2—Toshkent—Olmaota-2 yo‘nalishida 1/2-sonli poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilishi ham rejalashtirilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Lenin bilan uchrashgan Gerbert Uells, arab davlatlari va Isroil o‘rtasidagi “Oxirzamon urushi” va rus generalining harbiy gospitaldan quvilishi. Kun xronologiyasid...
Dunyo
Ramzan Qodirovga general-polkovnik unvoni berildi
Mahalliy
O‘zbekistonda 8 ta yangi yo‘nalishda temiryo‘l qatnovlari tashkil etilib, 34 ta zamonaviy elektropoyezd xarid qilinadi