BMT tinchlikparvarlar missiyasining sakkiz nafar a’zosi Kongo Demokratik Respublikasida Pokiston vertolyotining qulashi oqibatida halok bo‘ldi, deb xabar beradi Deutsche Welle.
Kongo Demokratik Respublikasi Qurolli kuchlarining ma’lum qilishicha, vertolyot mamlakat sharqidagi isyonchilar tomonidan urib tushirilgan. Shimoliy Kivu viloyatining harbiy gubernatori Silvena Ekengening so‘zlariga ta’kidlashicha, vertolyot “M23” isyonchilar guruhi tomonidan nazorat qilinuvchi hududga qulagan.
BMT tinchlikparvar missiyasi MONUSCO vertolyot ekipaji Tsansyu uzra, janubi-sharqiy Rutshurudan Shimoliy Kivi viloyatiga razvedka parvozini amalga oshirayotgan bo‘lganini ma’lum qildi.
“Sakkiz kishi halok bo‘ldi — ekipajning olti a’zosi pokistonlik, ikki nafari Rossiya va Serbiya harbiy xizmatchilari edi”, — deyiladi xabarda.
Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatdagi vaziyat qurolli guruhlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar sabab tobora yomonlashmoqda, bu esa tinch aholi orasida qurbonlarning ortishiga olib kelyapti.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, yangi to‘qnashuvlar oqibatida 6 mingga yaqin Kongo Demokratik Respublikasi fuqarosi qo‘shni Ugandaga qochib o‘tgan. Qizil Xochning Ugandadagi vakili Iren Nakasitaning ma’lum qilishicha, qochoqlar Bunaganedagi lagerda to‘plangan va ularning soni yana ortishi kutilmoqda. Ugandada Janubiy Sudan va Kongodan qochib o‘tgan 1,5 millionga yaqin fuqaro bor.
Izoh (0)