• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “‘Vremya’ boshlansa, ko‘p hamkasblarim ovozini o‘chirib qo‘yishadi” — to‘g‘ridan to‘g‘ri efir payti urushga qarshiligini bildirgan Marina Ovsyannikova bu ishiga qanday tayyorlangandi?

    Shu yilning 14-mart kuni Rossiyaning “Birinchi kanal” muharriri Marina Ovsyannikova “Vremya” dasturining kechki efir payti Ukraina hududida ketayotgan harbiy harakatlarga qarshi yozilgan so‘zlar va rossiyaliklarning quloq-ko‘zini teleekranlardagi aldov bilan to‘ldirishayotgani haqidagi plakatini ko‘tarib chiqib, butun dunyoga mashhur bo‘lgandi.

    Boshlovchi ortida kutilmaganda ingliz va rus tillarida “Urushga yo‘q deymiz. Urushni to‘xtating. Propagandaga ishonmang. Bu yerda sizni aldashmoqda. Rossiyaliklar urushga qarshi” deb yozilgan plakat ko‘targan muharrir dasturning keyingi qismiga o‘tilgungacha “Urushni to‘xtating! Urushga yo‘q!” degan so‘zlarni bir necha bor takrorlashga ulgurib qoladi.

    Kreml ushbu harakatga “bezorilik” deb ta’rif bergach, 15-mart kuni Moskva Ostankino sudi Ovsyannikovani Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bo‘yicha aybli deb topib, unga 30 ming rubl jarima belgilaydi, ishidan ham bo‘shatiladi.

    Marina Ovsyannikova Ostankino sudida tayinlangan jazo yig‘ilishidan keyin jurnalistlar oldida. 2022-yil 15-mart

    Marina Ovsyannikova Ostankino sudida tayinlangan jazo yig‘ilishidan keyin jurnalistlar oldida. 2022-yil 15-mart
    Foto: “TASS” / Mixail Japaridze

    “Novaya gazeta”ning maxsus muxbiri Ilya Azarga bergan intervyusida Marina o‘z norozilik namoyishiga qanday tayyorlangani haqida batafsil so‘zlab, nega avvalroq “Birinchi kanal”dan ishdan bo‘shamagani, jinoyat qilganlikda ayblov tahdidi bo‘lsa-da, nima uchun Rossiyadan ketmoqchi emasligiga izoh beradi. “Daryo” ushbu intervyuni o‘zbek tiliga o‘girdi.

    — Sizni ayni kunlarda Janna d’Ark va GKCHP a’zolaridan “davlat to‘ntarishini amalga oshirganingizni tushunyapsizmi?”, deb tikkasiga so‘ragan jurnalist Tatyana Malkina bilan taqqoslashyapti. O‘zingizni qahramon deb hisoblamaysizmi?

    — Ha, yo‘g‘-a. O‘zimni hecham qahramon deb bilmayman. Yo‘q, albatta, bu mardlarcha qilingan xatti-harakat, lekin hozir o‘zimni ko‘proq behad toliqqan va baridan charchagan odam deb bilaman. O‘g‘lim aytganidek, men – oilamiz hayotini buzgan ayolman. Ammo unga inson hayoti bundan-da yaxshiroq bo‘lishi uchun ba’zan o‘ylamay ish qilib qo‘yishi mumkin, deb javob berdim.

    — Ehtimol, Facebook’dagi sahifangizda maqtov-alqov yog‘dirilgan minglab izohlarni ko‘rgandirsiz?

    — Hali hech nimani ko‘rishga ulgurmadim. Endigina kompyuter qarshisiga o‘tirib, nihoyat ijtimoiy tarmoqlarda nima bo‘layotganini o‘qiyapman. Bungacha hamma vaqt advokatim bilan tinmay ishladik: ishonchnoma, rasmiy iltimosnoma, so‘rovlar, “Birinchi kanal” bilan huquqiy masalalar muhokamasi bo‘ldi, qo‘shimchasiga kunora xorij nashrlariga 5-8 tagacha intervyu berdim, shaxsiy hayotimniyam tartibga solishga urindim.

    — Ushbu norozilik aksiyasini qay tariqa o‘yladingiz? Anchadan beri shu niyatda yurganmidingiz yoki shunchaki qog‘ozni qo‘lga olib, amalga oshirib qo‘yaqoldingizmi?

    — Norozilik tuyg‘usi ichimda ancha oldin – (urush) boshlangan paytiyoq paydo bo‘lgandi. Shu qadar karaxt ahvolga tushdimki, bir necha kun na yeb-ichishim, na uyqumda halovat bo‘ldi. Dam olish haftam edi. Ertasi kuni ishga chiqqanimda “Birinchi kanal”da dahshatli muhit hukmron edi: yangiliklar (targ‘ibot-tashviqotga to‘lasi) tinimsiz berilar, ko‘z oldimda esa g‘arb agentliklarining (butunlay bo‘lak) manzarasi namoyon bo‘lardi. Chunki hozir, aniqrog‘i, avval xalqaro muharrir sifatida ishlardim.

    “Birinchi kanal” albatta ularni ko‘rsatmadi, lekin men ularni hafta bo‘yi kuzatib bordim. Ish haftasi yakunlangach, ortiq “Birinchi kanal”ga qaytib kelolmasligimni tushundim, shu bois ketish haqida arizamni yozaman dedim. O‘sha paytlari plakatimni ko‘tarvolib, norozilik namoyishiga yugurish uchun bir qancha turtkilar bor edi, ammo kimki ko‘chaga chiqsa, tezda avtozakka uloqtirilib, politsiya bo‘linmasiga olib ketilayotganini ko‘rardim. Shunda bir reja xayolimga keldiki, yanayam samaraliroq norozilik ko‘rsatishim mumkin ekan.

    Foto: Instagram / ovsiannikova62167

    — Keyin nima bo‘ldi?

    — Uyda plakatimni tayyorladim – yaqin oradagi kanselariya mollar do‘koniga borib, vatman va flomasterlar sotib oldim. Namoyishlar arafasida, yakshanba kuni suratlarni chizib, murojaatimni yozdim. Dushanba kuni esa ishga bordim. Plakat qanchadir vaqt mashinamda yotdi, keyin uni kurtkamning yengiga soldim. Hech kim yengimda nima borligini payqamadiyam.

    Kurtkamni qo‘limda ushlab, yangiliklar xonasiga kirdim, yengimdagi plakatni tezda olib, to‘ppa-to‘g‘ri studiyaga yo‘l oldim. Soqchi menga umuman e’tibor bermadi, negaki “Vremya” dasturi paydo bo‘lganidan beri 50 yil nari-berisida bunday hodisa kuzatilmagandi-da.

    — Murojaat bitilgan, kamiga eng pastiga ayni kunlarda o‘ta jasoratli so‘z hisoblangan jumlalar yozilgan plakat bilan efirga chiqishdan qo‘rqmadingizmi?

    — Qo‘rqinchli. Hozir ko‘proq qo‘rqinchli. Lekin o‘sha daqiqalarda juda kuchli hissiyotga berilib, portlay deb yurgandim. Haqiqatda sodir bo‘layotgan voqealarning nomuvofiqligi shunchalik kuchli ediki, “Birinchi kanal” orqali ko‘rsatib, (urushni) to‘xtatishni astoydil xohlardim.

    So‘nggi daqiqalargacha jamiki oqibatini hisobga olmadim, bu haqda umuman o‘ylamadim. Ammo qarorimni shu dushanba, shu seshanba amalga oshirmasam, bo‘shash uchun arizamni yozardim-ketardim.

    — Armiyaga nisbatan soxta axborot tarqatishga ma’muriy va jinoiy javobgarlik moddalari kuchga kirganidan bexabarmidingiz? Yoki bu menga ta’sir qilmaydi deb o‘yladingizmi?

    — Yo‘q, agar bu harakatimni balandroq ovozda qilsam, oxirida nimalar boshimga tushishini ham o‘yladim va bilardim ham. Buni shunchaki qilolmasligimga 90 foiz ishonchim komil edi. Yo tizzalarim qaltiraydi, yoki studiyaga otilib kirolmaysan, yo bo‘lmasam, rejissor tezda kamerani buraydi-da, meni hech kim ko‘rmay ham qoladi, degan gumonlarim ko‘p edi.

    — Endi, adashmasam, studiyada bitta qo‘riqchi o‘rniga butun boshli OMON hozir-u nozirdir?

    — Menimcha, ha. Qo‘riqlash kuchaytirilgan.

    — Nega plakatdagi matningizda inglizcha jumlalar ham yozilgandi? Bu xorijiy auditoriya manfaatiga xizmat qilishda ayblab qo‘ymaydimi sizni?

    — Hammasi oldindan o‘ylangandi! Inglizcha murojaat g‘arb jamoatchiligi uchun edi. Shu orqali rossiyaliklar (urushga) qarshi ekanini ko‘rsatishni maqsad qilgandim. Ruscha matn esa rus xalqiga atalib, ruslarni propagandaga hadeb quloq solmaslikka chaqirish edi.

    Foto: Instagram / ovsiannikova62167

    — Ammo bizning hukmron doira hammasi G‘arb ta’siriga tushishning oqibati degan qarashni qo‘llashni juda yaxshi ko‘radi. Xalq ham shunga moyil.

    — Mendan eng avval qaysi maxsus xizmatga aloqadorligimni so‘rashdi. Huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar bergan ilk savol shu bo‘lib, hech kim oxirigacha qandaydir maxsus xizmatga aloqador emasligim, na MI-6, na FBRga, na “Mossad”ga aloqasi yo‘q, “Birinchi kanal”ning oddiy, el qatori xodimasi ekanimga ishonmadi.

    — Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning siyosiy boshpana bermoqchiligi haqidagi taklifini rad etganingizni o‘qib qoldim. Unda siz vatanparvar ekaningiz va hech qayerga ketmoqchi emasligingizni aytgansiz.

    — Ha, hammasi to‘g‘ri.

    Mavzuga doir: Makron “Birinchi kanal” muharriri Marina Ovsyannikovaga siyosiy boshpana berishga tayyorligini bildirdi

    — Bu qaroringizni nimadir o‘zgartirolmaydimi?

    — (andak jimlikdan keyin) Ayni vaqtda bolalarimning xavfsizligidan behad xavotirlanayotganim rost. Ular ketib, men shu yerda qoladigan choram bo‘lsa, bari kutganimdan-da ziyoda bo‘lardi. Afsuski, bu hatto muhokamayam qilinmaydi. Chunki bolalarimning otasi shu yerda, u aslo vatanini tashlab ketishni xohlamaydi.

    — Nima uchun?

    — U sobiq turmush o‘rtog‘im. Ayni kunlarda ikkimizning hayotimiz mutlaqo boshqa-boshqa. U Margarita Simonyan bilan ishlaydi. RT kanalining ispan muharririyatida rejissorlik qismini boshqaradi. Bu uning tanlovi.

    Umuman olganda, men ham Rossiyaga sodiqman va hech qachon ketishni o‘ylamaganman. Yana o‘n yil umrimni begona yurtda sarflashga tayyor emasman, professional o‘sishimga imkoniyat ham ko‘rmayman. Oilam, do‘stlarim shu yerda.

    — Ko‘pchilik aynan bolalarini deb bunday norozilik namoyishiga qo‘l urmaydi. Ota-onalik huquqidan mahrum etishlaridan qo‘rqmadingizmi?

    — Meni bu huquqdan mahrum qiladilar deb o‘ylamayman. Bolalarimga nisbatan hech qanday beandisha, nojo‘ya ish tutmadim. Farzandlarim juda baodob, aqlli va yaxshi ta’lim ko‘rishgan. O‘qishda a’lochi, sport bilan shug‘ullanishadi va hamma ishlari joyida.

    — Bahsga hojat yo‘q-ku, lekin hukumat bu masalada ko‘pincha o‘zinikini ma’qullashi ham mumkin...

    — Bu ularning fikri.

    — Ehtimol, eshitgandirsiz, Davlat Dumasi spikeri Volodin sizning bu xatti-harakatingizni “qabihlik” deb atadi va: “Telekanaldagi bu amaldorimiz bolalarimiz, mamlakatimiz haqida zarra tashvishlanmaydi”, dedi. Bunga nima degan bo‘lardingiz?

    — Bolalarimiz borasidagi tashvishlarim haddan tashqari ulkan. Hozir o‘g‘lim ayni xizmatga chaqiriladigan yoshda. Nimalar bo‘lishini o‘ylasam, dahshatga tushaman. Jigargo‘shasini begona yurtlarga yuborayotgan bechora onalar-chi! Sodir bo‘layotgan voqealarning hech birini haliga dovur aqlimga sig‘dirolmayman. O‘sha yigitchalarga achinaman. Qaysi milliy g‘oyani deb begona el zaminida urishmoqdalar? Nima uchun?

    — Sizni olib ketishgach, anchagacha daragingizni topolmadik – to‘g‘rirog‘i, ertasi kundagi sud majlisigacha. Shuncha vaqt ichi faqat so‘roq-savolda bo‘ldingizmi?

    — Ha, sudga borgungacha xuddi shunday bo‘ldi. Butun tun va ertasi kuni ham so‘roqdan to‘xtamadilar.

    — Shu vaqt ichi nimani so‘rashdi? Hammasi ochiq-oydin-ku.

    — Ular oxirgi daqiqagacha sheriklarim yo‘qligiga, g‘arb maxsus xizmatlariga ishlamasligim, hamkasblarim bilan ortiqcha nizo-kelishmovchiligim yo‘qligi, Ukrainadagi qarindoshlarim menga qandaydir xabar yozmaganiga ishonisholmadi. Rosti, ular voqea shunchaki fuqarolik pozitsiyasi ekaniga ishonqiramay, allaqanday konspirologik g‘oyalarni tiqishtiraverishdi.

    — Ya’ni shuncha vaqt tinmay faqat bir xil gapni aylantiraverishdimi?

    — Avvaliga ota-bobomdan boshlashdi, keyin bor tariximni titkilashdi: o‘tgan umr yillarim, nima bilan shug‘ullanganim, kimlar bilan do‘stlashganim, qayerda bo‘lganim, bu masalaga va boshqalariga qarashim haqida. Shu zayl davom etaverdi.

    — 51-moddaga suyanmadingizmi?

    — Nima, yangi moddalardanmi?

    — Bunday ishlarda sal-pal tajribangiz borligi aniq-ku.

    — Bunaqa ishlarda hech qanday tajribam yo‘q, aslida. Hammasi bilan hozir yuristim shug‘ullanyapti.

    — Bu Konstitutsiyadagi modda. Tergovchining savollariga javob berishni rad etishga huquq beradi.

    — Ha-ha, to‘g‘ri, unutibman. Chunki o‘lgudek charchadim. 51-moddani “OVD-info”da mahbuslar uchun berilgan eslatmada o‘qigandim. Tergovchiga menga advokat kerakligini, 51-modda bo‘yicha o‘zimga o‘zim biror qarshi dalil keltirib qo‘yishim mumkinligini aytgandim ham.

    Ular esa har safar: “Ha, ha, hozir advokat keladi”, deyishaverdi. Qanday advokat deb so‘rasam, davlatniki deb javob berishdi.

    “Davlatniki kerak emas. Menimcha, Moskvadagi hamma advokat hozir men bilan ishlash niyatida. Telefon bering menga”, dedim. Lekin na advokat, na do‘stlarim va yaqinlarimga qo‘ng‘iroq qilishga ruxsat berildi. Ular: “Bu so‘roq-savol emas, shunchaki do‘stona suhbat, keling, qahva bilan quymoq yeb-ichib, do‘stona gaplashvolamiz”, deyishdi.

    — Shunda hamma savollarga javob berdingizmi?

    — Ha, hech narsani yashirmadim. Lekin so‘roq-savolga o‘tgan gap-so‘zlarning bari jahlimni chiqarib, yigirma martalab, ketma-ket advokat chaqirishlarini so‘rayverdim.

    Foto: Instagram / ovsiannikova62167

    — Sizni balki jinoyat ishi qilganlikda qo‘rqitishgandir yoki bu haqda gap bormadimi?

    — Tahdid qilishdi. So‘roqning asosiy savollari shu atrofida kechdi, mening munosabatimni zimdan kuzatib, gap-so‘zlarini tinmay o‘zgartirib turaverishdi: “Xo‘sh, ma’muriy deysizmi? Yo‘q, yo‘q, bu jinoiy, ochiq-oydin jinoiy ish! Nima, jinoiy emasmi?” men esa ularga yurist emasligim va yuridik nozikliklarni tushunmasligimni, shuning uchun advokat berishlari kerakligini aytaverdim. Lekin hammasi hazilga yo‘yilib, yana qaytadan boshlanaverdi.

    — Xullas, sizning ishingiz jinoiy ish sifatida tus oldimi yoki yo‘q? Tergov qo‘mitasi tergovdan oldingi tekshirish ketayotganini ma’lum qilgandi.

    — Tushunarsiz holat. Uch kun o‘tdi, kutyapmiz, hozircha hammayoq tinch. Bundan keyin nimalar bo‘lishi – noma’lum.

    — Ha, bu siz uchun ketishga ishora emasmikan?

    — (picha o‘ylab) Yolg‘iz ketolmayman. O‘zimdan ko‘ra bolalarimdan ko‘proq xavotirdaman. Ularning xorijga chiqish pasporti muddati tugasa, yana yangisini tayyorlash kerak – bu kamida ikki oy vaqtni oladi. Aytishlaricha, hozir qandaydir ajiotaj ketyapti. Bunga qanday dosh berishniyam bilmaysan.

    — Sizning ishdagi vazifangiz – xorijiy siyosatchi va tadbirkorlar nutqini to‘g‘ridan to‘g‘ri rus tiliga tarjima qilish. Bu ishingiz hech senzuraga uchraganmi? Nutqdan parchalar haqiqiysiga to‘g‘ri kelmasa, TVda sal-pal kelishmovchiliklar bo‘lib turarmidi?

    — Shunday holatlar bo‘lgan, lekin shaxsan men bilan emas. Bir gal (Oq uy matbuot kotibi) Psakining gapini sal xato o‘girdim, lekin yomon niyatda emas – shunchaki uning nima deganini yaxshiroq eshitolmagandim. Lekin ayrim hamkasblarim o‘zlari nimadir to‘qib, siyosatchilar nutqini xohlaganlaricha talqin etadilar.

    Ammo bu ikkinchi tugmadagi “Yangiliklar”da ko‘proq yuz beradi, “Vremya” dasturi – boshqa masala. Bunda nimalar deyilganini nuqta-verguligacha tekshiramiz.

    Umuman olganda, bunday nomuvofiqlik ko‘pincha (rus) axborot agentliklarining siyosatchilarning og‘zaki nutqini qog‘ozga ko‘chirish uchun jo‘natganda kelib chiqadi. Ba’zan bu keskin eshitiladi, sendan sinxron yo‘lini topishingni so‘rashadi, sen esa nutqni eshitib, nima deganini tushunasan-u, biroq boshqa tarafdan fikr o‘zgarib ketaveradi. Men doim siyosatchilarning har bir so‘zini aniq ifodalashga harakat qilaman, qaysi jumlani tanlab, efirga berishni bosh muharrirning o‘zi hal qilaveradi.

    — Demak, shu choqqacha qilgan ishingizdan uyalmaysiz-da?

    — Yo‘q, shaxsan men siyosatchilar aytgan gapni o‘zimcha talqin qilmaganman, hamisha aniq tarjimasini chiqarganman.

    — “Birinchi kanal”dagi hamkasblaringiz u yerdagi ishidan mamnunmi?

    — Bilasizmi, bu haqda hamkasblar bilan hecham gaplashmaganman. Negaki, juda ko‘p xodimlar ich-ichidan bunga shunchaki ish, pul topishga imkon beradigan joy deb qaraydi. Boshqa hech narsa emas. Qandaydir axloqiy tomonlarini, nazarimda, hech kim ko‘tarib chiqmaydi. Eng kamida, shu oxirgi voqealargacha. Hammasi hammaga moslashtirilgan. O‘sha odamlar ham oilasini boqishi, kredit va ipoteka qarzlarini to‘lashi kerak.

    Shu bois, har kimning vaziyati bo‘lak, dunyoqarashi turfa, lekin u yerdan ham ketishni mo‘ljallayotganlar oqimi ko‘payayotganini bilaman.

    — Propogandachilarning aytishicha, hukumatga qarashli kanallarda to‘la-to‘kis liberallar ishlar ekan.

    — Liberal qarashdagi odamlar juda yetarli u yerda ham. Lekin liberal bo‘lmaganda ham rahbariyat bilan fikri 100 foiz to‘g‘ri kelavermaydi. O‘ylashimcha, (federal telekanallarda) 2-3 foiz putinparast bor, xolos, undan ko‘p emas. Aqlli, ziyoli, dunyo kezgan odam hozir mamlakatimizda nimalar ro‘y berayotganini juda yaxshi tushunadi.

    Ehtimol, ular meningdek liberal qarashlarga ega emasdir, ammo aksar hamkasblarim “Vremya” boshlanishi bilan ovozini o‘chirib qo‘yishadi.

    Foto: Instagram / ovsiannikova62167

    — Mana, siz bilan birga tarixga kirgan Yekaterina Andreyeva uni hech qachon yolg‘on so‘zlashga majburlamaganlarini aytdi. Rostdan shundaymi?

    — Katya Andreyeva haqida nimadir deyolmayman. Balki u haqiqatni shunday tasavvur etar. U haqida nimadir deyishdan ojizman, u bilan shaxsan tanish ham emasan. Faqat yo‘laklarda ko‘rganman, Instagram’iga joylashtirgan sayohatlari, yoga mashg‘ulotida o‘tirgan holati va hayotdan zavqlanib tushgan suratlaridangina taniyman. Menimcha, hammadan shunday masofa saqlashga harakat qiladi.

    — Hukumat telekanallaridan bo‘shab ketayotgan hamkasblaringiz haqida o‘qib, quvonaman, degansiz. Liberal qarashlarga ega ekansiz, nega unda o‘zingiz avvalroq ketmadingiz?

    — Menam oilamni boqishim kerak-ku. Ikki bolam bor, hozir moliyaviy tomondan tang ahvolda qoldim.

    — “Birinchi kanal” — dunyodagi yagona ish joyi emasdir.

    — Shunday deb o‘ylayman. “Birinchi kanal” to‘laydigan haq bo‘lmasayam, boshqa joydan, ruhing ko‘proq tin oladigan ishni topolasan.

    — Nega shuni avvalroq topmadingiz?

    — (andak jimlikdan keyin) Bilasizmi, ish grafigimdan juda qoniqardim: hafta ortidan hafta o‘tsa ham uncha charchamasdim. Eng yaxshi Work-Life balance’ni Yevropada deyishadi. Ishimni (avvalroq) o‘zgartirish haqidayam o‘yladim, lekin Ukrainada (urush) boshlanmaguncha hammasi yaxshi edi. Keyingi voqealarga mutlaqo toqatim yetmadi.

    — Videomurojaatingizda Navalniyning zaharlanganini eslab, “Birinchi kanal”da ishlash siz uchun uyatligini aytdingiz. O‘shanda ham uyalganmidingiz yoki yo‘q?

    — Uyalgandim. Navalniyni himoya qilish uchun bir qancha petitsiyalarga qo‘l ham qo‘ygandim. Lekin namoyishlarga chiqmadim, chunki kunim juda tig‘iz o‘tar, bo‘sh vaqtning o‘zi topilmasdi. Kuch-g‘ayrat toshib chiqardi-yu, hayotda amalga oshmasdi.

    — Murojaatingizda yana odamlarni namoyishlarga chiqishga da’vat etdingiz-u, negadir o‘zingiz chiqmadingiz. Bu unchalik ham insofdan emas.

    — Bilaman, shungayam jinoiy ish tusi berishlariga sal qolgandi. Mabodo qaysidir joyda, ma’lum sanada namoyishga chiqishga undaganimda, jinoiy javobgarlik yelkamga ilinardi, yuristimning tushuntirishicha, bu mavhumroq chaqiriq bo‘lib, ma’muriy javobgarlikka asos bo‘larkan. Agar ikkinchi marotaba namoyishga chiqsam, ana unda mening ustimdan jinoiy ish ochilarkan.

    — O‘zingiz chiqmasangiz, faollar buni aksiya uchun noto‘g‘ri undov deb bilmasmikan, demoqchi edim.

    — Mana, o‘zim ham aksiyaga chiqdim-ku! Nima, bu qarshilik namoyishi emasmi?

    — Buni bir kishininggina qichqirig‘i deb atagan bo‘lardim...

    — Balki munosabatimni noto‘g‘ri ifodalagandirman, shunchaki oddiygina qilib: “Norozi ekaningizni bildiring”, deyishim kerakmidi...

    — Yakunda ishdan bo‘shatvorish bilan tahdid qilindimi? Bilaman, o‘zingiz ketgansiz, ammo bari qanday ro‘y berdi?

    — Mendan o‘shanda tezda o‘z xohishimga ko‘ra ariza yozishimni so‘rashdi. Lekin hissiyotlarim toshib qaynagani uchun bunday qilmadim. Keyin advokatlarim arizani olib borib, kadrlar bo‘limiga topshirishgan va hademay rasman ishdan bo‘shatilaman.

    Mavzuga doir: Jonli efirda urushga qarshi namoyish bilan chiqqan Rossiyaning “Birinchi kanal” muharriri Marina Ovsyannikova ishdan bo‘shadi

    — “Kuban” DTRKdagi sobiq rahbaringiz Vladimir Runov siz haqingizda “yaxshi jurnalist faqat o‘z ustida shug‘ullanadi, ortidan sarguzasht izlamaydi” deya bildirgan munosabatiga qanday qaraysiz?

    — Odamlar harakatimni turlicha baholayapti, uning bahosi shu.

    — Nima deb o‘ylaysiz, televideniyeda kimdir sizdan namuna olib, ortingizdan ergasharmikan? Yoki aksincha, yanayam ko‘proq cho‘chib qolishdimikan?

    — Professional etikani buzishga hech kimni da’vat qilmasdim. Rostini aytsam, bunday qilish ham yaramaydi. Yaxshisi, jimgina bo‘shab ketish kerak.

    — Noroziligingiz oddiy tomoshabinda juda katta taassurot qoldirdi deb o‘ylaysizmi?

    — Bu aksiya haqida butun dunyo bildi. 15-mart kuni ismim Twitter’da topga chiqqanini yuborishgandi menga.

    Marina Ovsyannikova Ostankino sudidagi jarayondan keyin

    Marina Ovsyannikova Ostankino sudidagi jarayondan keyin
    Foto: “TASS” / Mixail Japaridze

    — To‘g‘ri, butun dunyo bildi, lekin menga o‘tkazgan aksiyangiz odamlar targ‘ibot-tashviqotni tomosha qila turib, haqiqatni bilgandek ta’sir qildi.

    — Ular barini ko‘rishganiga umid qilaman. Siz bunday deb o‘ylamaysizmi?

    — Nazarimda, plakatingizni uncha ko‘p ko‘rsatishmadi.

    — Hozir kimdir yangiliklarni televizordan ko‘radi deb o‘ylaysiz-da? Hamma yangilik internetda bo‘lsa, aksiyani ham odamlar Telegram kanallarda ko‘rgan bo‘lsa.

    — Odamlar endi chinakamiga o‘yga toldimi yoki qo‘l siltab qo‘ya qoldi, deb o‘ylaysizmi?

    — Menimcha, o‘ylashyapti. Aqlli inson – shunga majbur. Ochig‘i, hozir eng aqlli, fahm-farosatli, eng malakali mutaxassislar xorijga jo‘nab, Rossiyani putinchilar hukmiga qoldirib ketishmoqda. Shunday yuk bilan yurtimiz yorqin kelajakka odimlarmidi...

    — Jamiyatimizdagi loqaydlik ustidan qanday qilib g‘alaba qozonish mumkin?

    — Odamlarimiz ularning muammosi hozir Ukrainada nima yuz berayotgan bo‘lsa, o‘sha bilan bevosita bog‘liqligini tushunib yetishlari kerak. Yoki faqat o‘z muammolaringni ayirib olish kerakmi?

    Muammolar kundan kun qor uyumidek yig‘ilib borsa, ko‘chkisi sizni oxirigacha yakson etmay qo‘ymaydi. Ruslar juda sekin o‘ylashadi, ammo yakunda so‘nggi nuqtagacha yetmay qo‘yishmaydi. Shunchaki hammasi tez o‘zgarmas, xalq tushunib yetishi, hayotimiz keyin nima bo‘lishini tushunish uchun ma’lum muddat vaqt kerak.

    — To‘g‘ri-yu, ukrain xalqining o‘sha onlarni kutishga ko‘p vaqti yo‘q.

    — Afsuski, shunday. Shu bois rus xalqini qo‘zg‘atishga urinib ko‘rdim. Menimcha, bu odamlarni andak o‘ylashga chaqiradigan, nimalar bo‘layotganini po‘stiniga o‘ralib, qo‘rquvdan dir-dir titrab kutmasligi uchun eng yaxshi usul edi.

    — Bolaligingizda Chechenistonda yashagansiz-a?

    — O‘zi Odessada tug‘ilib, 1985-yildan 1993 yo 1992-yilgacha Chechenistonda yashaganman. U yerdan otishma boshlanib, snaryadlar oynalarimizni chil-chil sindirgan vaqtda chiqib ketganmiz.

    — Qarangki, avval bolalikda yashagan uyingizni portlatishgan bo‘lsa, endi tug‘ilgan maskaningizni bombardimon qilishyapti.

    — Ha-ha-ha. Uch marta ta’kidlashimga sabab bolalikda nimani boshdan kechirgan bo‘lsam, hozir ukrain qochoqlari ham o‘sha holatni yashab o‘tishmoqda. Vaziyat aynan bir xil: vayron bo‘lgan xonadonlar, jamiki mol-mulkdan ayrilish, hayotingni yana yangitdan boshlash mashaqqati. O‘shanda endi 12 ga kirgandim va hayotimni qaytadan hech qayg‘uga botmay, xotirjam boshlay olardim, lekin 40 ga kirgan onam uchun hech vaqosiz, noldan boshlab hayotini boshlash o‘ta chuqur ruhiy zarba ediki, hozirgacha nimalar bo‘lganini tushunib yetmaydi.

    — Endi nimalar qilishni rejalashtiryapsiz?

    — Hozircha uzoq muddatli rejalar tuzmayapman. Yaxshilab uxlab olib, keyin nima bo‘lishi haqida tiniqqan miyam bilan o‘ylab olaman.

    29.03.2022, 19:25   Izoh (0)   72862
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston 2025—2030-yillarga mo‘ljallangan Bolalar saratoniga qarshi kurashish milliy strategiyasini qabul qildi

    O‘zbekiston | 17 may, 09:09

    AQSH hukumati muhojirlar haqida realiti-shou suratga olmoqchi

    Dunyo | 16 may, 23:55

    “Daryo” dayjesti: 16-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 16 may, 23:40

    Madura bo‘g‘ozi tubidan qadimgi hayot izlari topildi

    Dunyo | 16 may, 23:30

    Toshkentdagi go‘zallik salonida ayolning yuzi 80 foiz kuydirib qo‘yildi

    O‘zbekiston | 16 may, 23:16

    Superliga. “Surxon” o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ni mag‘lub etdi

    Sport | 16 may, 23:06

    Dunyoning eng badavlat insonlarning rafiqalari qanday ko'rinishda?

    Layfstayl | 16 may, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.