• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonga ko‘chib o‘tmoqchi bo‘lgan IT-kompaniyalar zarur infratuzilma bilan ta’minlanadi

    24-mart kuni Toshkent shahridagi Congress Hall’da Toshkent xalqaro investitsiya forumi o‘z ishini boshlagani to‘g‘risida xabar berilgandi. Forumda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ham ishtirok etib, O‘zbekistonni raqamli rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar haqida gapirgan. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    Foto: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    AKT vaziri Sherzod Shermatov O‘zbekistonni xorijiy IT-kompaniyalar va IT-mutaxassislari uchun jozibador qiladigan asosiy afzalliklarni qayd etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston inson kapitali ko‘rinishidagi qimmatli boylikka ega. Ayni paytda O‘zbekistonda 35 million aholi istiqomat qilsa, ularning 18 millioni, ya’ni umumiy aholining 60 foizdan ortig‘ini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Dastlabki prognozlarga ko‘ra, 2030-yilga borib O‘zbekiston aholisi allaqachon 40 million kishini tashkil etadi, agar bu tendensiya davom etsa, ularning 24 millionini yoshlar tashkil qiladi.

    Bu aholining ko‘pchiligi mehnatga layoqatli yoshda bo‘lgan demografik dividend bosqichi deb ataladi. Shu bilan birga, mehnatga layoqatli aholi savodli va kamida ikkita chet tilini (ingliz va rus) biladi.

    “Bugungi kunda yoshlarni AKT sohasiga keng jalb etishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. 2000-yillarda O‘zbekistonda yuzga yaqin IT-mutaxassis bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda bu ko‘rsatkich 50 mingga yetdi. 2030-yilga borib ularning sonini bir million kishiga yetkazish bo‘yicha keng ko‘lamli vazifa qo‘yildi”, — deydi Sherzod Shermatov.

    Ta’kidlanishicha, IT-mahsulotlar va xizmatlar eksporti izchil ortib bormoqda. 2021-yil yakuniga ko‘ra, IT-eksport hajmi 46 million dollarga yetgan, bu 2020-yilga nisbatan (16 million dollar) ikki baravar ko‘pdir. 2022-yil oxirigacha bu ko‘rsatkich 100 million dollarni tashkil etishi kutilmoqda, 2028-yil oxirigacha esa bu ko‘rsatkichni 1 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan. Asosiy IT eksport bozorlari: AQSH (83,3 foiz), Buyuk Britaniya (5,2 foiz), Rossiya (3,2 foiz), Koreya Respublikasi (2,1 foiz) va BAA (1,1 foiz).

    Muhim afzalliklar qatorida IT-biznes uchun imtiyozlarni ham qayd etilgan. U O‘zbekistondagi IT-kompaniyalarga bir qator soliq va bojxona imtiyozlarini taqdim etadi. Xususan, IT Park rezidentlari hisoblangan IT-kompaniyalar 2028-yilgacha barcha korporativ soliqlardan ozod qilingan. IT-kompaniyalar eksport faoliyatini amalga oshirishda O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmagan xodimlar bilan xorijiy valyutada hisob-kitob qilish imkoniyatiga ega.

    IT Park rezidentlari qayerda joylashgan bo‘lishidan qat’i nazar, butun mamlakat bo‘ylab o‘z faoliyatini amalga oshirishi mumkin. Shuningdek, ishlash uchun ruxsatnoma olish tartibi ham bekor qilingan.

    Xorijiy IT-kompaniyalar va IT-mutaxassislari uchun yanada katta qulayliklar yaratish maqsadida IT-visa berish tartibi tasdiqlangan. IT-visa olish uchun minimal miqdordagi hujjatlar talab qilinadi va bu jarayon 3 kun davom etadi. O‘zbekistonga ko‘chib o‘tmoqchi bo‘lgan IT-kompaniyalar ham zarur infratuzilma bilan ta’minlanadi.

    Shuningdek, O‘zbekistonning mintaqadagi qulay geografik o‘rni, bu tufayli respublika Markaziy Osiyodagi bog‘lovchi IT-xabga aylanishi mumkin. Bugungi kunda IT Park 500 dan ortiq rezidentlarga ega, ularning 15 foizi yirik global va mahalliy kompaniyalardir. 2025-yilga kelib yirik va o‘rta IT-kompaniyalarni faol jalb qilgan holda rezidentlar sonini 1000 nafarga yetkazish rejalashtirilgan.

    Foto: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    Foto: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    Axborot texnologiyalari sohasida malakali kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilgan.

    “IT-ta’lim mutaxassislarni tayyorlash – bozor o‘sishi va farovonlik uchun yetarli ishchi kuchi bilan ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Shu bois O‘zbekiston ta’limga, ayniqsa, IT-ta’limga katta kuch sarflamoqda. Sifatli ta’limsiz belgilangan maqsad va vazifalarga erishib bo‘lmaydi”, – deydi AKT vaziri Shermatov.

    Soha rahbari o‘z nutqida BPO va KPO xizmatlarini rivojlantirish kabi muhim yo‘nalishga ham to‘xtalgan. Shu nuqtayi nazardan, IT Park rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy BPO kompaniyalari o‘zlariga taqdim etilgan imtiyozlardan foydalanishlari va O‘zbekistondan IT-mutaxassislarini raqobatbardosh shartlarda jalb etishlari mumkin bo‘ladi.

    Bundan tashqari, ular O‘zbekistonda o‘z bizneslarini kengaytirish uchun ofis xonalari va jihozlar, kamida olti oylik ijara haqi, kommunal xizmatlar, internetga ulanish xarajatlari ko‘rinishida investitsiyalar bilan ta’minlanishi mumkin. BPO kompaniyalari uchun kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan BPO maktablari ham yaratilmoqda.

    Yakunda Sherzod Shermatov O‘zbekistonda o‘z faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan barcha investorlar va xorijiy IT-kompaniyalarga amaliy yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirgan.

    Mavzuga doir: “Biz uchun hozir yaxshi imkoniyat” — nima uchun va qanday O‘zbekiston rossiyalik IT-mutaxassislarni o‘ziga jalb qilishni boshladi?

    Eslatib o‘tamiz, IT Park prezidentning 2018-yilda Hindistonga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuv asosida O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan Hindistonning Elektronika va axborot texnologiyalari vazirligi qoshidagi “Dasturiy texnologiyalar parklari jamiyati” hamkorligida tashkil etilgan. Texnoparkda mutaxassislar uchun barcha qulayliklar yaratilgan, istiqbolli startap-loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari tashkil etilgan

    25.03.2022, 10:20   Izoh (0)   13653
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryo hokimi mahalliy budjet mablag‘lariga shaxsiy piarini yo‘lga qo‘ygan hokimlar faoliyatini tanqid qildi

    25.03.2022, 10:02

    Toshkent mart oyidagi yog‘ingarchilik miqdori bilan tarixiy rekordni yangilashi mumkin

    25.03.2022, 09:36

    Shavkat Mirziyoyev Saudiya investitsiyalar vaziri va BAA energetika vazirini qabul qildi

    25.03.2022, 08:10

    Yevropaga kelgan Bayden, qon bilan chizilgan portret, dekoratsiya qilingan kit skeleti. 24-mart suratlari

    25.03.2022, 00:29

    Samarqandda internet biznesni o‘rgatish hamda sayohatlar tashkil etish uchun fuqarolardan qariyb 30 ming dollar va 350 mln so‘m olgan shaxslar ushlandi

    24.03.2022, 23:58

    O‘zbekiston Rasmiy statistika sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi bitimga qo‘shildi

    24.03.2022, 23:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.