Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 1-apreldan boshlab investorlar, IT kompaniyalar ta’sischilari va axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassislar, shuningdek, ularning oila a’zolari uchun IT-Visa joriy etiladi. Bu IT Park tomonidan ishlab chiqilayotgan nizomda ko‘zda tutilgan, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Nizomga ko‘ra, IT-Visa jismoniy shaxslarga 3 yilgacha amal qilish muddati bilan beriladi. IT-Visa egalari vizaning amal qilish muddati davomida O‘zbekistonga erkin kirib-chiqishlari, O‘zbekistonning istalgan hududida qayta ro‘yxatdan o‘tish majburiyatisiz qolishlari, O‘zbekiston fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda ta’lim va tibbiy xizmatlardan foydalanishlari mumkin.

Shuningdek, viza egalari O‘zbekistonda yashash uchun ruxsatnomani soddalashtirilgan tartibda, istalgan qiymatdagi turar joy ko‘chmas mulkini sotib olishlari mumkin. Ta’kidlanishicha, prezidentning 2019-yildagi qaroriga ko‘ra, xorijiy fuqarolar kamida 400 ming dollar ekvivalentidagi ko‘chmas mulk sotib xarid qilib, yashash uchun ruxsat (“vid na jitelstvo”) olishlari mumkin.

IT-Visa IT Park tavsiyasiga binoan beriladi. IT-Visa’ni olish shartlari O‘zbekistonda bo‘lish maqsadiga qarab farqlanadi. IT Park tavsiyasini olish uchun barcha arizalar “Itvisa.uz” sayti orqali qabul qilinadi.

Potensial investorlar shaklga muvofiq rejalashtirilgan loyihalar bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etishi kerak.

IT kompaniyalar ta’sischilari IT Park’da rezidentligi guvohnomasini taqdim etishi zarur.

Axborot texnologiyalar sohasidagi mutaxassislar esa oxirgi 12 oy uchun kamida 30 ming dollar miqdoridagi soliq chegirmalarigacha bo‘lgan umumiy yillik daromad haqida tasdiqlangan ma’lumotni taqdim etishlari kerak.

IT Park taqdim etilgan arizani ko‘rib chiqqach, arizachiga IT-Visa talablariga muvofiqligi bo‘yicha tavsiyanoma beriladi. Qabul qilingan tavsiyanoma anketa va pasport bilan birga belgilangan tartibda O‘zbekistonning konsullik muassasalariga (agar ariza beruvchi chet elda bo‘lsa) yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tgan joydagi ichki ishlar organlariga (agar murojaat etuvchi O‘zbekiston hududida bo‘lsa) taqdim etiladi.

IT-Visa uchun arizani ko‘rib chiqish topshirilgan kundan boshlab 3 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan vaqtni oladi. IT-Visa egalarining oila a’zolari uchun mehmon vizasi IT-Visa amal qilish muddatiga qadar beriladi.

Eslatib o‘tamiz, IT Park prezidentning 2018-yilda Hindistonga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuv asosida O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan Hindistonning Elektronika va axborot texnologiyalari vazirligi qoshidagi “Dasturiy texnologiyalar parklari jamiyati” hamkorligida tashkil etilgan. Texnoparkda mutaxassislar uchun barcha qulayliklar yaratilgan, istiqbolli startap-loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari tashkil etilgan

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda pomidor narxi barqarorlashdi