• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qashqadaryo hokimi mahalliy budjet mablag‘lariga shaxsiy piarini yo‘lga qo‘ygan hokimlar faoliyatini tanqid qildi

    Qashqadaryo hokimi Murodjon Azimov mahalliy budjet mablag‘lariga shaxsiy piarini yo‘lga qo‘ygan hokimlar faoliyatini tanqid qildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

    Murodjon Azimov.

    Murodjon Azimov.
    Foto: “Daryo”

    Murodjon Azimov bu haqda kecha, 23-mart kuni bo‘lib o‘tgan apparat yig‘ilishida gapirgan.

    “Viloyat hokimi xalqdan olingan soliq tushumlari hokimlarning shaxsiy piari uchun sarflanishi umuman noto‘g‘ri ish ekanini aytdi. Aynan Shahrisabz shahri hokimiga dakki berdi. Murodjon Azimov, shuningdek, Shahrisabz shahri hokimining boshqa hokimlarni yerga urish evaziga maqtov olishini yomon baholadi”, — deydi “Daryo” manbasi.

    “Daryo” muxbiri mazkur masala yuzasidan Shahrisabz shahri hokimi Akrom Sulaymonov bilan suhbatlashdi.

    Akrom Sulaymonov viloyat hokimining apparat yig‘ilishida aytgan bu fikrlari unga qaratilmaganini, mahalliy budjet mablag‘lari evaziga hech qanday shartnomaviy munosabatlar o‘rnatmaganini bildirdi.

    “Nima uchun bu haqda aynan mendan so‘rayapsiz? Qaysi hokim haqida gapirganini bilmoqchi bo‘lsangiz, unda viloyat hokimining o‘zidan so‘rang. Mening bu ishlarga umuman aloqam yo‘q. Biz hech kim bilan shartnoma qilmaganmiz va umuman piarga pul sarflamaganmiz. Qo‘shimcha savollar bo‘lsa, hokimlikning axborot xizmatiga bog‘lanib, axborot olishingiz mumkin”, — dedi Akrom Sulaymonov.

    Ma’lum bo‘lishicha, Shahrisabz shahri hokimi Akrom Sulaymonov 2022-yil 7-mart kuni yangi qarorga imzo chekkan. Hokimning mahalliy budjetning 2022-yil erkin qoldiq mablag‘lari hamda 2022-yil zaxira mablag‘lari hisobidan tegishli xarajatlar uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi qaroriga ko‘ra, 135 million so‘m mablag‘ ajratilib matbuot va ommaviy axborot vositalaridan foydalanish xarajati sifatida chiqim qilinishi belgilangan.

    Foto: Skrinshot

    Xalq to‘lagan soliqdan ajratilgan 135 million so‘m mablag‘ matbuot va ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda qay tartibda sarflanishiga aniqlik kiritish maqsadida shu mablag‘lar sarflanishini nazorat qiluvchi shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Akamurod Uzoqov bilan suhbatlashdik.

    “Bu mablag‘ni qilinayotgan barcha ishlarimizni ommaviy axborot vositalarida yoritish uchun sarflaymiz”, — dedi “Daryo” muxbirining bu haqdagi savoliga javob bergan Akamurod Uzoqov.

    Shahrisabz shahri hokimi Akrom Sulaymonov esa o‘rinbosari tan olgan holatni umuman inkor etdi.

    “Daryo” muxbirining aniqlashtirishicha, Shahrisabz shahri hokimi 2021-yilda ham qilingan ishlarini ommalashtirish maqsadida OAV vakillari, xususan blogerlar bilan 128 million so‘mlik shartnoma imzolab, mahalliy budjet mablag‘laridan o‘zboshimcha foydalangan.

    “Shu 128 million so‘m noto‘g‘ri sarflangani uchun o‘tgan yili shahar hokimi va hokimlik mas’ullari ancha yugur-yugur qilishgandi. Ko‘pchilikka pulni qayerga sarflagani va qay tartibda xarj qilganiga javob berolmay qiynalgandi. Endi bu yil o‘sha xatosini takrorlamaslik uchun mahalliy budjetdan qonuniy tartibda mablag‘ ajratgan. Ammo endi bu holatni viloyat hokimi tanqid qildi va xalqning puli hokim shaxsiyatini olqishlash uchun sarflanishi kerak emas dedi”, — deydi “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan manba.

    Mavzuga doir: 

    • “To‘rt marotaba svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga amal qilmadi”. Murodjon Azimov tunda qoidabuzarlik qilgan boyning bolasiga chora ko‘rilgani haqida gapirdi
    • “Bu holat meni tashvishga soldi”. Qashqadaryo hokimi Qarshidagi xaroba yotoqxona haqida gapirdi

    25.03.2022, 10:02   Izoh (0)   15243
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent mart oyidagi yog‘ingarchilik miqdori bilan tarixiy rekordni yangilashi mumkin

    25.03.2022, 09:36

    Shavkat Mirziyoyev Saudiya investitsiyalar vaziri va BAA energetika vazirini qabul qildi

    25.03.2022, 08:10

    Yevropaga kelgan Bayden, qon bilan chizilgan portret, dekoratsiya qilingan kit skeleti. 24-mart suratlari

    25.03.2022, 00:29

    Samarqandda internet biznesni o‘rgatish hamda sayohatlar tashkil etish uchun fuqarolardan qariyb 30 ming dollar va 350 mln so‘m olgan shaxslar ushlandi

    24.03.2022, 23:58

    O‘zbekiston Rasmiy statistika sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi bitimga qo‘shildi

    24.03.2022, 23:43

    Qamchiqda yuk avtomobili yo‘l chetiga chiqib ketdi, Samarqandda Nexia-2 olib qochgan mast erkak Damas bilan to‘qnashdi

    24.03.2022, 23:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Afg‘oniston va O‘zbekiston 243 mln dollarlik energetika shartnomasini imzoladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 20:15

    Xitoyda qizning qornidan 2 kg soch to‘plami olib tashlandi

    Dunyo | 17 avgust, 19:30

    Tramp Putinning butun Donbassni egallash talabini qo‘llab-quvvatladi — OAV

    Dunyo | 17 avgust, 18:40

    Putin Shavkat Mirziyoyevga Alyaskadagi sammit haqida ma‘lumot berdi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 18:08

    Isroil falastinliklarni G‘azo janubiga majburan ko‘chirishga tayyorgarlik boshladi

    Dunyo | 17 avgust, 17:40

    Shavkat Mirziyoyev Pokiston prezidentiga ta’ziya yo‘lladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.