Rossiya tomoni ukrainalik harbiylar bilan Chernobil AESda birgalikda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarovaga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Uning ta’kidlashicha, ikki mamlakat harbiylari energiya bloklari va sarkofag xavfsizligini birgalikda nazorat qiladi.
“Rossiya harbiylarining Chernobil AESni nazoratga olishi stansiya xavfsizligiga putur yetkazmaslik maqsadida amalga oshirildi”, — dedi TIV vakili.
Zaxarova Rossiya tomoni ushbu obyekt xavfsizligini ta’minlash uchun barcha sa’y-harakatlarni davom ettirish niyatida ekaniga ishontirdi.
24-fevral kuni Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya qilish bo‘yicha harbiy operatsiya boshladi. Qurolli kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qo‘shinlarini nishonga olayotganini aytmoqda. Har ikki tomondan qurbonlar bor.
Rossiya qo‘shinlari urushning birinchi kunidayoq Chernobil AES hududini egallagan edi. 9-mart kuni “Ukrenergo” AES elektr uzatish liniyalaridagi avariya tufayli to‘liq quvvatsizlangani to‘g‘risida xabar berdi.
Izoh (0)