Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Urush roppa-rosa ikki haftadan buyon davom etmoqda. Ukraina OAVlari Vorzel, Irpin, Energodar va Izyum tumanlaridan tinch aholi evakuatsiya qilingani haqida xabar berdi. Mamlakat rasmiylarining ma’lumotlariga ko‘ra, bir kunda 40 ming kishi uylarini tark etgan. Evakuatsiya yo‘laklari bo‘yicha kelishuvlarga qaramay, otishmalar davom etmoqda — Rossiya aviatsiyasi Mariupoldagi shahar kasalxonasi hududiga zarba berdi. Odessada ham otishmalarga hozirlik ko‘rilmoqda — gersog de Rishelye haykali (u shahar asoschisi hisoblanadi) qum to‘ldirilgan qoplar bilan o‘raldi. Qamal qilingan shaharlarda elektr energiyasi, suv va oziq-ovqat tugab bormoqda. Meduza 9-mart, urushning o‘n to‘rtinchi kunidan asosiy voqealar va fotosuratlarni taqdim qildi.

Kiyev metrosi bomba boshpanasi sifatida xizmat qilishda davom etmoqda

Kiyev metrosi bomba boshpanasi sifatida xizmat qilishda davom etmoqda
Foto: STF

Urush zonasidagi vaziyat. Mariupol va Donetsk viloyati rasmiylari Rossiya aviatsiyasi 3-sonli shahar kasalxonasi hududiga hujum qilgani haqida xabar berdi. Voqea joyidan olingan videoda aytilishicha, zarba bolalar va tug‘ruqxona bo‘limlari o‘rtasiga berilgan; OpenStreetMap xaritalash servisida bu binolar bolalar va ginekologiya bo‘limlari sifatida belgilangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 17 kishi jarohatlangan.

9-mart kuni Mariupol hukumati urush paytida shaharda 1300 ga yaqin tinch aholi halok bo‘lganini ma’lum qildi, ammo o‘sha kuni e’lon qilingan BMT ma’lumotlarida butun Ukraina bo‘ylab, jumladan ayirmachilar nazorati ostidagi hududlarda 516 kishi halok bo‘lgani aytiladi.

Ukraina FVV xodimlari o‘qqa tutilgan tug‘ruqxonadan yarador homilador ayolni olib chiqmoqda. Mariupol

Ukraina FVV xodimlari o‘qqa tutilgan tug‘ruqxonadan yarador homilador ayolni olib chiqmoqda. Mariupol
Foto: AP Photo

Qamaldagi Mariupolda otishmadan vayron bo‘lgan turar joy binosi

Qamaldagi Mariupolda otishmadan vayron bo‘lgan turar joy binosi
Foto: AP Photo

Mariupolda suv uchun navbat. Shahar bir haftadan beri qamalda. Uylarda suv, isitish, elektr tizimlari ishlamayapti, odamlar yerto‘lalarda yashamoqda

Mariupolda suv uchun navbat. Shahar bir haftadan beri qamalda. Uylarda suv, isitish, elektr tizimlari ishlamayapti, odamlar yerto‘lalarda yashamoqda
Foto: AP Photo

Otishmadan so‘ng vayron bo‘lgan turar joy binosi. Xarkov

Otishmadan so‘ng vayron bo‘lgan turar joy binosi. Xarkov
Foto: AFP

Gumanitar yo‘laklar. Ukraina OAVlarining xabarlariga ko‘ra, Vorzel, Irpen, Energodar va Izyum kabi qator tumanlardan bir qancha tinch aholi evakuatsiya qilingan. Boshqa joylarda esa, Ukraina tomonining ta’kidlashicha, rossiyaliklar avtobuslar kirishini to‘sib qo‘ygan yoki yo‘lakni o‘qqa tutishda davom etgan. Rossiya Mudofaa vazirligi Kiyevni “imkonsiz talablar” qo‘yish, yo‘nalishlarni muvofiqlashtirishni rad etish va o‘qqa tutishda ayblamoqda. Kun yakunida Ukraina parlamentidagi “Xalq xizmatchisi” fraksiyasi rahbari Devid Araxamiya “Ukrainaning turli burchaklaridan” bir kunda 40 ming ayol va bolalar evakuatsiya qilingani haqida bayonot berdi, biroq ularning qanchasi qamal qilingan yoki o‘qqa tutilgan hududlardan olib chiqilgani ma’lum emas.

Jurnalistlar Kiyev viloyatining Irpen shahridan tinch aholini evakuatsiya qilishga yordam bermoqda

Jurnalistlar Kiyev viloyatining Irpen shahridan tinch aholini evakuatsiya qilishga yordam bermoqda
Foto: Reuters

Kiyev shimolida yo‘l bo‘yidagi lagerda ko‘ngillilar ovqat tayyorlashmoqda

Kiyev shimolida yo‘l bo‘yidagi lagerda ko‘ngillilar ovqat tayyorlashmoqda
Foto: Getty Images

Irpen shahri aholisini evakuatsiya qilayotgan avtobus

Irpen shahri aholisini evakuatsiya qilayotgan avtobus
Foto: AP Photo

Lvov-Dnepr poyezdi yonida xayrlashayotgan odamlar. Lvov temir yo‘l stansiyasi

Lvov-Dnepr poyezdi yonida xayrlashayotgan odamlar. Lvov temir yo‘l stansiyasi
Foto: Getty Images

Chernobil AESdagi vaziyat. 8-mart kuni MAGATE (Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik) Chernobil AES Rossiya harbiylarining qo‘liga o‘tganidan beri stansiyada ishchilar almashinuvi bo‘lmagani, odamlar smenasiz ishlayotgani haqida ma’lum qilgandi. 9-mart kuni, “Ukrenergo”elektr uzatish liniyalaridagi avariya tufayli stansiya to‘liq quvvatdan uzilganini e’lon qildi. Unga ko‘ra, dizel elektr generatorlari eng uzog‘i ikki kun ishlaydi va janglar tufayli ta’mirlashni amalga oshirishning iloji yo‘q. Rossiya ushbu hodisada “Ukraina millatchilari”ni ayblab, ularning elektr simlariga o‘q uzganini aytmoqda. Rossiya Mudofaa vazirligining bayonotida ta’kidlanishicha, stansiyani Belarus elektr energiyasi bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

Kamuflyajdagi Ukraina askari. Kiyev

Kamuflyajdagi Ukraina askari. Kiyev
Foto: AP Photo

Ukraina askarlari Lugansk viloyatidagi jangdan keyin

Ukraina askarlari Lugansk viloyatidagi jangdan keyin
Foto: AFP

Ota uch yoshli qizi bilan Odessadagi bomba boshpanasiga tushib ketmoqda

Ota uch yoshli qizi bilan Odessadagi bomba boshpanasiga tushib ketmoqda
Foto: Reuters

Odessa markazidagi chiqindi qutisidan ovqat qidirayotgan ayol

Odessa markazidagi chiqindi qutisidan ovqat qidirayotgan ayol
Foto: AFP

Odessa asoschisi, gersog de Rishelye haykalini otishmalardan himoya qilish uchun qumli qoplar bilan o‘rab qo‘yishgan

Odessa asoschisi, gersog de Rishelye haykalini otishmalardan himoya qilish uchun qumli qoplar bilan o‘rab qo‘yishgan
Foto: Reuters

Urushga yuborilgan Rossiya muddatli harbiy xizmatchilari. Rossiya Mudofaa vazirligi  muddatli harbiy xizmatchilar Ukrainaga yuborilganini kutilmaganda tan oldi — buni xato va kamdan kam hodisa sifatida izohladi: vazirlik vakilining aytishicha, “afsuski, operatsiyada ular ham ishtirok etayotganiga oid bir qancha faktlar” aniqlangan. Askarlarning qarindoshlari bu haqda urushning dastlabki kunidan beri gapirgan, biroq rasmiylar, jumladan, 4-mart kuni Vladimir Putin buni qat’iyan rad etgandi.

Muddatli harbiy xizmatchilar bilan bog‘liq vaziyatni tan olishga Ukrainada asirga tushgan yosh askarlar Rossiya armiyasiga atigi 2021-yilning yozida chaqirilgani haqida gapirgan videoning tarqalishi yordam bergan bo‘lishi mumkin. 9-mart kuni ushbu askarlarning ba’zilari Kiyevdagi matbuot anjumanida qatnashib, unda Rossiya rahbariyatini yolg‘onchilikda aybladi va toki hokimiyat almashmas ekan, Rossiyaga qaytishni istamasligini bildirishdi (bu bayonotlar ixtiyoriy ravishda berilgani yoki yo‘qligini aniqlash imkonsiz).

Rossiya banklaridagi vaziyat. Markaziy bank rossiyaliklarning o‘z hisobvaraqlaridan valyuta yechib olish imkoniyatini keskin cheklab qo‘ydi — olti oy davomida ular hisobidan 10 ming dollardan ko‘p bo‘lmagan mablag‘ni yechib olish mumkin bo‘ladi (turli banklardagi hisob egalari ularning har birida shunchadan olishi mumkin). Qolgan mablag‘larini rossiyaliklar faqat rublda olishi mumkin.

Rossiya—Ukraina urushiga oid tezkor, ishonchli yangiliklar va ma’lumotlarni Daryo’ning live sahifasi orqali kuzatib boring → @Daryo_Live

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Mahalliy
Besh yilda 218 mingdan koʻproq xonadon. Oʻzbekistonda uy-joy muammosi qanday hal etilmoqda?