• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sanksiya atrofidagi muhokamalar: xavotirlar o‘rinli(mi)?

    Rossiya—Ukraina o‘rtasidagi harbiy mojarolar va bu jarayonga G‘arb mamlakatlarining aralashuvi jahon iqtisodiyotida pandemiyadan so‘ng yana bir jiddiy o‘zgarishlar, iqtisodiy inqiroz hamda xalqaro savdo tizimida oxiri ko‘rinmaydigan muammolarni keltirib chiqarishiga sabab bo‘lmoqda. Bunga AQShning bosimi ostida Yevropa Ittifoqi hamda boshqa davlatlarning birgalikdagi Rossiyaga nisbatan joriy etayotgan keng ko‘lamdagi sanksiyalarini misol keltirish mumkin. Ushbu sanksiya atrofidagi turli xavotirlar haqiqatan ham o‘rinlimi? Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti loyiha rahbari, Iqtisodiyot fanlari doktori Nodirbek Rasulov bu borada o‘z fikrlarini bildirdi.

    So‘nggi kunlarda Rossiya bilan Ukraina o‘rtasidagi vaziyatning keskinlashuvi oqibatida AQSh boshchiligida dunyoning ko‘plab mamlakatlari tomonidan Rossiyaga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalar soni 5,5 mingdan ortib ketdi. Albatta, bu harakatlar juda ko‘plab, tahlilchilar, ekspertlar va siyosatchilar tomonidan keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Chunki e’lon qilingan sanksiyalar nafaqat Rossiyaga, balki butun jahon iqtisodiyotining o‘sishiga o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazadi. Bu o‘z navbatida xalqaro miqyosda ko‘plab iqtisodiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

    Deyarli har kuni Rossiyaga nisbatan e’lon qilinayotgan cheklov choralari va ularning soni oshib bormoqda. Bir so‘z bilan aytganda Rossiyaga nisbatan xalqaro boykot e’lon qilindi desak ham bo‘laveradi. Albatta, bu joriy etilayotgan sanksiyalar Rossiya iqtisodiyoti uchun katta talafotlar keltirishi aniq. Shu bilan birga ushbu iqtisodiy sanksiyalar AQSh, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari iqtisodiyotiga ham salbiy ta’sirini ko‘rsatishni boshladi. Albatta, AQSh bosimi ostida Rossiyaga nisbatan amalga oshirilayotgan bu sanksiyalar tahlilchilarning fikriga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi uchun ham ijtimoiy jihatdan, ham iqtisodiy jihatdan ancha qimmatga tushishi bashorat qilinmoqa. Ayniqsa, sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportidan Polsha, Sloveniya, Bolgariya kabi mamlakatlar fermerlari katta zarar ko‘rmoqda.

    Rossiya iqtisodiyoti G‘arbning iqtisodiy cheklovlariga, sanksiyalariga nisbatan moslashuvchanligi va himoyalanganligini oshirgan holda iqtisodiy immuniteti kuchayib bormoqda. Natijada farmatsevtika, sanoat, xizmatlar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini o‘zida ishlab chiqarishga va iqtisodiyotini diversifikatsiya qilishga harakat qilmoqda. Shuningdek, asosiy import mahsulotlarni Xitoy va Osiyo davlatlaridan olishga harakat qilmoqda. Albatta, bu harakatlar O‘zbekiston biznesi uchun ham Rossiyaning bozorlarida yangi joylarni egallashga imkoniyat yaratadi.

    Rossiya va Ukraina o‘rtasida bo‘layotgan inqiroz hamda Rossiyaga qarshi sanksiyalar, albatta, O‘zbekiston iqtisodiyotiga o‘z ta’sirini o‘zkazmasdan qolmaydi. 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasining uchdan bir qismi yoki 37,7 foizi MDH davlatlariga to‘g‘ri kelib, Rossiya bilan 7,5 milliard AQSh dollar (eksport 2,1 va import 5,4 milliard dollar) va Ukraina bilan esa 704,0 million dollarni tashkil etgan. 2021-yilda O‘zbekistonning YeOII bilan savdosi aylanmasining 59 foizi Rossiyaga, 31 foizi Qozog‘istonga, 7 foizi Qirg‘izistonga hamda 3 foizi Belarus davlati hissasiga to‘g‘ri kelgan. Tahlillarning ko‘rsatishicha Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi siyosiy inqiroz va iqtisodiy sanksiyalar nafaqat O‘zbekiston iqtisodiyotiga, balki qo‘shni MDH mamlakatlari iqtisodiyotiga o‘z ta’sirini ko‘rsata boshladi.

    Sanksiyalarning oqibatlari, avvalo, mehnat migrantlari daromadiga, tashqi savdo balansiga, valyuta tushumiga, inflyatsiya, aholi daromadlari, investitsiya loyihalari va YaIM kabi maroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga o‘z ta’sirini o‘tkazishi mumkin.

    Iqtisodiy sanksiyalarning O‘zbekiston iqtisodiyotida ko‘rsatadigan salbiy oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha hukumat tomonidan zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Chunki mamlakatda sanksiyalarning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’sirini yumshatish bo‘yicha vakolatli davlat organlari hamda mutaxassislar tomonidan quyidagi yo‘nalishda chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

    Birinchidan, Markaziy bank tomonidan Rossiyada mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan migrantlar uchun O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarini amalga oshirish bo‘yicha qulayliklar yaratish maqsadida tijorat banklariga Rossiya rublining o‘zbek so‘miga nisbatan sotish va sotib olish kursini mustaqil ravishda joriy xalqaro kotirovkalarga asosan belgilanishini, zaruriyatga ko‘ra o‘zgartirib borilishiga ruxsat berdi. Chunki sanksiyalar sabli Rossiya SWIFT tizimidan uzib qo‘yildi. SWIFT tizimini ishlamasligi fuqarolarimizni Rossiyadan pul o‘tkazmalarni amalga oshirishdan mahrum etdi. Shuning uchun Markaziy bank tijorat banklariga rubl ayirboshlashni to‘xtatib qo‘ymaslikni, sotib olish va sotish kursi o‘rtasidagi farqni maqbul darajada saqlab turishni tavsiya etdi.

    Ikkinchidan, sanksiyalar sabab xorijdan kelishi kutilayotgan mehnat migrantlari uchun Bandlik va mehnat munosabatlari hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamkorlikda ish joylarini tashkil etish chora-tadbirlari ishlab chiqilmoqda.

    Uchinchidan, O‘zbekistondan bahor—kuz oylarida xorijiy mamlakatlarga mavsumiy ishlash uchun borish imkoniyatidan mahrum bo‘lganlarni ish bilan ta’minlash maqsadida ishsiz bo‘lgan fuqarolarni jamoat ishlari hamda mavsumiy ishlarga jalb qilishda hokim yordamchilarini jalb etish mexanizmlari takomillashtirilmoqda.

    To‘rtinchidan, sanksiyalar tufayli Rossiya bozorlarida yuzaga keladigan bo‘shliqlarni O‘zbekiston tovarlari va xizmatlari orqali to‘ldirish imkoniyatlarini izlab topish lozim. Buning uchun tezlik bilan chuqur marketing izlanishlarini amalga oshirish lozim bo‘ladi. Bu O‘zbekiston uchun iqtisodiy jihatdan katta imkoniyat hisoblanadi.

    Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, ijtimoiy tarmoqlar yoki boshqa manbalar orqali ayrim foydalanuvchilar tomonidan bildirilayotgan vahima va sarosimalarga hech qanday hojat yo‘q. Xalqimiz tezroq Rossiya—Ukraina o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf bo‘lishini, harbiy mojaroni to‘xtashi tarafdori.

    14.03.2022, 00:10   Izoh (0)   21048
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda intim hayotga oid ma’lumotlarni oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi kutilmoqda

    13.03.2022, 23:11

    Jizzaxda uch o‘quvchi o‘zi o‘qiydigan maktabdagi o‘quv jihozlariga o‘t qo‘ygani aniqlandi

    13.03.2022, 22:41

    Andijonda fuqaroga 10 kunda “prava” olib berish uchun 3 mln so‘m olgan avtomaktab o‘qituvchisi ushlandi

    13.03.2022, 22:10

    Video: Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlariga kelgan sel

    13.03.2022, 21:51

    O‘zbekistonda 14-mart kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    13.03.2022, 20:40

    Buxoroda 500 yillik “Talipoch qal’a darvozasi”ning chap tomon qal’a devori o‘pirilib tushdi

    13.03.2022, 19:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 23 avgust, 13:42

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    Dunyo | 23 avgust, 13:22

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.