Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Belarusdagi Belovejsk o‘rmonida Rossiya hamda Ukraina delegatsiyalari o‘rtasidagi muzokaralarning uchinchi raundi yakunlandi. Bu haqda Rossiyaning Minskdagi elchixonasi axborotiga tayanib, “Interfaks” xabar bergan.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Muhokamalar yopiq eshiklar ortida kechdi va uch soatdan ko‘proq davom etdi. Uchrashuv vaqtida tomonlar faqat bir marta tanaffus e’lon qilgan.

“Gumanitar yo‘laklardagi logistika masalasida bir qator yaxshi o‘zgarishlar mavjud. Vaziyatni tartibga solish yuzasidan bazaviy siyosiy blok, o‘t ochishni to‘xtatish va xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha maslahatlashuvlar davom etmoqda”, — deya uchrashuv yakunlaridan keyin axborot bergan Ukraina prezidenti ofisining maslahatchisi Mixail Podolyak.

Muzokaralar davomida Rossiya tomoni Ukraina delegatsiyasi oldiga gumanitar yo‘laklar masalasini qo‘ygan, deya bayonot qildi Rossiya prezidentining yordamchisi Vladimir Medinskiy.

Rossiya 8-martdan boshlab gumanitar yo‘laklarning ishlab ketishiga umid qilmoqda. Medinskiyaning so‘zlariga ko‘ra Ukraina buni ta’minlashga va’da bergan.

“Muzokaralardan kutgan umidlarimiz o‘zini oqlamadi. Kelasi safar odingga sezilarli darajadagi qadamlar qo‘yilishiga umid qilamiz”, — deya qo‘shimcha qilgan Medinskiy.

Moskva va Kiyev delegatsiyalari Ukrainada urush boshlanganidan beri jami uch marta o‘zaro uchrashdi. Muzokaralarning birinchi raundi – 28-fevralda, 2-raundi esa 3-martda o‘tkazilgan.

Rossiya—Ukraina urushiga oid tezkor, ishonchli yangiliklar va ma’lumotlarni “Daryo”ning Live sahifasi orqali kuzatib boring → @Daryo_Live

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekistonda yashil energetika davri boshlanganiga uch yil boʻldi. Nimalar oʻzgardi?
Mahalliy
Fotoreportaj: Prezident tashrifiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Namangan
Sport
Lionel Messi Krishtianu Ronalduning rekordini yangiladi