• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Rossiya—Ukraina urushi: barchasi qanday tugaydi?

    Bir necha kundan beri dunyo diqqat markazida bo‘lib turgan Rossiya va Ukraina urushi qachon tugashi noma’lumligicha qolmoqda. Bu paytda yuz minglab inson uyini tashlab ketib, qochqinga aylanayotgan bo‘lsa, yana yuz minglab kishi yerto‘lalarda hayot kechirmoqda. Dunyo xavfsizlik tizimi halokatini yaqinlashtirayotgan ushbu urush qachon va qanday tugaydi? “Daryo” kolumnisti Muhammadqodir Sobirov shu haqidagi taxmin va mutaxassislar fikrini jamladi.

    Birinchi taxmin — Dnepr mo‘jizasi

    Ayni kunlarda Ukrainaning qurolli va fuqarolik qarshiligi NATO a’zolari yetkazib berayotgan harbiy qurol-yarog‘lar ko‘magida rus armiyasini to‘xtatib turishga erishmoqda. Ukraina qarshilik harakatining qat’iyati va mahorati jang maydonida himoyachilar foydasiga ishlovchi turg‘unlik holatini keltirib chiqardi. NATO ukrainlarga qurol yetkazib berishni to‘xtatgani yo‘q va to‘xtatmaydi ham. Bu esa Ukraina qarshiligini kuchaytiradi, ayni paytda rus askarlarida jangovar ruhiyat so‘nib boradi.

    Tez orada Kreml o‘zining avantyurasi uchun juda katta to‘lov to‘lashni boshlaydi. Ukrainada davom etayotgan va hali ancha uzoq davom etadigan urush Rossiya uchun og‘ir vaziyatlarni yaratadi. Jumladan, iqtisodiy inqiroz va xalqaro diplomatik izolyatsiya. Iqtisodiy sanksiyalar Putinning tayanchi bo‘lgan oligarxlarning undan uzoqlashishiga olib keladi, — deyiladi The New York Times’da chop etilgan maqolada.

    Ukrainani kesib o‘tgan Dnepr daryosi

    Ukrainani kesib o‘tgan Dnepr daryosi
    Foto: GAMEO

    Maqolada yana: “Putin ichki va tashqi bosim ostida qo‘shinlarni olib chiqishga buyruq beradi va Ukraina suveren demokratik respublika bo‘lib qoladi. Ukrainada mag‘lubiyat Rossiyada anchadan beri davom etayotgan ichki noroziliklarni kuchaytiradi. Putin uning hokimiyatiga qarshi qaratilgan ushbu noroziliklarga ko‘proq e’tibor qaratadi.

    Bu paytda jazolangan Rossiya va g‘arbga yanada yaqinlashgan Ukraina sabab NATO chegarasida xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanadi. Biroq Yevropadagi holat urushdan oldingi status-kvoga qaytmaydi. Chunki minglab insonlar hayotiga zomin bo‘lgan urush ko‘pchilik xotirasida qora iz qoldiradi. Rossiya insoniyat ko‘z o‘ngida yovuzlik imperiyasiga aylanadi” — deyiladi.

    Iflos kelishuv

    Ukraina xalqi va harbiylari rus qo‘shiniga qarshi ancha payt muvaffaqiyatli qarshilik ko‘rsatadi. Biroq ukrain shaharlari katta talafot ko‘radi. Sanksiyalar esa Rossiya iqtisodiyotiga qattiq zarba bera boshlaydi. Shu sabab har ikki tomon ham murosaga kelishga majbur bo‘ladi.

    Uning iflos shartlari shundan iborat bo‘ladiki, o‘t ochishni to‘xtatish va qo‘shinlarni olib chiqib ketish evaziga Ukraina Qrim, DXR va LXR ustidan Rossiya yurdiksiyasini rasman tan oladi hamda hech qachon NATOga qo‘shilmaslikka va’da beradi. Bundan tashqari, AQSh va uning ittifoqchilari Rossiyaga nisbatan yaqinda joriy etilgan barcha iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilishga rozi bo‘ladi.

    Ayirmachi DXR va LXR hamda Qrim

    Ayirmachi DXR va LXR hamda Qrim
    Foto: “Daryo” / Muhammadqodir Sobirov

    Ushbu ssenariyning amalga oshishi ehtimoldan yiroq emas. Chunki og‘ir iqtisodiy tovon to‘langach va minglab rus askarlari halok bo‘lgach, Putin Ukrainani Rossiyaga qo‘shib olishdan voz kechadi, biroq ma’lum narx evaziga. To‘lov esa yuqorida aytilgan shartlar bo‘ladi.

    Shunday qilib, Ukraina o‘z hududining bir qismini Kremlga berishga, Rossiya va NATO o‘rtasida doimiy neytral hudud bo‘lib qolishga majbur bo‘ladi. Buning evaziga u o‘z mustaqilligini saqlab qoladi.

    Uchinchi ssenariy — Yevropa Afg‘onistoni

    Agar Putin fikrini o‘zgartirmasa yoki G‘arb uni to‘xtatib qolmasa, Rossiya prezidenti mustaqil Ukrainani tiz cho‘ktirish va uning rahbariyatini yo‘q qilish uchun qancha kerak bo‘lsa shuncha odamni o‘ldirishi, Ukraina infrastrukturasini vayron qilishi mumkin. Bu ssenariy Yevropada natsistlar davridan beri kuzatilmagan urush jinoyatlariga, Putin va uning atrofidagilar, shuningdek, butun Rossiyaning xalqaro yakkalanib qolishiga olib keladi. Yangi dunyo hozirgacha bunday katta hududga ega, eng ko‘p yadro qurollari arsenali mavjud davlat bilan kurashmagan.

    Putinning Kiyevni egallash uchun Aleppo va Grozniyda qo‘llagan usuli — minglab insonlarni o‘ldirish, shaharlarni vayron qilish, unga Ukrainada Yevropa Afg‘onistonini yaratish imkonini beradi.

    Putinning rusparast qo‘g‘irchoq hukumat tuzib, uni Ukrainada yolg‘iz qoldirishining imkoni yo‘q, chunki ukrain xalqi uni baribir ag‘daradi. Demak, Ukraina hududida o‘n minglab rus askarlari qoldiriladi. Ukrain partizanlari esa ular bilan kurashni to‘xtatmaydi.

    Foto: The New York Times

    Garchi ukrain qurollari kuchlari kamaytirilib, yirik shaharlar ruslar qo‘liga o‘tsa-da, bu pirrik (mag‘lubiyatga teng, katta qurbonlar berilgan) g‘alaba bo‘ladi.

    Ukrainlar qo‘zg‘olon va partizanlik kurashini olib boradi, bu esa Rossiyani o‘z resurslarini ko‘proq sarflashga majbur qiladi. NATO ukrain partizanlarini yashirin qo‘llashni davom ettiradi, natijada, partizanlar bilan doimiy kurash shundoq ham sanksiyalar sabab ancha bo‘shab qolgan davlat byudjetini quritadi. Bu esa Rossiya tomonidan zo‘ravonlikning kuchayishiga ham olib kelishi mumkin.

    Putin va rus elitasi Brejnev hokimiyati vaziyatiga tushib qoladi. Sovet qo‘shinlarini Afg‘onistonga kiritgan va g‘alabasiz urushni boshlagan Brejnev kabi Putin ham Ukrainada g‘alabasiz urushga kiradi. Natijada, minglab qochoqlar oqimi paydo bo‘ladi, noqonuniy savdo rivojlanadi.

    To‘rtinchi taxmin — NATO—Rossiya urushi

    Yevropa va jahon tartibi kelajagi uchun eng xavfli ssenariy NATO va Rossiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri urushga kirishishidir. Binobarin, bunga olib keluvchi bir necha yo‘llar mavjud:

    — NATO Ukraina inqirozidagi ishtirokini oshirishi mumkin. Masalan, parvozlar taqiqlangan hudud (ushbu hudud asosan urush yuz berayotgan mamlakatlar osmonida joriy etiladi va dushman samolyotlarining havo kuchidan foydalanishini taqiqlaydi) yoki boshqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuv orqali.

    Hozircha AQSh va NATOning ba’zi a’zolari parvozlar taqiqlangan hududni joriy etish fikriga qo‘shilgani yo‘q. Ammo rus samolyotlari tinch aholini bombardimon qilishni davom ettirsa, bu pozitsiya o‘zgarishi mumkin. Agar NATO yuqoridagi qadamlarni amalga oshirsa, Rossiya chekinishi yoki ittifoq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy to‘qnashuvlarga kirishi kerak bo‘ladi. Agar ruslar ikkinchi yo‘lni tanlasa, urush mutlaqo yangi, sayyora uchun halokatli bosqichga chiqadi.

    Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, Vashington va London Zelenskiyga Ukraina davlatining qulashi yaqinlashib, so‘nggi daqiqalar yuz bersa, Kiyevga harbiy yordam to‘g‘risida qandaydir va’dalar bergan.

    NATO harbiylari

    NATO harbiylari
    Foto: AFP / Gints Ivuskans

    — Rossiya tasodifan NATO a’zosi hududiga zarba berishi mumkin. Masalan, noto‘g‘ri nishonga olish yoki NATO hududiga o‘tgan ukrain samolyotini urib tushirish uchun. Bu albatta alyansning javob choralari ko‘rishiga olib keladi. Ayniqsa, Rossiyaning aniq boshqariladigan qurollari zaxirasi kamaya borishi (hozirda Ukraina uchun katta zaxiralar ishlatilmoqda) bilan bu voqea haqiqatga yaqinlasha boradi. Odessa yaqinida cho‘kib ketgan Estoniya kemasi bunday taxminlarning yuz berishi mumkinligini tasdiqlaydi.

    — Eng yomoni esa Putinning Ukrainadan tashqari ham katta rejalari borligi ehtimoli. Ukraina egallangach, Putin e’tiborini qolgan sobiq sovet davlatlariga qaratishi mumkin. Buni u o‘z nutqlarida bir necha bor sezdirdi. Qolaversa, Kremlning norasmiy ovozi bo‘lgan davlat OAVlari ham SSSRni tiklash borasida juda ko‘p gapirmoqda. Agar Putin SSSRni qayta tiklash uchun amaliy harakatni davom ettirsa, keyingi mo‘ljal Boltiqbo‘yi davlatlari (Estoniya, Litva, Latviya) bo‘lishi ehtimoli yuqori. Biroq ushbu davlatlarning barchasi NATO a’zosi hisoblanadi. Putin ulardan NATOga bosim o‘tkazishda foydalanishi ham mumkin. Biroq NATO hozirda ittifoqqa a’zo davlatlarga har qanday tajovuz javob reaksiyasiga olib kelishini ta’kidlamoqda.

    Yuqoridagi taxminlar shunchaki umumiy qarashlarni ifodalaydi. Vaziyat ba’zi favqulodda hodisalar sabab kutilmagan tomonga o‘zgarib ketishi ham mumkin. Masalan, ruslarning Putin hokimiyatini ag‘darishi. Ammo bu juda qiyin masala, chunki Putin rejimi har qanday norozilikni darhol kuch bilan bostirmoqda. Mamlakatdagi erkin OAVlar birin-ketin yopilyapti. Shunday bo‘lsa-da Kremldagi mamlakat kelajagi uchun befarq bo‘lmagan generallarning harakat boshlab qolishini ham istisno qilib bo‘lmaydi.

    Hozirda davom etayotgan muzokaralar qanchalik istiqbolli bo‘lishini esa vaqt ko‘rsatadi.

    07.03.2022, 20:23   Izoh (0)   189641
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.