Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 28-turida “Tottenhem” 7-mart, dushanba kuni “Everton” bilan bahs olib bordi.
Uchrashuvning 14-daqiqasida “Everton” futbolchisi Maykl Kin o‘z darvozasini ishg‘ol qildi. 17-daqiqada Son o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. 37-daqiqada Harri Keyn hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.
46-daqiqada Serxi Regilon “shporlar”ning navbatdagi goliga mualliflik qildi. 55-daqiqada Keyn gol urib, dublni rasmiylashtirdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng Antonio Konte shogirdlari ochkolari sonini 45 taga yetkazdi, jamoa 7-o‘rinda bormoqda. “Everton” esa 22 ochko bilan 17-pog‘onadan joy olgan.
APL
28-tur bahsi
7-mart, dushanba
“Tottenhem” — “Everton” 5:0
Goli: 1:0 – 14 Kin (avtogol), 2:0 – 17 Son, 3:0 – 37 Keyn, 4:0 – 46 Regilon, 5:0 – 55 Keyn.“Tottenhem”: Lyoris, Doerti, Dayer, Devis, Romero (Sanches, 52), Sessenyon (Regilon, 46), Son (Bergveyn, 67), Hyoyberg, Bentankur, Kulusevski, Keyn.
“Everton”: Pikford, Koulmen, Kin (Brentueyt, 46), Holgeyt, Kenni, Allan, Dukure, van de Bek (Mikolenko, 59), Gordon, Kelvert-Lyuin (Alli, 69), Risharlison.
Ogohlantirishlar: Son (24), Romero (30).
Izoh (0)