Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi “Navro‘z” chorvachilik majmuasi kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Lot ma’lumotlari “E-auksion” portalida e’lon qilingan.

Foto: “E-auksion”

Foto: “E-auksion”

Lot izohida yozilishicha, 2001-yilda qurilgan 1 va 2 qavatli bino 130 xonadan iborat. Ferma xo‘jaligining yer maydoni 36,93 gektarni tashkil etadi. Binoning foydali maydoni 22,5 ming kvadrat metr.

Chorvachilik xo‘jaligida kanalizatsiya, suv va elektr ta’minoti bor bo‘lsa-da, gaz mavjud emas.

Auksionga qo‘yilgan majmuaning boshlang‘ich bahosi — 61 mlrd so‘m. Arizalar 17-mart 09:00 ga qadar qabul qilinadi. Savdolar xuddi shu kuni 10:00 da boshlanadi.

Avvalroq Namanganda “Rim” restorani 15 mlrd so‘mga auksionga qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzilada halok bo‘lganlar soni 9 mingdan oshdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Toshkent yerusti metrosining qurilish ishlari bilan tanishdi 
Mahalliy
Mudofaa vazirligida qator tayinlovlar amalga oshirildi