Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

FIFA Ukrainadagi harbiy harakatlar sabab Rossiya terma jamoasiga nisbatan qator cheklovlarni joriy qildi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Unga ko‘ra, Rossiya mamlakatida xalqaro musobaqa va o‘yinlar o‘tkazilmaydi, terma jamoa esa uy o‘yinlarini neytral maydonda muxlislarsiz o‘tkazadi.

Rossiya sharafini himoya qiladigan jamoa barcha musobaqalarda Rossiya emas, “Rossiya futbol ittifoqi (RFI)” nomi bilan qatnashadi. RFI ishtirokidagi o‘yinlarda Rossiya bayrog‘i va madhiyasi ishlatilmaydi.

FIFA Ukrainadagi vaziyat tez orada yechim topmasa, Rossiyaga qo‘shimcha sanksiyalar qo‘llash va uni musobaqalardan chetlatish masalasini ko‘rib chiqishga tayyor ekani, bu borada XOQ, UEFA va boshqa sport tashkilotlari bilan aloqada bo‘lib turishi aytilgan.

Shuningdek, FIFA o‘z bayonotida JCh—2022 o‘tish o‘yinlarida Rossiya terma jamoasiga qarshi o‘ynashdan bosh tortishini ma’lum qilgan Polsha, Shvetsiya va Chexiya futbol assotsiatsiyalarining pozitsiyasini inobatga olgani hamda yechim topish maqsadida ular bilan muloqotga kirishgani haqida ma’lum qilgan.

24-fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbassda “maxsus harbiy operatsiya” boshlanganini e’lon qildi. Ayni vaqtda Ukrainaning qator hududlarida harbiy harakatlar davom etmoqda.

25-fevralda UEFA 2022-yilning may oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Chempionlar Ligasi finalini Sankt-Peterburgdan olib qo‘ygan va Parijga ko‘chirgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ish haqi, pensiya va nafaqa miqdori oshiriladi
Mahalliy
Uchta idoradan uch xil munosabat: Qurilish vazirligi tashkilotlari yutib olgan 85 ta shubhali tender haqida
Dunyo
Rossiyada o‘zbekistonlik yigitni poyezd bosib ketdi