Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminalida viloyat faollari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar qildi.

Qayd etilishicha, o‘ta tanqidiy ruhda o‘tayotgan yig‘ilishda davlat rahbari viloyatdagi sektorlar va tegishli mutasaddilar juda sust ishlayotganini ko‘rsatib o‘tgan.

Faoliyatida jiddiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun:

  • Samarqand tumani hokimi N.Mavlonov;
  • Nurobod tumani hokimi F.Zairov;
  • Markaziy bankning viloyat boshqarmasi rahbari O.To‘xtayev,
  • Oqdaryo tumani prokurori D.Kubayev;
  • Samarqand shahri, Samarqand va Oqdaryo tumanlari ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari J.Qodirov, F.Gafarov va D.Ibragimov;
  • Urgut va Payariq tumanlari davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari A.Almazov va M.Ergashev;
  • viloyat elektr tarmoqlari korxonasi rahbari G‘.Mamatqulov ishdan olingan.
Ularning ba’zilariga nisbatan to‘plangan, shu jumladan, korrupsiya holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida jinoiy ish ochish masalasi o‘rganib chiqiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda 6 nafar fuqaroning o‘limiga sabab bo‘lgan YTH ortidan yo‘l qurilish tashkiloti rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ish sudga yuborildi 
Mahalliy
Navoiyda 80 gektar yerni 1 mlrd so‘mga sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi
Iqtisodiyot
Asosiy stavkaning pasaytirilishi O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir qiladi?