Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Namangan viloyati hokimligi majlislar zalida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Shavkat Rahmonov.

Shavkat Rahmonov.
Foto: “Daryo”/ Rahmonjon Mamadaliyev

Qayd etilishicha, yig‘ilishda prezident tanqidiga uchrab, ishdan olingan viloyat IIB boshlig‘i o‘rniga yangi rahbar tayinlangan.

Foto: “Daryo”/ Rahmonjon Mamadaliyev

Tadbirda so‘z olgan ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov viloyat IIBga ayni kungacha Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga rahbarlik qilib kelgan Shavkat Rahmonov tayinlanganini, Odil Otaxo‘jayev esa viloyat IIB boshlig‘i lavozimidan ozod etilganini ma’lum qilgan.

Po‘lat Bobojonov.

Po‘lat Bobojonov.
Foto: “Daryo” / Rahmonjon Mamadaliyev

Tadbirda, shuningdek, viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov ham ishtirok etib, endilikda viloyatda sodir bo‘layotgan yo‘l transporti hodisalarining oldini olish uchun barcha imkoniyatlar ishga solinishini bildirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bayrami bilan tabrikladi
Mahalliy
Qamchiq dovonida neft mahsuloti ortilgan maxsus yuk mashinasi ag‘darilib ketdi
Mahalliy
O‘zbekistonda 22-mart kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi