Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qashqadaryo viloyatining Muborak tumani hokimi Akrom Aripov tadbirkorlar va aholi murojaatlariga e’tiborsiz qaragani uchun hayfsan oldi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqov xabar berdi.

Akrom Aripov.

Akrom Aripov.
Foto: “Daryo”

Qayd etilishicha, tuman hokimining hayfsan olgani to‘g‘risida bugun, viloyat rahbari Murodjon Azimov raisligida o‘tgan apparat yig‘ilishida ma’lum qilingan.

Qashqadaryolik bloger Azizbek Yazdurdiyevning qo‘shimcha qilishicha, Muborak tumani hokimi Akrom Aripov tumanga Bosh vazir o‘rinbosarlaridan biri kelganda tumandagi tashkilotlardan birining binosi qayerda joylashganini ham bilmagani sabab dakki eshitgan.

“Hokimning hayfsan olishiga yana bir sabab shu bo‘lsa kerak”, — deydi “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan bloger.

Muborak tumani hokimi Akrom Aripov 2021-yilning iyun oyidan beri tumanga rahbarlik qilib kelmoqda. U hokimlikka qadar Qarshi tumani hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

Avvalroq Mirishkor tumani hokimining Mahalla va oilani qo‘llab-quvvattlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari U.Ya. 50 ming dollar bilan qo‘lga olingani, Muborak tuman IIB boshlig‘i B.X. ham mazkur masalaga aloqadorligi bois, tergovga jalb qilinib, qamoqqa olingani xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mehridaryo
“Hokimiyatga o‘zimni o‘ldiraman deb benzin ko‘tarib bordim, dardimni eshitishmadi” (video)
Mahalliy
Chorvoq suv ombori qirg‘oqlaridan odam suyaklari topildi
Dunyo
Rossiya dronlar evaziga Eronga kiber qurollarini berdi — WSJ