Ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil yo‘li yoqasida o‘zaro janjallashgan ayollardan biri Spark avtomobiliga o‘tirib, boshqa bir ayolni bosib ketgani tasvirlangan video tarqaldi. Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mazkur holatga oid qo‘shimcha ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.
Ma’lum qilinishicha, videolavha Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilgan va ushbu holat 21-fevral kuni soat 13:50 da Buxoro viloyatining Qorako‘l tumani “Xo‘jalar” mahallasida joylashgan Poykent savdo majmuasi oldida sodir bo‘lgani aniqlangan.
“Sh. ismli ayol boshqaruvida bo‘lgan Spark avtomashinasi bilan S.K. ismli ayolni urib yuborib, unga tan jarohati yetkazgan. Holat tegishli tartibda tuman Ichki ishlar bo‘limi navbatchilik qismida qayd etilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, tergovga qadar tekshiruv harakatlari viloyat Ichki ishlar boshqarmasi va tuman prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Avvalroq Toshkentda haydovchi ayol mast holda deb gumon qilgani uchun mashina boshqarishga yo‘l qo‘ymagan YPX xodimini haqoratlagani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)