• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sardor Umurzoqov Kobulda “Tolibon” rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazdi

    Kobul shahrida O‘zbekiston va Afg‘oniston delegatsiyalarining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati. O‘zbekiston tomoniga bosh vazirning o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov, Afg‘oniston tomoniga esa muvaqqat hukumati rahbarining o‘rinbosari Abdulg‘ani Barodar boshchilik qilgan.

    Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

    Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

    Ma’lum qilinishicha, uchrashuv chog‘ida tomonlar investitsiyalar, savdo, transport va logistika, energetika, qishloq xo‘jaligi, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida o‘zbek-afg‘on hamkorligining kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr almashgan.

    Afg‘on tomoni mamlakatda xavfsizlikni ta’minlash, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani tiklash hamda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot bergan.

    Termiz—Mozori Sharif—Kobul—Peshavor trans-afg‘on temiryo‘lini qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni faollashtirishga alohida e’tibor qaratilgan. Tomonlar loyihani hayotga tatbiq etishning amaliy jihatlarini muhokama qilib, mavjud barcha masalalarni birgalikda hal qilishga tayyor ekanliklarini bildirgan.

    Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

    Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

    Muloqot chog‘ida O‘zbekiston kompaniyalarini infratuzilmani qurish va tiklash, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va tabiiy resurslarni qazib olish bo‘yicha qo‘shma loyihalarda ishtirok etishga jalb qilish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqilgan. Yaqin kelajakda o‘zbek—afg‘on savdo-iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha Tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash hamda uni amalga oshirish bo‘yicha birgalikda ish olib borishga kelishilgan.

    Shuningdek, tomonlar yaqin orada o‘zaro savdo hajmini oshirish va ikki davlat hududlari orqali tranzitni ko‘paytirish mexanizmlarini ishlab chiqishga kelishib olgan.

    “Uchrashuv chog‘ida ikki mamlakat vazirlik va idoralari rahbarlari alohida yo‘nalishlar kesimida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ilgari surdilar va yuzaga kelayotgan masalalarni hal qilishni tezlashtirish maqsadida ikki tomonlama aloqalarni faollashtirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar”, — deyiladi xabarda.

    Tadbir yakunida delegatsiyalar rahbarlari muhokama qilingan hamkorlik yo‘nalishlari doirasida ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish ustuvorligini ta’kidlagan va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha keyingi tadbirlarni belgilab olgan.

    Shuningdek, Sardor Umurzoqov Kobul shahrida Afg‘oniston muvaqqat hukumati rahbari o‘rinbosari Abdulla Salam Hanafiy bilan uchrashgan.

    Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

    Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

    Uchrashuv davomida Afg‘oniston delegatsiyasining 2021-yil oktabr oyida Termiz shahrida bo‘lib turganida chegaralar xavfsizligi, investitsiyalar, savdo, energetika, xalqaro yuk tashish va tranzit, ta’lim va gumanitar sohalardagi hamkorlik yo‘nalishlarida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi ko‘rib chiqilgan.

    Xususan, o‘zaro savdo hajmini oshirish, savdo va transport to‘siqlarini bartaraf etish bo‘yicha birinchi darajali vazifalar ko‘rib chiqilgan. Shu nuqtayi nazardan, o‘z hududida logistika markazi, ishlab chiqarish va saqlash obyektlari, mahsulotlarni sotish punktlari va zarur infratuzilmani birlashtirgan “Termiz” xalqaro savdo markazining imkoniyatlaridan foydalanish taklif qilingan.

    Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

    Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

    Afg‘on tomoni O‘zbekistonning Afg‘onistonda mintaqa davlatlarining transport va tranzit salohiyatini oshirishga qaratilgan qo‘shma infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirgan. Xususan, Afg‘oniston hududi orqali o‘tib ketayotgan transport vositalari va yuklarning harakatlanishi uchun o‘zaro maqbul sharoitlarni ishlab chiqish, muqobil transport yo‘nalishlarini joriy etish hisobiga mamlakatning tranzit imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha birgalikda ish olib borishga kelishib olingan.

    22-fevral kuni Umurzoqov Afg‘oniston muvaqqat hukumati rahbari vazifasini bajaruvchi Mulla Muhammad Hasan Oxund bilan O‘zbekiston—Afg‘oniston hamkorligini rivojlantirish masalalarini muhokama qilgan.

    Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

    Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

    Muzokaralar chog‘ida tomonlar o‘zaro munosabatlarni kompleks kengaytirishdan ikki taraf ham manfaatdor ekanliklarini bildirgan. Savdo-iqtisodiy, energetika, transport va logistika, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha dolzarb vazifalar ko‘rib chiqilgan.

    Afg‘onistonda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, iqtisodiy faoliyatni qayta tiklashni jadallashtirish va barqaror tinchlikni saqlashga qaratilgan hamkorlikni tiklash bo‘yicha navbatdagi tadbirlar rejalashtirilgan.

    Termiz—Mozori Sharif—Kobul—Peshavor trans–afg‘on temiryo‘lini qurish loyihasi, shuningdek, Surxon—Puli-Xumri elektr uzatish liniyasini o‘tkazish loyihasini amalga oshirishga ko‘maklashish borasidagi navbatdagi tadbirlarga alohida e’tibor qaratilgan. Afg‘oniston tomoni ushbu yo‘nalishda hamkorlikni davom ettirishga va loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etishga tayyorligini bildirgan.

    Shuningdek, Mozori Sharif shahridagi xalqaro aeroport faoliyatini tiklash doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda mahalliy mutaxassislar orasidan texnik kadrlar tayyorlash bo‘yicha tashkil etilgan tayyorlov kurslari uchun O‘zbekistonga minnatdorlik bildirilgan.

    Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zbek—afg‘on hamkorligini yanada chuqurlashtirish bilan bog‘liq barcha masalalarni hal etishni jadallashtirish maqsadida muloqotni rivojlantirishga kelishib olingan.

    Mavzuga doir: Sardor Umurzoqov Tehronda Eron prezidenti bilan uchrashdi. Tomonlar ikki davlat hududi orqali tovarlar tranzitini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishgan

    23.02.2022, 13:25   Izoh (0)   33417
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qo‘qon va Tojikistonning Xo‘jand shaharlari o‘rtasida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

    23.02.2022, 12:56

    SSV Navoiyda bobosi bilan eskalatordan tushib ketgan 3 yoshli bolaning ahvoli haqida ma’lumot berdi

    23.02.2022, 12:41

    Shavkat Mirziyoyev Toshkentdan Qoraqalpog‘istonga kelib ishlaydigan tibbiyot xodimlarining maoshiga 100 foiz ustama haqi to‘lanishini aytdi

    23.02.2022, 12:21

    Samarqand viloyatining sobiq prokurori Zarbdor tumaniga prokuror etib tayinlandi

    23.02.2022, 12:15

    “Mo‘ynoq aeroporti rasmga tushish uchun emas, insonlarga xizmat qiladigan bo‘lishi kerak” — Shavkat Mirziyoyev

    23.02.2022, 12:06

    Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga uch kunlik tashrifini Mo‘ynoqdan boshladi

    23.02.2022, 11:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.